«6
yoshli
iqtidorli bolalami maktab ta’limini egallashdagi psixologik imkoniyatlari»,
ularda bilish jarayonlarini shakllanishi xususiyatlari, talabalarni pedagogik
faoliyatga psixologik tayyorlash, pedagogik amaliyot bo'yicha talabalarga
metodik amaliy yordam, «Insonlarda o'z-o'ziga munosabatni tarkib topti-
rish», «Psixologiyadan kurs ishlarini yozishga doir uslubiy ko'rsatmalar»,
«Yosh va pedagogik psixologiyadan laboratoriya mashg'ulotlari va amali
yotda talabalarga uslubiy yordam», «Umumiy psixologiyadan asosiy tu-
shunchalaming tematik izohli lug'ati va o'quv-uslubiy ishlanmalar», «Bolalar
psixologiyasining muammolari», «Pedagogik psixologiya», «Amaliy psixolog
va uning vazifalari» kabi o'quv qo'llanmalarini chop ettirdi. U 100 ga yaqin
ilmiy, uslubiy maqolalar muallifidir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin O'zbekistonda psixologiya
fanining rivojida keskin burilish yuz berdi. Hozirgi kunda ko'plab fan nom-
zodlari bilan birga fan doktorlari, professorlar faollik ko'rsata boshladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Jumladan, G ‘. Shoumarov (1990-yilda fan doktori, 1993-yili profes
sor) dififerensial psixologiya, ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya, oila psi
xologiyasi, shaxs psixologiyasi, psixodiagnostika, o ‘zbek oilasining ijtimoiiy
psixologik, etnopsixologik xususiyatlari masalasini o‘rganishga katta e’tibor
berdi. Respublikada psixologik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish, yosh va
pedagogik psixologiya, boshqaruv psixologiyasini yoritishga oid darsliklar,
o ‘quv q o'llanm alari, ilmiy-amaliy maqolalar yaratdi. Jum ladan:
«Возможности применения адаптированного варианта методики
Векслера для диагностики задержки психического развития» (Сб.
Научных трудов Н И И Психиотрии М3. РСФСР. М., 1978), «О
проблемах совершествования психологической диагностики в школе»
(В кн.: Психологическая служба в школе. Tallin, 1983), «Влияние
психологических особенности узбекской семи на воспитание молодежи”
1986, “Muhabbat va oila» (Т., Ibn Sino, 1994), «Реализация Национальной
программе по подготовке кадров в Узбекистане», «Sito», (Tokio, 1998),
«Oila psixologiyasi». Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun
o'quv qo'llanma. (Toshkent, Sharq. 2000), «1001 savolga psixologning 1001
javobi» (Т., Mehnat. 2000) va boshqalar.
U 20 ga yaqin fan nomzodi va bir necha fan doktorlari tayyorladi.
E. G'oziyev (1992-yilda psixologiya fanlari doktori, 1994-yilda profes
sor), ta’lim jarayonida o'quvchilar tafakkurining o'sishi, o'quvchilami umum
lashtirish usullariga o'rgatish va ulaming aqliy taraqqiyoti, o'quv faoliyatini
boshqarish, tafakkur, xotira, shaxs, psixologiyasi masalalari, bilish nazariya-
sining psixologik muammolari, komil insonni tarbiyalashning psixologik asoslari
kabi masalalarni yoritishga e’tibor berdi. Uning «O'quvchilar o'quv faoliya
tini boshqarish» (1988), «Oila etikasi va psixologiyasi» (1992), «Psixologiya»
(1999), «Tafakkur», «Xotira», «Shaxs», «Umumiy psixologiya» (psixologiya
mutaxassisligi uchun darslik. I — II kitob. Т., 2002), «Faoliyat va xulq-atvor
motivatsiyasi» (2003), «Psixologiyada mukammal lug'at tuzish xususiyat
lari» (2005) nomli qo'llanmalari ko'p sonli talabalaming asosiy o'quv
qo'llanmasi bo'lib xizmat qilmoqda.
R.Z.Gaynutdinov (1992-yilda psixologiya fanlari doktori, 1997-yildan
professor) «Психология управления в органах внутренних дел» (o'quv
qo'llanma, 2001), «Психологические особенности несовершеннолетних
и их учет при допросе» (Т., 2000), «Самосознание и саморегуляции
учителя» (o'quv metodik qo'llanma, 1991), «Учителью о психологии
воспитания» (1994) kabi ko'plab dolzarb muammolariga bag'ishlangan
ilmiy, uslubiy maqolalar chop ettirdi.
Shuningdek, psixologiya fanlari doktori (1992), professor (1996)
A.Tokareva ilmiy-pedagogik faoliyati davomida shaxsni axloqiy rivojlanishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
masalalari, turli xil yosh davrlarda shaxs axloqiy qobiliyatlarining shaklla
nishi asoslari, komandalik taktiga mutaxassislami tayyorlash jarayonini op-
timallashtirishning psixologik-pedagogik tomonlariga bag'ishlangan ilmiy
tadqiqot ishlarini olib bordi va bu sohada ko'pgina ilmiy maqola va
qo'llanmalar nashr qilindi.
O'zbek xalqining xotin-qizlari ichida birinchi marta psixologiya fanlari
doktori (1994) ilmiy darajasini olgan farg'onalik ayol V. Karimova ham
O'zbekistonda psixologiya fanining ravnaqiga katta hissa qo'shmoqda. Uning
ilmiy-tadqiqot yo'nalishida etnopsixologik g'oyalar katta o'rin oldi. U o'zbek
xalqining milliy ana’analari, qadriyatlari, rasm-rusumlari psixologiyasi, o'zbek
ayolining ijtimoiy mavqeini oshirish, ulami keng xalq ommasiga singdirish
bo'yicha ilmiy ishlarni amalga oshirmoqda. Uning yangi o'quv dasturlari,
darsliklari, o'quv qo'llanmalami qayta ko'rib chiqish va milliy istiqlol maf
kurasi konsepsiyasini ishlab chiqishdagi, oila va mahalla tizimidagi g'oyalami
xalq ongiga singdirish haqidagi izlanishlari maqsadga muvofiqdir.
Olimaning «O'zbek ayoli shaxsining shakllanishi» (1986), «Ijtimoiy psi
xologiya va ijtimoiy amaliyot» (1999), «Tashkiliy xulq» (1999), «Mustaqil
fikrlash» (2000), «Psixologiya» (2000), «Salomatlik psixologiyasi» kabi o'quv
qo'llanmalaridan pedagogika oliygohlarining o'qituvchi va talabalari keng
foydalanmoqdalar.
Iste’dodli psixolog B.R. Qodirov (psixologiya fanlari doktori, profes
sor) o'zining ijodiy faoliyatini iqtidorli yoshlarni o'rganishga bag'ishladi. U
differensial psixologiya sohasida yoshlaming individual xususiyatlarini
o'igandi. Yoshlarda ijtimoiy qiymatga ega bo'lgan o'quvchilaming faoliyat
yo'nalishlari, layoqat va birlamchi qobiliyatlarining miya mexanizmlari
o'rganildi. Yoshlarni u yoki bu ijtimoiy faoliyat yo'nalishlarini tanlashlari
elektroensefalografik usullar bilan neyrofiziologik jihatlari tadqiq qilindi.
Olingan ma’lumotlar miya faoliyatida kasb tanlash, kasbga moyillik va la
yoqat turlarini ta’minlab turadigan muqobil neyrofiziologik xislatlar bor
ligini isbot etdi. Zehn testlari majmuasi shakllantirildi.
Z. Qodirova (2001-yilda fan doktori) yoshlaming ijtimoiy faolligini,
ulami ijtimoiy muhitga moslashuvini tezlashtiruvchi omillar va ulami daraja
tuzilmasini aniqlash, faollikning rolini talqin qilish, ya’ni jamiyat yaratish-
da yoshlaming ijtimoiylashuvi jarayonidagi faollik, shaxs ichki dunyosi
muammolarining ijtimoiiy-falsafiy jihatlarini tadqiq qilish masalalari bo'yicha
faollik ko'rsatmoqda.
Yuqoridagi fikriardan shunday xulosa qilish mumkinki, ya’ni psixologiya
fani O'zbekistonda XX asming ikkinchi yarmidan boshlab turli jabhalarda
rivojlandi. Psixologiyaning turli sohalari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib
borildi. O'zbekiston Respublikasi psixologlar assotsiatsiyasi tashkil topdi.
Hali psixologiya fanining turli sohalarida yoritilmagan, yetarli ilmiy
jihatdan o'rganilmagan muampiolar juda ko'p. Ularni o'rganish respub
likamiz psixologlarining asosiy vazifalaridir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |