www.ziyouz.com кутубхонаси
7
dedi: "Agar rostgo'y bo'lsangiz, ana u narsalarni nomlari bilan Menga aytib beringiz!"
32. (Ular) dedilar: "Zoti poking haqqi, bizda O'zing bildirganingdan o'zga ilm yo'qdir. Albatta, Sen ilm
va hikmat egasidirsan".
33. (Alloh) aytdi: "Ey, Odam, ularga nomlari bilan aytib ber". Ularga nomlari bilan aytib berganida, (U)
dedi: "Men osmonlar va Yer sirlarini, sizlar oshkor qilayotgan va yashirib yurgan narsalaringizni
bilurman, demaganmidim?!"
34. Eslang, (ey, Muhammad,) Biz farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar!" - deb buyurishimiz bilan ular
sajda qildilar. Faqat Iblis bosh tortib, kibr qildi va kofirlardan bo'ldi.
Izoh: Bu oyatni "kofirlardan edi" deb tarjima qilish ham mumkin. Unda "Iblis - Allohning bilishicha - oldindan
qalbida kufrni yashirib yurar edi",- degan ma'no chiqadi.
35. Biz yana aytdik: "Ey, Odam, sen va jufting (Havvo) jannatda yashangiz va xohlagan joylaringizda
undan (ne'matlaridan) bemalol tanovul qilingiz. Faqat mana bu daraxtga yaqinlashmangiz, (aks holda)
zolimlardan bo'lib qolursiz".
Izoh: Ta'qiqlangan daraxt-uzum yo anjir yoki olmo yoxud bug'doy ekani haqida rivoyatlar bor.
36. Bas, shayton ikkisini (vasvasa bilan) undan toydirib, turgan joylaridan (jannatdan) chiqardi. Biz
(ularga) aytdik: "Bir-biringizga (kelajak zurriyotingiz bilan o'zaro) dushman bo'lib, (Yerga) tushingiz!
Ma'lum vaqtgacha (ajal yetguncha) sizlar uchun Yerda barqarorlik va (undan) foydalanish (bordir).
37. Bas, Odam Rabbidan (tavbaga doir) kalimalarni qabul qilganidan so'ng (Alloh) uning tavbasini
ijobat etdi. Albatta, U tavbalarni qabul etuvchi, rahmli zotdir.
38. "U yerdan (jannatdan) hammangiz tushingiz", - dedik. Bas, sizlarga Mendan hidoyat kelganda,
hidoyatimga ergashganlarga xavf yo'qdir va ular tashvish ham chekmaydilar.
Izoh: Bu yerda ikkita so'zni izoh qilish lozim. Biri - "hammangiz". Odam bilan Havo ikki kishi bo'lsa, nega
ularga ko'plik shakli ishlatildi, deyilsa, javobiga tafsirlarda u ikkisidan keyinchalik paydo bo'ladigan avlodu
zurriyotlari nazarda tutilganligi aytiladi. Ikkinchisi - "jannatdan chiqingiz!" deyilmasdan, "tushingiz!"
deyilishidan jannatning yuqorida ekanligiga ishorat etilgan. Do'zax pastda bo'lgani uchun unga "kirish"
so'zidan ko'ra, "tushish" lafzi ko'p ishlatilishi ham shu e'tibor bilandir.
39. Kofir bo'lgan va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlar, aynan o'shalar do'zax ahlidirlar. Ular unda
(do'zaxda) abadiy qolurlar.
40. Ey, Isroil avlodi, sizlarga in'om etgan ne'matimni eslangiz, ahdimga vafo qilingiz, toki Men ham
sizlarning ahdingizga vafo qilay va Mendangina qo'rqingiz!
Izoh: Isroil avlodi kimlar? Isroil Ya'qub alayhissalomning laqabi. Arab tilida Banu Isroil deyiladi.
Yahudiylarga nisbatan shu iborani ishlatish odat bo'lgan
41. O'zlaringizdagi narsa (Tavrot va Injil)ni tasdiq etuvchi holda nozil qilgan narsam (Qur'on)ga imon
keltiringiz. Uni birinchi bo'lib inkor etuvchi bo'lmangiz. Oyatlarimni ozgina bahoga sotmangiz va
Mendangina qo'rqingiz
42. Haqni nohaqlik bilan qorishtirmangiz hamda bila turib, haqiqatni yashirmangiz.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
8
Izoh: Haqiqatni yashirganlari - qo'llaridagi Tavrotda yozilgan Muhammad alayhissalomning sifatlari yozilgan
oyatlarni yo'q qilib yuborganliklaridir. Yahudiylar oxirgi payg'mbar o'zlaridan chiqmasdan arablardan
chiqqanligiga hasad qilib, shunday yomon ishlarga qo'l urganlar.
43. Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku' qiluvchilar bilan birga ruku' qilingiz.
44. Kitob (Tavrot va Injil)ni o'qib turib, odamlarni yaxshilikka buyurasizlar-u, o'zlaringizni
unutasizlarmi?! Aqlni ishlatmaysizlarmi?!
45. (Allohdan) sabr va namoz ila yordam so'rangizlar. Darhaqiqat, u (namoz) og'irdir. Illo, itoatlilarga
(og'ir) emas.
46. Ular (itoatlilar) Rabbilariga (oxiratda) yuzma-yuz bo'lishlarini va Unga qaytajaklarini (haq deb)
bilurlar.
47. Ey, Isroil avlodi, sizlarga in'om etgan ne'matimni va sizlarni olamlar uzra afzal qilganimni eslangiz.
Izoh: O'z zamonlaridagi boshqa kishilardan ustun qilgani haqida eslatmoqda. Ya'ni, ularga ilm, imon, amali
solih kabi sifatlar ato etgani va ular ichidan payg'mbarlar va odil podshohlarni chiqargani, ular shunday
yaxshi holatdan yomon holatga o'zgarib ketganlarini tanqid qilmoqda.
48. Biror jon biror narsada boshqa jonning o'rniga o'tmaydigan, undan shafoat ham qabul
qilinmaydigan va (gunohlari uchun) badal ham olinmaydigan hamda ularga yordam berilmaydigan
kundan (qiyomat kunidan) qo'rqingiz!
49. Sizlarni (Muso qavmini) og'ir azoblar bilan qiynagan, o'g'illaringizni qatl etib, xotinlaringizni tirik
qoldirayotgan Fir'avn navkarlaridan qutqarganimizni ham eslangiz. Bunda Rabbingizdan sizlarga
ulkan sinov bordir.
50. Sizlar sababli dengizni (o'n ikkiga) bo'lib, sizlarni qutqarganimiz, ko'z o'ngingizda Fir'avn lashkarini
g'arq qilganimizni ham eslangiz.
Izoh: Dengizdan o'n ikkita yo'l ochib, Muso lashkarini o'tkazib yuborganidan keyin, ularni quvib kelayotgan
Fir'avn lashkari dengiz o'rtasigacha kirib kelishgach, Alloh taolo suvni yurgizib yuborgani va Fir'avn o'z
lashkari bilan g'arq bo'lib, halok bo'lganini bayon etmoqda. Nima uchun aynan o'n ikkita yo'l ochildi, degan
tabiiy savol tug'iladi. Javobiga tafsirlarda Isroilga mansub o'n ikki "sibt" - avlod bo'lgan. Shu adadning e'tibori
bilan o'n ikki raqami qayd etilgan, deyiladi. Muso alayhissalom o'z qavmi suv so'raganda ham toshni urib, o'n
ikki chashma chiqarganlari shu munosabat bilandir.
51. Muso bilan qirq kecha va'dalashganimiz, undan (huzurimizga ketganidan) keyin, sizlar
(o'zlaringizga) zulm qilgan holingizda buzoqqa sig'inganingizni eslangiz.
52. So'ngra, o'shandan keyin ham shukr qilarsiz, deb, sizlarni afv etdik.
53. To'g'ri yo'lga tusharsizlar, deb, Musoga Kitob (Tavrot)ni va (haq bilan nohaqni ajratuvchi)
Furqonni berganimizni eslangiz.
54. Musoning o'z qavmiga: "Ey, qavmim, sizlar buzoqqa sig'inish bilan o'zingizga zulm qildingiz. Endi
o'zingizni (bir-biringizni) o'ldirish bilan Yaratuvchingizga tavba qilingiz. Yaratuvchingiz nazdida shu
(qatl) sizlar uchun yaxshiroqdir", - degan so'zini eslang. Shunday qilib, Alloh tavbangizni qabul etdi.
Albatta, U kechirimli va rahmlidir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
9
55. "Ey, Muso, Allohni oshkora ko'rmagunimizcha, senga hech ham ishonmaymiz" - deyishingiz bilan
ko'z o'ngingizda sizlarni chaqmoq urganini ham eslangiz.
56. So'ngra shukr qilursizlar, deb, o'lganingizdan keyin yana sizlarni tiriltirdik.
57. Shuningdek, ustingizga bulutlarni soyabon qildik, samoviy noz-ne'matlar va (pishirilgan) bedanalar
nozil etib, "Sizlarga rizq sifatida berilgan pok narsalarni yenglar" (dedik). Ular (Isroil avlodi) Bizga
zulm qilmadilar, balki o'zlarigagina zulm qildilar.
Izoh: Samoviy noz-ne'matlar deb tarjima qilingan bu so'zning arabchasi Qur'onda "mann" lafzi bilan
keltiriladi. Ruscha "manna", ya'ni un.
58. Biz sizlarga: "Ushbu qishloqqa (Qudsga) kiringizlar va unda xohlagan joylaringizda lazzatlanib, yeb-
ichingizlar. Darvozadan sajda qilgan holingizda kirib, (Allohga) "afv et" denglar, (shunda) Biz
xatolaringizni kechiramiz va ezgulik qiluvchilarga (ajru savobni ham) ziyoda qilurmiz", - deganimizni
eslangiz.
59. Shunda zolim kimsalar ularga aytilgan so'zni boshqa so'zga almashtirdilar. Bas, qilgan bu
buzg'unchiliklari tufayli Biz zulm qilganlar ustiga osmondan jazo tushirdik.
Izoh: Ularga "hitta" so'zini aytish buyurilganda, ular "hinta" deb masxara qilishgan. Ya'ni, kechirim so'rangiz
deyilsa, ular bug'doy ber deb, Allohning buyrug'iga muxolif ish qilishgan.
60. Eslang (ey, Isroil avlodi,) Muso o'z qavmi uchun suv so'raganida, "Asoingni toshga ur" dedik. Bas,
undan (toshdan) o'n ikki chashma otilib chiqdi. (O'n ikki urug'dan) har bir guruh o'z suvini bilib
(taqsimlab) oldi. "Allohning rizqidan yeb-ichingizlar, Yer yuzida buzg'unchilik qilmangizlar".
61. Yana eslang, "Ey, Muso, biz bir (xil) taom (yeyish)ga sabr qila olmayapmiz. Rabbingdan duo qilib
so'ra, bizga Yer (o'zidan) undirib chiqaradigan bodring, sarimsoq, mosh-loviya, piyoz kabi
sabzavotlardan yetishtirib bersin", - deganingizda, u: "Yaxshi narsani past narsaga
almashtirmoqchimisizlar, (biror) shaharga tushingiz ,(u yerda) sizlar uchun so'ragan narsangiz bor", -
degan edi. Ularga (bu noshukrliklari tufayli) xorlik va miskinlik bitib qo'yildi hamda Allohning
g'azabiga uchradilar. Bunga ularning Alloh oyatlarini inkor qilganlari va payg'mbarlarni nohaq qatl
etganlari sabab bo'ldi. Yana boshqa sababi esa ularning itoatsizliklari va tajovuzkorliklaridir.
62. Albatta, mo'minlar, yahudiylar, nasroniylar va sobiiylardan kimki (avvalgi aqidasidan qat'iy nazar)
Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa hamda solih amallarni qilsa, ularga Rabbilaridan ajr bordir,
ularga xavf yo'qdir va ular tashvish ham chekmaslar.
Izoh: Sobiiylar - yahudiy va nasroniy dinlaridan voz kechib, farishtalarga sig'inuvchi toifa kishilari. Ba'zi
olimlar ularni yulduzlarga sig'inuvchilar deb yozadilar.
63. Eslang, (ey, Isroil avlodi,) Biz ahdu paymoningizni olgan edik va tepangizda Tur ("Muso tog'i" deb
ataluvchi Misr hududidagi Qizil dengizga tutash tog')ni ko'tarib turib: Sizga keltirgan narsamiz
(Tavrot)ni mahkam tuting va undagi narsani zikr eting - shoyad (shunda) taqvoli bo'lsangiz", - degan
edik.
Izoh: Misrning Sinay yarim orolidagi Qizil dengizga tutash tog'.
64. Keyin, o'shandan so'ng (vafosidan) yuz o'girdingiz. Agarda sizlarga Allohning fazli va rahmati
bo'lmaganida edi, albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lib qolar edingiz.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
10
65. Shanba (kuni)da sizlardan tajovuz qilganlarni bildingiz. Biz ularga: "qadrsiz maymunlarga
aylaningiz", - dedik.
Izoh: Isroil avlodining bir toifasiga Alloh tomonidan sinov uchun shanba kuni baliq ovi bilan shug'ullanmaslik,
balki faqat ibodat bilan mashg'ul bo'lishlik buyurilgan edi. Shanba kuni ular yashaydigan Ayla degan qishloq
yonidagi dengizning maxsus ov joyiga baliqlar ko'pkeladigan bo'ladi. Ular hiyla ishlatib, shanba kuni baliq
tutmasalar-da, bir necha hovuz kovlab, suv keladigan ariqlarni ochib qo'yadilar. Baliqlar shanba kuni oqib
kelib hovuzlarga tushib qoladi. Yakshanba kuni bemalol ularni oladilar. Bu hiyla Allohga xush kelmaydi.
66. Biz buni ulardan oldingi va keyingi davr uchun (ibratli) jazo, taqvoli kishilar uchun esa nasihat
(manbai) qildik.
67. Eslang, Muso o'z qavmiga: "Alloh sizlarga (bir) sigir so'yishlikni buyurdi", - deganida, ular: "Bizni
istehzoga tutyapsanmi?"- dedilar. (Muso) dedi: "Johillardan bo'lib qolishimdan meni Alloh asrasin".
Izoh: Sigir qissasi shunday bo'lgan: Muso alayhissalom zamonida bir boy kishi bo'lib, uning yagona qashshoq
amakivachchasidan boshqa merosxo'ri bo'lmaydi. Uning o'limini poylab yurib, oxiri toqati toq bo'ladi va boyni
o'ldirib, murdani qo'shni qishloqqa eltib tashlaydi. O'zi esa bir necha begunoh odamlarga tuhmat qilib, go'yo
boyni o'shalar o'ldirgan, deb da'vo bilan Muso (a. s)ga arz qiladi. U zot Allohdan muammoni hal qilishda
yordam so'raydilar. Alloh taolo ularga bir sigirni so'yib, uning bir bo'lagini olib, boyning murdasini u bilan
ursalar, u tirilib, o'z qotilini aytib beradi, deb buyuradi.
68. Ular dedilar: "Rabbingdan duo qilib so'ra, u (sigir) nimaligini bayon qilsin". (Muso) dedi: "(U)
aytmoqdaki, u qari ham, yosh ham bo'lmagan o'rta yosh sigirdir. Bas, sizlarga buyurilgan narsa (ish)ni
qilinglar!"
69. Ular dedilar: "Rabbingdan duo qilib so'ra, uning rangini bayon qilsin". (Muso) dedi: "U
aytmoqdaki, u yarqiroq, sariq rangli sigir bo'lib, ko'rganlarni shod etur".
70. Ular dedilar: "Rabbingdan duo qilib so'ra, uning qanaqaligini bayon qilsin, zero, bizga sigirlar bir-
biriga o'xshash tuyuldi. Xudo xohlasa biz, albatta, to'g'ri yo'lni topuvchilarmiz".
71. (Muso) aytdi: "U aytmoqdaki, u shunday sigirki, yer haydashga ham, ekinlarni sug'orishga ham
o'rgatilmagan bo'lib, nuqsonsiz, unda (sarg'ish rangidan boshqa) rang yo'q". Ular: "Endi haqiqatni
keltirding", - deb uni (o'sha sifatlarga ega sigirni zo'rg'a topib) so'ydilar, vaholanki, (bu ishni) qila
olmasliklariga sal qolgan edi.
72. Eslang, bir insonni o'ldirib qo'yib, shu (mojaro) sababli janjallashib qolgan edingizlar, holbuki, Alloh
sizlar yashirgan narsalarni (sirlarni yuzaga) chiqaruvchidir.
73. Dedik: "Uni (o'ldirilgan odamni) uning (so'yilgan sigirning) bir bo'lagi bilan uringlar". Alloh
o'liklarni (xuddi) shu kabi (osongina) tiriltiradi va aql ishlatishlaringiz (fikr yuritishlaringiz) uchun
sizlarga o'z alomatlarini ko'rsatadi.
74. So'ngra, shundan (mo''jizalarni ko'rgandan) keyin ham dillaringiz qotdi. Bas, ular tosh kabidir,
balki undan ham qattiqroqdir. Zero, shunday tosh ham borki, undan daryolar otilib chiqadi, yana
shundayi ham borki, yorilib undan suv chiqadi va yana shundayi ham borki, Allohdan qo'rqib (joyidan)
qulaydi. Alloh sizlarning kirdikorlaringizdan g'ofil emasdir.
75. Ular (Isroil avlodi)ning sizlarga ishonishidan umid qilasizlarmi (ey, musulmonlar?!) Vaholanki,
ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshitib, anglab olganlaridan so'ng, bila turib, uni o'zgartirar
edilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
11
76. Ular imonli kishilar bilan uchrashganlarida: "Imon keltirdik", - deb, o'zlari xoli qolganlarida esa
(bir-birlariga): "Rabbingiz huzurida Siz bilan bahslashishlari uchun ular (musulmonlar)ga Alloh
sizlarga ochgan (Tavrotda bildirgan) narsa (Muhammad haqidagi bashorat) to'g'risida
gapiryapsizlarmi? Aqlni ishlatmaysizlarmi?!" - deyishar edi.
77. Alloh ularning yashirgan va oshkora qilgan narsalarini bilib turuvchi ekanini bilmaydilarmi?!
78. Ularning ichida yozuvni bilmaydigan, faqat xayolot gumonsirabgina yuradigan omiylari ham bor,
albatta.
79. Ammo, o'z qo'llari bilan kitobni yozib, so'ngra uni arzimagan bahoga sotish uchun: "Bu kitob Alloh
huzuridandir", - deydigan kimsalarning holiga voy! Bas, o'z qo'llari bilan yozganlari ham, topgan
(foyda)lari ham o'zlariga falokat bo'lur.
80. Ular (yahudiylar) deydilar: "Bizlarga do'zax o'ti sanoqli (oz) kunlardagina tegar". (Ularga) ayting:
"Alloh huzurida (shunga) ahd qabul qilganmisizki, Alloh ahdiga xilof qilmasa yoki Alloh nomidan
bilmagan narsalaringizni gapirmoqdamisiz?!"
81. Yo'q, aslo! Kimki yomonlik kasb etsa va o'z gunohlariga botsa, bas, ana o'shalar do'zax ahlidirlar va
ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
82. Imon keltirib, solih amallarni qilganlar esa, aynan ular jannat ahlidirlar va ular u yerda abadiy
qoluvchilardir.
83. Eslang, Isroil avlodidan: "Faqat Allohgagina sig'inasizlar, ota-ona, qarindosh, yetim va miskinlarga
yaxshilik qilasizlar, odamlarga shirinso'z bo'ling, namozni mukammal ado eting, zakot bering", - deb
ahd olgan edik. Keyin (siz, Isroil avlodi,) ozchilik qismingizdan boshqangiz (ushbu ahddan) yuz
o'girdingiz.
84. Eslang, sizlardan "Bir-biringizning qoningizni to'kmaysiz, o'zlaringizni (hech kimni) yurtingizdan
badarg'a qilmaysiz", - degan ahdingizni olgan edik. So'ngra o'zlaringiz guvohlik berib, uni e'tirof ham
etgan edingiz.
85. So'ngra sizlar yana o'sha, bir-birlaringizni o'ldirayapsiz, bir qismingizni yurtlaridan chiqarib
yuborayapsiz, ularga qarshi gunoh va zulm ila hamkorlik qilmoqdasiz. Sizga (ularning dushmanlariga
qarashli) asirlar kelsa, tovon bilan qutqarib yubormoqdasiz, vaholanki, ularni chiqarib yuborish sizlarga
taqiqlangan edi. Yoki kitob (Tavrot)ning bir qismiga ishonib, bir qismini inkor etasizmi? Sizlardan kim
shunday qilsa, uning jazosi shu dunyoda sharmanda bo'lish, qiyomat kunida esa qattiq azobga giriftor
qilinishdir. Alloh (bu) qilmishlaringizdan g'ofil emasdir.
86. Ular, haqiqatan, oxirat o'rniga (foniy) dunyo hayotini sotib olgan kimsalardir. Shunday ekan, ularga
beriladigan azob-uqubatlar yengillashtirilmaydi va ularga yordam ham berilmaydi.
87. Haqiqatan, Biz Musoga kitob (Tavrot)ni berib, uning ortidan (bir necha) payg'mbarlar yubordik. Iso
ibn Maryamga ham hujjatlarni berdik va uni Ruhul-qudus (Jabroil) bilan quvvatladik. Har gal biror
payg'mbar sizlarga yoqmaydigan narsa (oyatlar)ni keltirsa, kibr qilib, bir qismini yolg'onchiga chiqarib,
bir qismini qatl qilaverasizmi?!
88. "Dillarimiz (Islom uchun) berk", - deydilar. Yo'q, balki kufrlari sababli ularni Alloh la'natlagan.
Binobarin, ularning ozchilik qismigina imon keltiradilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
12
89. Qachonki, ularga Alloh huzuridan o'zlaridagi narsa (Tavrot)ni tasdiq etuvchi Kitob (Qur'on)
kelganida, ilgari kofirlarga qarshi (xuddi) shu kitob (vositasi) bilan yordam so'rab yurar edilar -
o'zlariga tanish zot (Muhammad) kelganda, (uni inkor etib) kofir bo'ldilar. Kofirlarga Allohning la'nati
bo'lsin!
90. Alloh o'z bandalaridan xohlaganiga fazli (vahiysi)dan yuborishiga hasad qilib, Alloh nozil qilgan
narsa (Qur'on)ni inkor etdilar. O'zlarini sotgan bu narsalari na qadar yomon?! Bas, g'azab ustiga g'azab
bilan qaytdilar. Kofirlarga xor etuvchi azob muqarrardir.
91. Ularga: "Alloh nozil qilgan narsaga imon keltiringlar", - deyilsa, "Biz o'zimizga nozil qilingan
narsaga imon keltiramiz", - deydilar va keyin kelgan, ulardagi narsa (Tavrot)ni tasdiq etadigan Haq
(Qur'on)ni inkor etadilar. Ularga ayting (ey, Muhammad): "Agar mo'min bo'lsangizlar, nega oldindan
Allohning payg'mbarlarini o'ldirar edingiz?"
Izoh: Ya'ni ota-bobolaringiz nega payg'mbarlarni o'ldirganlar? Bular qotillik qilmagan bo'lsalarda, ota-
bobolarining e'tiqodida turganliklari va ularning qilmishlariga rozi ekanliklari tufayli jinoyatlariga ham
qisman sherikdirlar.
92. Muso sizlarga hujjatlar (oyatlar va mo''jizalar)ni keltirganidan keyin (ham) zolim bo'lib (kufrga
botib) buzoqqa sig'indingiz.
93. Eslang (ey, Isroil avlodi,) Biz (o'shanda) ahdu paymoningizni olgach, tepangizda Tur (tog'i)ni
ko'tarib (turib): "Keltirgan narsamiz (Tavrot oyatlari)ni mahkam tuting va eshiting", - deganimizda,
"eshitdik va (lekin) bo'ysunmadik", - dedilar. Kufrlari tufayli dillari buzoqqa (sig'inish havasi bilan)
sug'orilgan edi. Ayting: "Agar mo'min bo'lsangizlar, imoningiz sizlarni buncha ham yomon narsaga
buyuradi?!"
94. Ayting (ey, Muhammad): "Agar Alloh huzurida oxirat diyori (jannat) odamlarga emas, faqat
sizlarga xos bo'lsa va (bu da'volaringizda) rostgo'y bo'lsangizlar, (tezroq) o'lishni orzu qilinglar!"
95. O'z qo'llari taqdim etgan narsa (gunoh) sababli ular uni (o'limni) sira orzu qila olmaydilar. Alloh
zolimlarni (yaxshi) biluvchidir.
96. Ularni odamlardan va mushriklardan ham hayotga (yashashga) hirs qo'yganroq holda topasiz.
Ba'zilari ming yil umr ko'rishni xohlaydi. Vaholanki, umrining uzunligi uni azobdan uzoqlashtiruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |