Tarjima haqida


berilmasin yoki Parvardigoringiz huzurida sizlar bilan hujjatlashib yurmasin". Ayting: "Albatta, fazl



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


berilmasin yoki Parvardigoringiz huzurida sizlar bilan hujjatlashib yurmasin". Ayting: "Albatta, fazl 

Allohning "qo'li"dadir. Uni xohlagan kishilariga berur. Alloh fazli keng, bilimdon zotdir.  

 

74. Rahmatini (payg'ambarlik yoki Islomni) O'zi xohlagan kishiga beradi. Alloh buyuk fazl egasidir.  

 

75. Ahli kitoblar orasida shundayi (ham) borki, unga katta miqdordagi pulni omonat bersang, senga 

(xiyonatsiz yana) qaytaradi. Lekin, shundayi (ham) borki, unga bir dinor (pul)ni omonat bersang, to 

ustida qattiq turib olmaguninggacha, senga qaytarib bermaydi. Buning sababi: "Omiylar (arab 

musulmonlar)ga bizga (darajamizga yetishga)cha yo'l bo'lsin", - deyishlaridir. Ular bila turib, Alloh 

haqida yolg'on gapiradilar.  

 

Izoh:Bu oyat omonatga xiyonat qilmaydigan, keyinroq Islomga kirgan yahudiy Abdulloh ibn Salom hamda 



xiyonatkor Fanhos ibn Ozuro haqida nozil bo'lgan.  

 

76. Aslida esa kim (Alloh) ahdiga vafo qilsa va taqvoli bo'lsa, albatta, Alloh taqvodorlarni sevadi.  



 

77. Allohga bergan ahdlari va qasamlarini ozgina bahoga almashtiradigan kimsalar uchun oxiratda hech 

qanday nasiba yo'qdir. (Qiyomat kunida) Alloh ularga gapirmaydi, (rahmat nazari bilan) boqmaydi va 

ularni oqlamaydi ham. Ular uchun alamli azob bordir.  

 

78. Ular (Ahli kitoblar)ning yana bir guruhi sizlar Kitobdan (Tavrotdan) bo'lmagan narsani Kitobdan 



deb o'ylashlaringiz uchun Kitobni tillarini burab (o'zgartirib) o'qiydilar hamda uni "Alloh huzuridan" 

deydilar. Aslida esa u - Alloh huzuridan emas. Ular bila turib, Alloh nomidan yolg'on so'zlaydilar.  

 

79. Hech bir insonga Alloh Kitob, Hikmat va payg'ambarlik berganidan keyin uning odamlarga: 

"Allohni qo'yib, menga banda bo'linglar!" - deyishi mumkin emas, balki ularga "Kitobdan ta'lim 

beradigan va o'zingiz ham o'rganadigan rabboniy (Parvardigorga sig'inuvchi) kishilardan bo'lingiz!" 

(deyishi joizdir. )  

 

80. (O'sha payg'ambar) sizlarga farishtalar va payg'ambarlarni ma'bud qilib olishingizni ham 

buyurmaydi. Axir, musulmon bo'lganingizdan keyin sizlarga kufrga qaytishingizni buyurarmidi?!  

 

81. Eslang (ey, ahli kitoblar,) Alloh (payg'ambarlardan) ahd olgan: "Men sizlarga Kitob va Hikmat 

bergan bo'lsam, sizlardagi (Kitob)ni tasdiq etuvchi bir payg'ambar (Muhammad) kelganda, albatta, 

unga imon keltirasiz va yordam berasiz!" (Alloh): "Tan oldingizmi va mazkur ahdnomani shu shart 

bilan qabul qilasizmi?" - deganida, ular: "Tan oldik",- deb javob berdilar. Alloh dedi: "Guvoh bo'lingiz! 

Men ham sizlar bilan birga guvohlardandirman".  

 

82. Bas, kim shundan (ahdidan) keyin yuz o'girsa, ana o'shalar fosiqdirlar.  

 

83. Allohning (haq) dinidan o'zga dinni istaydilarmi?! Vaholanki, osmonlaru Yerdagi barcha zotlar 

(farishtalar, insu jinlar) xoh ixtiyoriy, xoh majburiy Unga bo'yin sungandir va Uning huzuriga 

qaytarilurlar.  

 

84. Ayting (ey, Muhammad): "Allohga, bizga nozil qilingan narsa (Qur'on)ga va Ibrohim, Ismoil, Ishoq, 



Ya'qub va (uning) avlodlariga nozil qilingan narsalarga, Muso va Iso hamda barcha payg'ambarlarga 

Parvardigorlari tomonidan berilgan narsa (vahiy)ga imon keltirdik. Ularning orasida birortasini 

(tasdiqlashda) farq qilmaymiz va Uning o'zigagina bo'yin sunuvchilarmiz".  

 

85. Kimki Islomdan o'zga dinni istasa (ixtiyor etsa), undan (u) sira qabul qilinmagay va u oxiratda ziyon 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

41

ko'ruvchilardandir.  



 

86. Imon keltirib, Payg'ambarning barhaqligiga guvohlik berganlaridan va ularga hujjatlar kelganidan 

keyin kofir bo'lganlarni Alloh qanday (qilib) hidoyatga yo'llasin?! Alloh zolimlar qavmini hidoyatga 

yo'llamaydi.  

 

87. Ana o'shalarning jazosi - Alloh, farishtalar va barcha odamlarning ularga la'nat aytishidir.  

 

88. Ular unda (la'nat yoki do'zaxda) abadiy qoluvchilardir, ularning azoblari yengillashtirilmas va 

kechga ham surilmas.  

 

89. Illo, shundan (kufrdan) keyin tavba qilib, (xatolarini) tuzatsalar, albatta, Alloh kechirimli va 

rahmlidir.  

 

90. Albatta, imon keltirganlaridan keyin (yana) kufrga ketgan, so'ngra kufrda mustahkamlangan 

kimsalarning tavbalari sira qabul qilinmas. Ana o'shalar adashgan (gumroh)lardir.  

 

91. Albatta, kofir bo'lgan va kofirliklaricha o'lganlarning birortasi agar yer yuzi to'la oltinni badal 

sifatida bersa ham, aslo qabul qilinmas. Ana o'shalarga alamli azob boru, yordamchilar yo'qdir.  

 

92. Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilik (jannat)ga yeta olmaysizlar. 



Nimaiki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir.  

 

Izoh:Oyatdagi yaxshilik so'zini haqiqiy yaxshilik, savob, jannat yoki haqiqiy taqvo maqomi kabi mazmunda 



tushunish lozim bo'ladi.  

 

93. Tavrot nozil bo'lmay turib, Isroil (Ya'qub) o'ziga harom qilgan narsa (tuya go'shti bilan suti)dan 



boshqa barcha taomlar Isroil avlodiga halol edi. "Agar o'zlaringizni (buni inkor etishda) rostgo'y deb 

bilsangiz, Tavrotni keltirib, o'qib ko'ringiz", - deb ayting.  

 

Izoh:Bu musulmonlar tuya go'shti va sutini iste'mol qilganlari tufayli yahudiylarning qilgan ta'nalariga 



javoban nozil bo'lgan oyatdir. Isroil (Ya'qub) payg'ambar faqat o'zlari uchun istisno sifatida tuya go'shti va 

sutini harom qilganlar. Bunga ikki sabab ko'rsatilgan. Birinchisi - Ya'qub (a. s.) bir og'ir kasallikka 

uchraganlarida, "Agar sog'ayib ketsam, o'zimga eng yoqimli bo'lmish tuya go'shti va sutini iste'mol qilmaslik 

yo'li bilan nafsimni qiynayman", - deb nazr qilganlar. Nazr esa qasamni bir turi. Ikkinchisi - mazkur og'ir 

kasallikdan forig' bo'lish uchun tabiblar shu xildagi parhezga buyurishgan.  

 

94. Shundan keyin ham kimki Allohga yolg'on to'qisa, ana o'shalar zolimlardir.  



 

95. "Alloh rost so'zlar. Bas, haq yo'lda sobit bo'lmish Ibrohimning diniga ergashinglar! U 

mushriklardan bo'lmagan", - deb ayting.  

 

96. Albatta, odamlar (ibodati) uchun qurilgan birinchi Uy - Bakka (Makka)dagi muborak va olamlar 

uchun hidoyat (manbai) bo'lmish (Ka'ba)dir.  

 

97. Unda aniq alomatlar - "Maqomi Ibrohim" bordir*. Unga (Ka'baga) kirgan kishi omonda bo'lur. 

Yo'lga qodir bo'lgan odamlar zimmasida Alloh uchun Baytni haj qilish (farzi) bordir*. Kimda-kim 

(buni) inkor etsa, bas, albatta, Alloh olamlardan behojatdir.  

 

Izoh:Darhaqiqat, Makka shahrida Maqomi Ibrohim, Zam-zam bulog'i, Hajarul-asvad, Safo, Marva kabi osori 



atiqalar mavjudkim, ular uzoq o'tmish alomatlari hisoblanadi. Izoh(a): Haj ibodatining Alloh tomonidan farz 

qilinganiga ushbu oyat dalildir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

42

 



98. Ayting: "Ey, ahli kitoblar! Alloh qilayotgan kirdikorlaringizga guvoh bo'laturib, nega Allohning 

oyatlarini inkor etasiz?"  

 

99. Ayting: "Ey, ahli kitoblar! Nega imon keltirganlarni Alloh yo'lidan to'sasiz va o'zingiz guvoh bo'la 

turib, uni (yo'lni) qing'irlashtirishga intilasiz? Qilayotgan ishlaringizdan Alloh g'ofil emas-ku!"  

 

100. Ey, imon keltirganlar! Agar Kitob berilganlarning biror guruhiga bo'yin sunsangiz, imon 

keltirganingizdan keyin sizlarni (yana) kofirlikka qaytaradilar.  

 

Izoh:Shos ibn Qays ismli bir yahudiy Madinadagi Avs va Xazraj qabilalaridan imon keltirgan bir guruh 



musulmonlar yonidan o'ta turib bir yigitga: "Ularga oldingi o'rtalarida o'tgan qabila jangini bir eslatib qo'y", - 

deydi. U eslatgandan so'ng ikki qabila kishilari bir-birlari bilan janjallashib, hatto qilich yalang'ochlashgacha 

boradilar. Bu xabar Rasulullohga yetgach, ul zot: "Men hali oralaringda turib, sizlar yana johiliyat davriga 

qaytmoqchimisizlar?!" - deb tanbeh beradilar. Shundan keyin ular shayton yo'lidan qaytib, yana yarashib 

oladilar.  

 

101. Allohning oyatlari sizlarga o'qib turilgan, oralaringizda Uning payg'ambari turgan bir paytda 



qanday qilib (dinni) inkor etasiz?! Kim Alloh (dini)ni mahkam tutsa, demak, u to'g'ri yo'lga yo'llanibdi.  

 

102. Ey, imon keltirganlar! Allohdan chinakam qo'rquv bilan qo'rqingiz va musulmon bo'lmay 

dunyodan o'tmangiz!  

 

103. Hammangiz Allohning "arqoni" (Qur'on)ni mahkam tuting va firqalarga bo'linmang va o'zaro 

adovatda bo'lgan paytlaringizda dillaringizni (tutashtirib) oshno qilib qo'ygan Allohning ne'matini 

yodda tuting. Uning ne'mati tufayli birodarlarga aylandingiz. Do'zax chohi yoqasida turganingizda, 

sizlarni undan qutqardi. Shoyad haq yo'lni topgaysizlar, deb, Alloh O'z oyatlarini sizlarga shunday 

bayon qiladi.  

 

104. Sizlardan yaxshilikka da'vat etadigan, amri ma'ruf va nahiy munkar ishlarini olib boradigan (bir) 

ummat bo'lsin! Aynan ular, tole topuvchilardir.  

 

Izoh:Bu yerdagi "sizlardan" so'zidan arab tili qoidasi bo'yicha ikki xil ma'no olish mumkin. Ya'ni, sizlardan bir 



jamoat chiqib, yaxshilikka da'vat qilish, amri ma'ruf, nahyi munkar ishlari bilan shug'ullansin, deb ham 

tushunish mumkin. Yana, sizlar hammangiz mazkur ishlarni qiladigan ummat bo'linglar, degan buyruqni olish 

ham joiz. Deyarli hamma tafsirlarda shu ikki xil tafsir bayon etilgan. Lekin mufassirlarning aksariyati ikkinchi 

tafsirni qo'llab-quvvatlaganlar. Ular jumlasidan Abu Mansur Moturidiy hazratlari ham "Ta'viloti Ahlis-sunna" 

nomli tafsir kitoblarida shu suraning 110-, Moida surasining 79-oyatlari va bir necha hadisi shariflardan dalil 

keltirib, amri ma'ruf, nahyi munkar ishlarini qilish har bir musulmon zimmasiga vojib qilingan, deb 

ta'kidlaydilar. Binobarin, ba'zi bir diniy oqimlarning mazkur 104-oyat asosida turli hizb va guruhlar tuzib, 

jamoatdan ajralib olishlarining ilohiy ko'rsatmalarga to'la mos emasligi ma'lum bo'ladi.  

 

105. Hujjatlar kelgandan keyin ham bo'linib, o'zaro ixtilofga berilgan kimsalarga o'xshamangiz! Ana 



o'shalarga ulkan azob bordir.  

 

106. Ba'zi yuzlar oqaradigan va ba'zi yuzlar qorayadigan Kun (qiyomat)ni eslang: yuzi qorayganlarga: 

"Imon keltirgandan keyin yana kufrga qaytgan edingizlarmi? Kufringiz tufayli mana shu azoblarni totib 

ko'ring, endi", - deyilur.  

 

107. Yuzlari oqargan zotlar esa Allohning rahmati (jannati)dadirlar. Ular u yerda abadiy qoluvchilardir.  

 

108. Bu Allohning oyatlaridir. Ularni Sizga haqqoniy ravishda o'qib bermoqdamiz. Alloh olamlarga 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

43

zulmni ravo ko'rmas.  

 

109. Osmonlar va Yerdagi narsalar Allohnikidir va (barcha) ishlar Allohga qaytarilur (Alloh hukmiga 

oshirilur).  

 

110. Odamlarga chiqarilgan (ma'lum bo'lgan) ummatning eng yaxshisi bo'ldingiz (ey, musulmonlar! 

Zero, siz) amri ma'ruf, nahyi munkar qilasiz va Allohga imon keltirasiz. Agar ahli kitoblar (ham) imon 

keltirganlarida edi, o'zlari uchun yaxshi bo'lur edi. Ular orasida mo'minlari ham bor, ko'pchiligi esa 

fosiqlardir.  

 

111. Ular sizlarga (biroz) ozor berishdan boshqa zarar yetkaza olmaydilar. Agar sizlar bilan urushsalar, 

chekinib qochurlar. So'ng, ularga yordam berilmas.  

 

112. Alloh va (musulmon) odamlar himoyasiga olinmagan taqdirda, (ular) qayerda bo'lishlaridan qat'iy 

nazar, xorlikka mahkumdirlar. Ular Allohning g'azabiga uchradilar va miskinlikka mahkum bo'ldilar. 

Bunga sabab - Alloh oyatlarini inkor etishlari, payg'ambarlarni nohaq o'ldirishlari, itoatsizliklari va 

tajovuzkorliklaridir.  

 

Izoh:Musulmon mamlakatlari himoyasida yashaydigan g'ayridinlar zimmiylar deb ataladi. Ularning huquqlari 



belgilangan qoidalar bilan himoya etiladi.  

 

113. Ularning hammasi barobar emas. Ahli kitoblar orasida tuni bilan sajda qilgan holda Allohning 



oyatlarini tilovat qilib chiqadigan to'g'ri jamoa ham bor.  

 

114. (Ular) Allohga va oxirat kuniga imon keltiradilar, yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan 

qaytaradilar va xayrli ishlar sari shoshiladilar. Aynan ular solih kishilardandir.  

 

115. Nimaiki yaxshilik qilgan bo'lsalar, (uning savobidan) mahrum bo'lmaydilar. Alloh taqvodorlarni 

(yaxshi) biluvchidir.  

 

116. Kofir bo'lganlarni (hech qachon) moldunyolari va farzandlari Alloh (azobi)dan qutqara olmaydi. 

Ana o'shalar do'zax ahlidir va ular u yerda abadiy qoluvchilardir.  

 

117. Ularning bu dunyoda (riyokorlik bilan) qilgan ehsonlari izg'iringa o'xshaydi: o'zlariga zulm qilgan 

qavmning ekiniga tegib, uni halok qilur. Ularga Alloh zulm qilmadi, balki (ular) o'zlariga zulm 

qilmoqdalar.  

 

118. Ey, imon keltirganlar! O'zlaringizdan o'zgalar (munofiqlar)ni yaqin do'st (sirdosh) tutmangiz! Ular 

sizlarga nisbatan buzg'unchilik qilishda kuchlarini ayamaydilar va hollaringiz zabun bo'lishini 

istaydilar. Sizlarni yomon ko'rishlari og'izlari (so'zlari)dan ayon bo'ldi, dillarida yashirgan (adovat)lari 

esa yanada kattaroqdir. Agar aqlingizni ishlatsangizlar, sizlarga oyatlarni bayon qilib berdik.  

 

119. Ey, sizlar! Ularni yaxshi ko'rasiz, lekin ular sizlarni yaxshi ko'rmaydilar. Sizlar hamma (ilohiy) 

kitoblarga imon keltirasiz va (ular) sizlarga yo'liqqanlarida: "Imon keltirdik", - deyishadi. O'zlari xoli 

qolishganda esa, achchiqlaridan barmoqlarini tishlaydilar. "Shu achchiqlaringiz bilan o'lib keting!" - 

deb ayting. Albatta, Alloh dillardagi gaplarni (ham) biluvchidir.  

 

120. Sizlarga yetgan yaxshilik ularni xafa qiladi. Sizlarga yetgan yomonlikdan esa xursand bo'ladilar. 

Agar sabr bilan taqvoda bo'lsangiz, ularning makrlari sizlarga hech qanday zarar yetkazmaydi. Albatta, 

Alloh ularning qilmishlarini ihota qiluvchidir.  

 

121. Oila ahlingizni saharlab tark etib, mo'minlarni jang jabhalariga joylab yurgan (kezlar)ingizni 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

44

eslang! Alloh eshituvchi va biluvchidir.  

 

Izoh: Shu oyatdan boshlab jang oyatlari bayon etiladi.  

 

122. Sizlardan ikki toifa (musulmonlar) umidsizlikka tusha boshladi, vaholanki, Alloh ularga homiy edi. 



Mo'minlar (har doim) Allohga tavakkul qilsinlar! 

 

Izoh: Ikki toifaning biri Madina shahrining Xazraj qabilasidan bo'lmish Banu Salama mahallasiga mansub 



musulmonlar, ikkinchisi - Avs qabilasidan bo'lmish Banu Horisa mahallasiga mansub musulmonlar edi.  

 

123. (Mana), Badrda (harbiy) kuchingiz oz bo'lsa-da, Alloh sizlarni g'olib qildi-ku! Bas, Allohdan 



qo'rqingiz, zora shukr qilsangiz.  

 

124. Mo'minlarga "Rabbingiz (osmondan) nozil etilgan uch mingta farishta bilan sizlarga madad 

bergani kifoya emasmi?!" - degan paytingizni eslang!  

 

125. Darhaqiqat, (kifoya qilur)! Agar sabrli bo'lib, Allohdan qo'rqsangiz va ular (dushmanlar) bexos 

hujum qilib qolsalar - Rabbingiz sizlarga besh mingta belgili farishta bilan madad berur.  

 

Izoh:Farishtalarning boshqa jangchilardan ajralib turishlari uchun ular mingan otlarning yollari va dumlari 



oq rangda bo'lganligi rivoyat qilinadi. Boshqa rivoyatda farishtalarning sallalari sariq rangda bo'lgan, 

deyiladi.  

 

126. Bu (madad)ni Alloh sizlarga xushxabar bo'lishi va dillaringiz taskin topishi uchun berdi. ўalaba esa 



faqat qudratli va hikmatli Alloh huzuridangina (kelur).  

 

127. Kofirlarning bir qismini halok qilish yoki zarba berib, noumid holda qaytishlariga majbur qilish 

uchun (madad berildi).  

 

128. Siz uchun (ey, Muhammad,) bu ishda biror ixtiyor yo'qdir. Allohning O'zi ularning tavbalarini 

(balkim) qabul qilar yoxud jazolar. Zero, ular zolimlardir.  

 

129. Osmonlaru Yerdagi borliq Allohnikidir. O'zi xohlagan kishini mag'firat qiladi, xohlagan kishini 

jazolaydi. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.  

 

130. Ey, imon keltirganlar! (Bergan qarzlaringizni) ikki baravar va undan ham ko'paytirib, ustama ila 

yeb yubormangiz! Allohdan qo'rqingiz! Zora (shunda) tole topsangizlar.  

 

131. Kofirlar uchun tayyorlab qo'yilgan do'zaxdan saqlaningizlar! 

 

132. Allohga va Payg'ambarga itoat qiling, shoyad, shunda rahm qilinsangizlar.  

 

133. Rabbingizdan (keluvchi) mag'firat va kengligi osmonlaru Yerga teng, taqvodorlar uchun tayyorlab 



qo'yilgan jannat sari shoshilingiz!  

 

134. (U taqvodorlar) farovonlik va tanglik kunlarida ham ehson qiladigan, g'azablarini yutadigan, 

odamlarni (xato va kamchiliklarini) afv etadiganlardir. Alloh ezgulik qiluvchilarni sevar.  

 

135. Ular biror fahsh ish qilib qo'ysalar yoki o'zlariga zulm qilib qo'ysalar, (darhol) Allohni eslab, 

istig'for aytadilar. Vaholanki, gunohlarni faqat Allohgina mag'firat etar. Yana, bila turib, qilmishlarida 

davom etmaydigan kishilardir.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

45

136. Aynan ularning mukofotlari - Parvardigorlaridan mag'firat va ostidan anhorlar oqib turuvchi 



jannat bog'lari bo'lib, o'sha joyda abadiy bo'lurlar. (Yaxshi) amal qiluvchilarning mukofoti naqadar 

yaxshi!  

 

137. Sizlardan ilgari ko'p (ibratli) voqealar bo'lib o'tgan. Yer yuzi bo'ylab sayr qilinglar va (haqni) 

yolg'onga chiqarganlarning oqibati qanday bo'lganini ko'ringlar!  

 

138. Bu (Qur'on yoki mazkur gaplar) odamlar uchun bayonot hamda taqvodorlar uchun hidoyat va 

nasihat (manbai)dir.  

 

139. Agar (chin) mo'min bo'lsangiz, o'zingiz a'lo (darajada) bo'la turib, (ba'zi mag'lubiyatlaringiz 

uchun) sustlashmangiz ham, g'amgin ham bo'lmangizlar.  

 

140. Agar sizlarga (Uhud jangida) jarohat (mag'lubiyat) yetgan bo'lsa, u qavmga ham (Badr jangida) 

xuddi shunday jarohat (mag'lubiyat) yetgan. Imonli kishilarni bilish va sizlardan shahidlarni saralab 

olish uchun (Biz) shu (g'alaba) kunlarni (ketma-ket) almashtirib turamiz. Alloh zolimlarni sevmagay.  

 

141. Alloh mo'minlarni (gunohlaridan) poklash va kofirlarni halok qilish uchun (mazkur ishlarni qildi).  



 

142. Yoki Alloh sizlarning ichingizdan kim (chindan) jihod qiluvchi va kim sabrli ekanini imtihon qilib 

ko'rmasdan jannatga kiraveramiz, deb o'yladingizmi?  

 

143. Ajalingiz yetmay, o'limni (shahidlikni) orzu qilar edingiz. Mana, endi (Uhudda) uni ko'z o'ngizda 

ko'rib turibsiz.  

 

Izoh: Ya'ni shahidlikka sizlar emas, balki Uhud jangida sheriklaringiz yetishganini guvohi bo'ldingiz.  

 

144. Muhammad payg'ambardir, xolos. Undan oldin ham payg'ambarlar o'tgan. Mabodo, u o'lsa yoki 

o'ldirilsa, ortlaringiz (kufr)ga qaytib ketasizmi?! Kimki ortiga qaytsa, Allohga sira zarar yetkaza 

olmaydi. Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlar.  

 

145. Har bir jon (egasi) Allohning izni bilangina muhlati belgilab qo'yilgan bitik (ajal) yetganda o'ladi. 

Kim dunyo savobi (o'lja)ni iroda qilsa, unga o'shandan berurmiz. Kim oxirat savobini iroda qilsa, unga 

(ham) o'shandan berurmiz. Shukr qiluvchilarni, albatta, mukofotlaymiz.  

 

146. Qaysi bir payg'ambar (o'tgan bo'lsa), u bilan birga ko'p jamoalar jang qilganlar. (Lekin) Alloh 

yo'lida ularga yetgan narsalar sababli sustlik, zaiflik qilmaganlar, (yovga) taslim ham bo'lmaganlar. 

Alloh (esa) sabrlilarni sevgay.  

 

Izoh: Bu oyat orqali Alloh taolo Uhud jangida sustlik, zaiflik va irodasizlik ko'rsatgan bir guruh musulmonlarni 



tanqid qilmoqda.  

 


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish