P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


M E H N A T   P S IX O L O G IY A S I  M A S A L A L A R I



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet543/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   539   540   541   542   543   544   545   546   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

M E H N A T   P S IX O L O G IY A S I  M A S A L A L A R I

Mehnat  — bu  insoniy  tirikchilikning  eng  birinchi  va  asosiy  shartidir. 

Jamiyatda  mehnat  shaxsni  shakllantirish  vositasi,  ijodiy  ilhom  va  turli- 

tuman  emotsional  kechinmalaming  manbai  bo‘lib xizmat  qiladi.  Shuning 

uchun  ham  psixologiya  fanining  tarmoqlari  ichida 

mehnat  psixologiyasi

 

masalalari juda  katta  o'rin  olmog'i  kerak.



Mehnat  psixologiyasi  masalalari  XIX  asr o'rtalaridan  boshlab  kapita- 

listik  tuzum  sharoitlarida  ekspluatatorlar  manfaati  uchun  ishlab  chiqila 

boshladi.  Keyinchalik  mehnat  sharoitlari  va  mehnatkashlarning  ahvoli 

tubdan  o'zgarganligi  uchun  ham,  mehnat  psixologiyasi  masalalari 

boshqacha  xarakter  va  yo'nalishga  ega  bo'ladi:  psixologiyaning  bu  so­

hasidagi  masalalarni  ishlab  chiqish  kishilar  manfaatiga  xizmat  qilmog'ini 

nazarda  tutildi.

Mehnat  psixologiyasining  mehnat  faoliyatining  barcha  turlariga  taal­

luqli  bo'lgan  bir  qancha  umumiy  vazifalari,  umumiy  muammolari, 

shuningdek,  professional  mehnatning  alohida  turlari  (tokar,  slesar,  hay- 

dovchi,  uchuvchi,  po'lat erituvchi,  yigiruvchi, tikuvchi  kabilar)ga taalluqli 

bir  qancha juz’iy  muammolari  ham  bor.

M ehnat  psixologiyasining  umumiy  masalalari  —  bu  umumiy 

psixologiyaning  inson  mehnat  faoliyati  nuqtayi  nazaridan  qaraladigan  va 

hal  qilinadigan  masalalaridir,  xolos.  Bunga  masalan,  mehnat  jarayonida 

ayrim psixik funksiyalarning (diqqat, idrok, hissiyot kabilar) namoyon bo'lish 

xususiyatlari haqidagi  masala;  mehnatga nisbatan u yoki bu  munosabatning 

ahamiyati haqidagi  masala; ishda onglilikning roli haqidagi  masala;  mehnat 

unumdorligini  oshirishda  ayrim  psixik  funksiyalar sifatining,  xususan,  his­

lar inson,  iroda  sifatlarining ahamiyati  haqidagi  masalalar  kiradi.

Barcha  ishlab  chiqarish  jarayonlari  uchun  umumiy  bo'lgan  narsa 

mehnatda  ijodning  namoyon  bo'lishini  o'rganish,  konstruktiv-texnikaviy 

tafakkurni  o'rganish  va  uni  mehnatkashlarda  rivojlantirish  masalalaridir. 

Ish  jarayonida  bilimlami  amaliyotda  qo'llash  masalalarini  o'rgatish, 

shuningdek,  hosil  qilingan  malakalarning  mehnatning  bir  sohasidan  ik- 

kinchisiga  ko'chishi  masalalari  ham  yuqoridagilar  bilan  bog'langandir.

Mehnat psixologiyasining juz’iy vazifalariga, awalo, shaxsning muayyan 

ixtisos  sohasidagi  ishning  muvaffaqiyatli  bajarilishini  ta’minlovchi,  har 

bir  kasbni  xarakterlab  beruvchi  psixik  sifatlarini  o'rganish  kiradi.  Ayrim 

kasblarni  psixologik  jihatdan  bunday  xarakterlash  professiogramma  deb 

ataladi.  Psixologlar  shu  professional  sifatlar  ishlab  chiqarish  jarayonida 

qanday hosil  qilinishini  o'rganishlari  kerak.  Maktabdan tashqari,  bevosita

www.ziyouz.com kutubxonasi



ishlab chiqarishning o'zida amalga oshirilayotgan  mehnat  va professional 

ta ’lim  hamda  tarbiyaning  psixologik  asoslari  haqidagi  masalalarni  ishlab 

chiqmoq  zarur.  Shuningdek,  psixologlar  eng  yangi  texnikani  yaratish  va 

undan  foydalanish  negizida  kishilarning  mehnat  unumdorligini  oshirish 

masalalarini  ishlab chiqishda ham ishtirok etmoqlari  kerak.  Shu  munosa­

bat  bilan  professional  qobiliyat  va professional  mahorat  haqidagi  masala- 

lami,  shuningdek,  bu  qobiliyatlami ta’lim jarayonida  va ishlab  chiqarish- 

da shakllantirish  haqidagi  masalalar ham  muhim  muammodir.  Bu  esa o'z 

navbatida  mehnat  (professional)  ko'nikma  va  malakalar  hosil  qilishning 

ratsional usullarining psixologik asoslarini qidirib topish bilan bog'langan.

Professional yo'l-yo'riqlar ko'rsatish, profkonsultatsiyalar va korxona- 

larda  professional  kadrlar  tanlash  masalalarini  psixologik  jihatdan  asos­

lash  vazifasi  ham  professional  ta’lim  muammosiga juda  yaqindir.

Mehnatni  tashkil  qilish  va  samaradorligini  oshirish  bilan  bog'langan 

masalalar  ham  dolzarbdir.  Bunga  professional  toliqish,  mehnat  ritmi  va 

dam  olish  masalalari,  psixologlaming  mashinalar va  ularning  konstruktiv 

xususiyatlari,  ish joyi  va uning psixologik talablarga  mos  kelishi jihatidan 

tahlil  qilish  kabi  masalalar  kiradi.  Mehnatning  sifatini  —  unumdorligini 

va xavfsizligini oshiruvchi  shart-sharoitlami  o'rganish ham shunga kiradi.

Psixologiya ishchi  yoki xodimning psixik holati  mehnat  unumdorligi- 

ga  qanday  ta ’sir  ko'rsatishini  ham  o'rganmog'i  kerak.  Shuningdek,  ish- 

chining  muayyan  holatini  keltirib  chiqaruvchi  sabablami,  sharoitlarni, 

m e’yordan  chiqishning  o'rni  va  vaqtini  ham  aniqlamoq  kerak.

Hozir,  yuksak  moddiy-texnika  bazasining  yaratilishi  munosabati  bi­

lan jismoniy  va  aqliy  mehnat  o'rtasidagi  farqlarni  tugatish  uchun  shart- 

sharoitlar yaratilmoqda.  Bu  tugatish  (albatta,  birdaniga  emas)  psixologik 

jihatidan  jismoniy  mehnat  ahllaridagi  jismoniy  harakatlarni  qisqartirish 

yoki  aqliy  harakatlar bilan  almashtirishda  ifodalanmog'i  kerak.

Ishchilaming jismoniy zo'r berib qilinadigan harakatlardan ozod bo'lishi 

ulaming aqliy saviyasini kengaytirishga,  mehnat jarayonlarini ijobiy (aqliy, 

axloqiy,  estetik)  hislar bilan  boyitishiga  sabab  bo'lmog'i  kerak.

Jismoniy  va  aqliy  mehnat  o'rtasidagi  farqlarni  tugatish  munosabati 

bilan  mehnatkashlar  psixikasida  ro'y  beradigan  o'zgarishlami  o'rganish 

psixologiyaning  eng  dolzarb  vazifalaridan  biridir.

Mehnat  psixologiyasi  sohasidagi  ishlaming yutug'i va samarasi,  albat­

ta,  ko'p  jihatdan  kishilarning  har  xil  mehnat  faoliyati  sohalarida  ro'y 

bergan  psixik  hayot  hodisalarini  o'rganishning  mukammal  metodlarini 

ishlab  chiqishga  bog'liqdir.

Mehnat  sohasidagi  psixologik  tekshirishlar  insonni  mehnat  sharoit- 

larida o'rganuvchi  boshqa  faniar:  mehnat  fiziologiyasi,  mehnat  gigiyena- 

si,  mehnat  va  ishlab  chiqarish  ta ’limi  metodikasi,  shifokor  mehnat  eks-

www.ziyouz.com kutubxonasi




pertizasi,  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish,  texnik  me’yorlashtirish,  texnika 

xavfsizligi  kabi  faniar bilan  uzviy bog'lanishda amalga  oshirilmog‘i  kerak.




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   539   540   541   542   543   544   545   546   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish