Tarjima haqida


turing-da, (insonlarni oxirat to'g'risida) ogohlantiring



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


 

2. turing-da, (insonlarni oxirat to'g'risida) ogohlantiring, 

 

3. Rabbingizni ulug'lang, 

 

4. liboslaringizni poklang, 

 

5. butlardan yiroq bo'ling, 

 

6. (berayotgan narsangizni) ko'p sanagan holingizda ehson qilmang, 

 

7. Rabbingiz uchungina sabr qiling! 

 

8. Qachonki, (qiyomat e'loni uchun) sur chalinganida, 

 

9. ana o'sha kun qiyin kundir.  

 

10. Kofirlarga oson bo'lmagan (kundir).  

 

11. (Ey, Muhammad,) Men so'qqabosh qilib yaratgan kimsani O'zimga qo'yib bering! 

 

12. Men unga keng-mo'l boylik berdim.  

 

13. Hoziru nozir o'g'illarni ham.  

 

14. Yana unga (hayot ne'matlarini) muhayyo qilib qo'ydim.  

 

15. So'ngra u yana ziyoda qilishimni tama qilur.  

 

16. Yo'q! Chunki, u oyatlarimizga qarshilik qiluvchi edi.  

 

17. Yaqinda Men uni baland dovonga duchor qilajakman.  

 

18. Chunki, u (Qur'on to'g'risida yomon) fikr yuritdi va hisobga olib qo'ydi.  



 

19. Halok qilingur, qanday hisobga oldi?! 

 

20. Yana halok qilingur, qanday hisobga oldi?! 

 

21. So'ngra u (o'ylagan rejalariga) qaradi.  

 

22. So'ngra (Qur'ondan ayb topa olmagach,) yuzini tirishtirdi va burishtirdi.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

419


 

23. So'ngra (Haqdan) yuz o'girdi va kibr qildi.  

 

24. Bas, dedi: "Bu (Qur'on) sehrning o'zidir.  

 

25. Bu ayni basharning so'zidir".  

 

26. Yaqinda Men uni Saqar (jahannam)da toblaydurman.  

 

27. (Ey, Muhammad,) Saqarning nima ekanligini qayerdan ham bilar edingiz?! 

 

28. U (biror kofirni) qoldirmas ham, qo'ymas ham (balki kuydirib, azob berur).  

 

29. (U) terilarni qoraytirib kuydiruvchidir.  

 

30. Uning ustida o'n to'qqiz (farishta qo'riqchilik qilur). 

 

Izoh: 19 raqami, shuningdek, boshqa oyatlarda ham uchraydigan turli raqamlardan keyingi vaqtda har xil 



ilohiy mo''jizalarni kashf etishga urinishlar ro'y bermoqda. Biz oyatlar zimnida behad mazmun va ma'nolar 

borligini to'la tasdiq etgan holda bizgacha yozilgan ishonchli tafsirlarga taqlid qilgan holda raqamlardagi 

ilohiy sir-sinoatlar haqida ortiqcha so'z yuritmadik.  

 

31. Biz faqat farishtalarni do'zax egalari (qo'riqchilari) qildik va Biz faqat kufrga ketgan kimsalarni 



sinash uchun ularning sanoqini (o'n to'qqizta) qildik. Toki kitob berilgan kimsalar aniq bilgaylar va 

imon keltirgan zotlarning imonlari yanada ziyoda bo'lgay hamda kitob berilgan kimsalar ham, 

mo''minlar ham (bu xususda) shak-shubha qilmagaylar. Yana dillarida maraz (munofiqlik) bo'lgan 

kimsalar va kofirlar: "Bu misol bilan Alloh nima demoqchi?" - degaylar. Alloh O'zi xohlagan kimsalarni 

mana shunday yo'ldan ozdirib qo'yar va O'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Parvardigoringizning 

qo'shinlarini (farishtalarning adadi va sifatini) Uning O'zigina bilur. U (jahannam) insonlar uchungina 

bir eslatmadir.  

 

Izoh: Tavrot va Injilda ham qo'riqchi farishtalarning soni 19 deb qayd etilganiga ishorat qilinmoqda.  

 

32. Yo'q! Oyga qasam, 

 

33. o'tib ketgan tunga qasam, 

 

34. yorishib kelayotgan tongga qasamki, 

 

35. albatta, u (jahannam) ulkan (balo)lardan biridir.  

 

36. Insonlar uchun ogohlantiruvchi hamdir.  

 

37. (Albatta,) sizlardan ilgarilayotgan yoki chekinayotgan kishilar uchundir. Izoh: Ilgarilayotgan, ya'ni 

ezgulik sari; chekinayotgan, ya'ni, kufr va yovuzlik sari.  

 

38. Har bir jon (egasi) o'zi (dunyoda) qilgan amali bilan garovlidir.  

 

39. Faqat o'ng tomon egalarigina 

 

40. jannatlarda bir-birlari bilan savol-javob qilurlar 

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

420


41. jinoyatchi (kofir)lar haqida 

 

42. (Ular do'zax ahliga): "Sizlarni Saqarga nima kiritdi?" (deganlarida), 

 

43. ular ayturlar: "Bizlar namozxonlardan emas edik, 

 

44. miskin (bechora)ga taom beruvchi ham bo'lmadik.  

 

45. Bizlar (behuda so'zlarga) sho'ng'iydiganlar bilan birga sho'nqir edik.  

 

46. Jazo kuni (Qiyomat)ni yolg'onga chiqarar edik 

 

47. to aniq narsa (o'lim) kelgunicha".  

 

48. Endi shafoatchilarning shafoati ularga foyda bermas.  



 

49. Nega ular eslatmadan yuz o'giruvchidirlar?! 

 

50. Xuddi cho'chigan eshaklarga o'xshab 

 

51. sherdan qochib.  

 

52. Yo'q! Ulardan har bir kimsa o'ziga ochiq sahifalar berilishini istar.  

 

53. Yo'q! Balki, ular oxiratdan qo'rqmaslar.  

 

54. Yo'q! U (Qur'on) bir eslatmadir.  

 

55. Bas, xohlagan kishi undan eslatma olur.  

 

56. Ular faqat Alloh xohlaganidagina (Qur'ondan) eslatma olurlar. U (Alloh) taqvoga ahl (loyiq) va 

mag'firat ahli hamdir.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

421


QIYOMAT SURASI 

 

Surada qiyomat kuni bo'ladigan hodisotlar, qayta tirilishning haqligi, hisob-kitob, jazo va mukofotlar, 



dunyoparastlikning tanqidi, oxiratda Alloh o'zi tanlagan solih bandalariga diydorini ko'rsatishi, shirku kufrda 

o'tganlarning yuzlari qaro bo'lishi, o'lim achchig'i va boshqa muhim ma'lumotlar bayon etilgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Qiyomat kuniga qasamyod eturman.  



 

2. Shuningdek, malomatchi nafsga qasamyod eturmanki, (qayta tirilib, hisob-kitob qilinursizlar)! 

 

3. Inson uning (chirib ketgan) suyaklarini sira to'play (tiklay) olmasligimizni Bizdan gumon qilurmi?! 

 

4. Yo'q, Biz uning barmoqlarini (ham tiklab) tekislab qo'yishga qodirmiz! 

 

5. Balki, inson kelgusida fujur (gunoh ishlarni) qilishni istaydi.  

 

6. "Qiyomat kuni qachon o'zi?" - deb so'raydi.  

 

7. Bas, (Qiyomat dahshatlaridan) ko'z qamashganda, 

 

8. oy ham tutilganda, 

 

9. quyosh va oy birlashtirilganda, 

 

10. ana o'sha Kunda inson: "(Jazodan) qochadigan joy qayerda?" - deb qolur! 

 

11. Yo'q! Boshpana yo'qdir! 

 

12. U Kunda yolg'iz Rabbing (huzurida) qaror topishgina bordir.  

 

13. U Kunda insonga (dunyodalik choqida) qilib o'tgan va qoldirgan (barcha) narsalarning xabari 

berilur.  

 

14. Balki, (U Kunda) inson (a'zolari) o'zining zarariga guvohlik beruvchidir.  

 

15. Garchi (u) uzrlarini (o'rtaga) tashlasa ham.  

 

16. (Ey, Muhammad, Qur'onni) tezroq (yodlab) olish uchun tilingizni u bilan qimirlatmay qo'ya qoling. 

 

Izoh: Odatda Payg'ambar (a. s.) Qur'on suralari va oyatlarini Jabroil (a. s.)dan qabul qilib olganlaridan keyin 



o'zlarini qiynab bo'lsada, yoddan chiqarmaslik uchun ko'p takrorlar edilar. O'aq taolo ul zotni bu 

mashaqqatdan ozod etdi. Binobarin, vahiyni bir eshitishlarida yod olish qobiliyati ato etildi.  

 

17. Zero, uni (Sizning dilingizda) jamlash ham, (tilingizdagi) qiroati ham Bizning zimmamizdadir.  



 

18. Bas, qachon Biz (Jabroil tilida) uni o'qisak, Siz ham uni o'qishga ergashing! 

 

19. So'ngra uni (Qur'onni) bayon qilib berish ham, albatta, Bizning zimmamizdadir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

422


20. Yo'q! (Ey, Makka mushriklari,) balki sizlar naqd (dunyo)ni yaxshi ko'rasizlar.  

 

21. Oxirat (Kuni)ni esa tark etasizlar.  

 

22. U Kunda ba'zi yuzlar yashnovchi, 

 

23. Parvardigorlariga boqib turuvchidir.  

 

24. Yana u Kunda ba'zi yuzlar burishgan, 

 

25. o'zlariga, albatta, noxushlik bo'lishini o'ylab (kutib) turarlar.  

 

26. Darhaqiqat, (jon) halqumga yetgan, 

 

27. (vafot etayotganga): "Dam soluvchi kishi bormi?" - deb qolingan, 

 

28. (jon taslim qilayotgan kimsaning) o'zi (bu dunyodan) ajralish ekanini anglagan

 

29. (jon berish qiyinligidan) oyoq - oyoqqa chalishib qolgan bir vaqtda 

 

30. yolg'iz Rabbingiz (huzuri)ga haydalish bordir.  

 

31. Na (Qur'on va payg'ambarni) tasdiq etdi (u) va na namoz o'qidi.  

 

32. Balki, u (Qur'onni) yolg'on dedi va (imondan) yuz o'girdi.  

 

33. So'ngra gerdayganicha o'z ahli tomon ketdi.  

 

34. (Ey, ko'rnamak inson,) holingga voy sening, yana voy! 

 

35. So'ngra holingga voy sening, yana voy! 

 

36. Inson o'zini bekor tashlab qo'yiladi deb o'ylaydimi?! 

 

37. Axir, u (bachadonga) to'kiladigan maniydan iborat bir (haqir) nutfa emasmidi?! 

 

38. So'ngra laxta qon bo'ldi. Bas, (Alloh uni) yaratib, tikladi.  

 

39. So'ngra undan juftlar - erkak va ayolni (paydo) qildi.  

 

40. Ana shu (Alloh) o'liklarni tiriltirishga qodir emasmi?! 

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

423


INSON SURASI 

 

Surada Alloh taolo inson zotini yo'qdan bor qilgani, so'ngra ikki qarama-qarshi yo'nalishga ravona qilib 



qo'ygani, kufr va imon egalarining oqibatlari, Payg'ambar (a. s.)ga tasalli beruvchi o'gitlar va boshqa ilohiy 

ko'rsatmalar mavjud.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Aniqki, inson uzra qachondir tilga olgulik narsa bo'lmagan vaqt (muddat) kechgan. 

  

Izoh: O'sha tilga olishga arzimas vaqt qaysiligi to'g'risida ikki xil tafsir bor. Birinchisi, bu vaqt Odam 

Atogacha o'tgan davr. Ikkinchisi, insonning ona qornida to jon kirgunicha kechgan vaqt.  

 

2. Darhaqiqat, Biz insonni imtihon qilib, (otalik va onalik suvlaridan) aralash bir nutfadan yaratdik. Bas, 



uni eshituvchi va ko'ruvchi qilib qo'ydik.  

 

3. Darhaqiqat, Biz uni (insonni) xoh u shukr qiluvchi (musulmon) bo'lsin va xoh noshukr (kofir) bo'lsin, 

yo'lga yo'lladik.  

 

4. Albatta, Biz kofirlar uchun zanjirlar, kishanlar va alanga (do'zax)ni tayyorlab qo'yganmiz.  

 

5. Albatta, yaxshilar (jannatda) mizoji kofur bo'lmish qadahdan (may) ichurlar.  

 

6. Allohning bandalari ichadigan (bu) chashmani (o'zlari xohlagan joydan) chiqarib (oqizib) olurlar.  



 

7. Ular (dunyoda o'z zimmalariga olgan) nazrlarini ado qilurlar va yomonligi (dahshatlari) keng 

yoyiluvchi Kundan qo'rqurlar.  

 

8. Taomni esa suyub tursalar-da, (o'zlari yemasdan) miskin, yetim va asirlarni yedirurlar.  

 

9. (Ular ayturlar): "Bizlar sizlarni faqat Alloh "yuzi" uchun taomlantirurmiz. Sizlardan (bu ish uchun) 

biror mukofot va minnatdorchilik kutmasmiz.  

 

10. Bizlar Rabbimiz (tomoni)dan bo'ladigan, (azobdan yuzlar) tirishib, burishib qoluvchi bir Kundan 

qo'rqurmiz".  

 

11. Bas, Alloh ularni o'sha Kunning yomonligidan saqlar va ular(ning yuzlari)ga tarovat, (dillariga) 

surur baxsh etar.  

 

12. Yana sabrlari sababli ularni jannat va (egnilariga) ipak (liboslar) bilan mukofotlar.  

 

13. Ular u joyda so'rilarga yastangan hollarida o'tirurlar. U joyda quyosh (harorati)ni ham, zamharir 

(qish sovug'i)ni ham ko'rmaslar.  

 

14. (Jannat) soyalari ularga yaqin va mevalari ham (uzishga oson bo'lishi uchun) egib qo'yilgan bo'lur.  

 

15. Ularga kumush idishlar(da taomlar) va (o'zi kumushdan yasalgan bo'lsa-da, nafislikda) shisha bo'lib 

ketgan qadahlar(da sharoblar) aylantirilur.  

 

16. Shisha bo'lganda ham kumushdan, (ularni soqiylar) o'lchab qo'yganlar.  

 

17. (Jannat ahli) u joyda mizoji zanjabil bo'lmish qadahlarda ichirilurlar.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

424


 

18. U yerdagi chashmaning nomi Salsabil deb atalur.  

 

Izoh: Salsabil - o'timli, totimli (suv).  

 

19. Ularning ustida mangu yosh g'ulomlar (xizmat qilib) aylanib tururlarki, ularni ko'rganingizda sochib 

yuborilgan durlar deb o'ylarsiz.  

 

20. U joyga qaraganingizda, noz-ne'matlarni va katta hukmronlikni ko'rursiz.  

 

21. Ustilarida yashil ipak va shoyi liboslar bo'lib, ular kumush bilakuzuklar bilan bezangan bo'lurlar va 

Parvardigorlari ularni pok sharob bilan sug'orur.  

 

22. Albatta, bu sizlar uchun mukofot va sizlarning sa'y-harakatlaringiz (Alloh nazdida) maqbuldir.  

 

23. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz Sizga bu Qur'onni bo'lib-bo'lib nozil qildik.  

 

24. Bas, Siz Rabbingizning hukmiga sabr qiling va ulardan (kofirlardan) biror gunohkor yo noshukrga 

itoat etmang! 

 

25. Ertayu kech Rabbingiz nomini yod eting! 

 

26. Yana kechaning bir qismida ham Unga sajda qiling va uzun tunda unga tasbeh ham ayting! 



 

27. Albatta, ana u (kofir)lar naqd (dunyo)ni suyurlar va ortlaridagi og'ir Kunni (Qiyomatni) esa 

qo'yurlar.  

 

28. Biz ularni yaratdik va (barcha) a'zolarini mustahkam qildik va xohlagan vaqtimizda (ularni halok 

qilib, o'zlariga o'xshashlarini almashtirib qo'yurmiz.  

 

29. Albatta, bu (sura) bir eslatmadir. Bas, kim xohlasa (uni qabul qilib), Parvardigori tomonga yo'l olur.  

 

30. (Ey, insonlar,) xohishlaringiz faqat Alloh xohlasagina ro'yobga chiqur. Albatta, Alloh bilim va 

hikmat egasidir.  

 

31. U xohlagan kishilarni O'z rahmatiga (jannatiga) kiritur. Zolimlar uchun esa alamli azobni tayyorlab 

qo'ygandir.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

425


MURSALOT SURASI 

 

Mursalot - estirilgan (shamol) Surada qiyomat kuni haq ekanini isbotlash uchun Alloh taolo ma'lum 



mavjudotlar nomiga qasamyod etadi. Undagi oyatlarda insonning yaratilib, dunyoga kelishi, dunyoda 

yashashlikdan asosiy maqsad esa oxirat uchun hozirlik ko'rish ekani, hozirlik ko'rish o'rniga foniy dunyo 

maishati yo'lida oxiratini sotib qo'yganlarning holiga voy bo'lishi ajib uslublar bilan ifoda etilgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Qasamyod etaman, paydar-pay esdiriladigan (shamol)larga, 

 

2. quturadigan (bo'ron)larga, 

 

3. (bulutlarni) yoyib yuboradigan, 

 

4. (haq bilan nohaqlikni) ajratib beradigan, 

 

5. eslatma olib tushib, 

 

6. (mo'minlarni) uzr (mag'firat) qilish yo (kofirlarni) ogohlantirishga (xizmat qiladigan farishtalarga)ki, 

 

7. albatta, sizlarga va'da qilinayotgan narsa (Qiyomat va hisob-kitob) voqe bo'luvchidir! 

 

8. Bas, qachonki, yulduzlar (nurlari) so'ndirilgach, 

 

9. osmon (qobig'i) ochilgach, 

 

10. tog'lar (qumlar kabi) sochilgach 

 

11. va payg'ambarlarga belgilangan vaqt kelgach (Qiyomat qoyim bo'lur).  

 

12. (Payg'ambarlar o'z qavmlari bilan hisoblashishlari) qaysi Kunga belgilangan o'zi?! 

 

13. Ajrim Kuniga (albatta).  

 

14. (Ey, inson,) Ajrim Kuni nima (ekanligini) sen qayerdan ham bilursan?! 

 

15. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy! 

 

16. Axir, Biz avvalgi (osiy ummat)larni halok qilmadikmi?! 

 

17. So'ngra keyingilarni ham ularga qo'shurmiz! 

 

18. Jinoyatchi (kofir)larni mana shunday (halok) qilurmiz! 

 

19. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy! 

 

20. Axir, Biz sizlarni bir haqir suvdan yaratmadikmi?! 



 

21. So'ngra u (suvni - nutfa)ni puxta qaror (topadigan joy)da qilib qo'ymadikmi?! 

 

22. (Ya'ni, ona qornida) ma'lum muddatgacha.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

426


 

23. Bas, Biz (undan insonni yaratishga) qodir bo'ldik. Naqadar qudratlidirmiz! 

 

24. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy! 

 

25. Axir, Biz yerni yig'uvchi qilib qo'ymadikmi 

 

26. tiriklarni ham, o'liklarni ham?! 

 

27. Yana Biz (Yerda) baland tog'larni (paydo) qildik va sizlarga (tog'lardan oqib tushadigan) chuchuk 

suvni ichirdik.  

 

28. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy! 

 

29. (U Kunda kofirlarga deyilur): "Sizlar (dunyodalik paytingizda) yolg'on deb yurgan narsaga (endi) 

boringlar! 

 

30. Uch bo'lakli soyaga boringlar! 

 

31. Hech qanday salqinlik bermaydigan va alangani ham to'smaydigan ("soya"dir u).  

 

32. Darvoqe, u (jahannam) qasrdek (ulkan) alangalarni otur.  

 

33. (Ular) xuddi sariq tuyalarga o'xshar.  

 

34. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 

 

35. Bu (Kun) ular so'zlay olmaydigan 

 

36. hamda ular uchun uzr aytishlariga ham izn berilmaydigan Kundir! 

 

37. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 

 

38. Bu Ajrim Kunidir! (Ey, bu Kunni yolg'on degan kimsalar, mana) Biz sizlarni ham, avvalgilarni ham 

jamladik.  

 

39. Bas, agar sizlarda (do'zaxdan qutqaradigan) biror hiyla bo'lsa, Menga o'sha hiylangizni 

ko'rsatingizlar! 

 

40. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 

 

41. Taqvodor zotlar esa (u Kunda), albatta, soya-salqinlar va chashmalarda 

 

42. va ko'ngillari istagan mevalar ichida bo'lurlar.  

 

43. (Ularga deyilur): "Qilib o'tgan (yaxshi) amallaringiz sababli (jannat ne'matlarini) yoqimli ishtaha 

bilan yeb-ichaveringizlar".  

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish