M U H A N D I S L I K P S IX O L O G IY A S I M A S A L A L A R I
Davrimizning buyuk texnika progressi munosabati bilan psixologiya
sohasida ham yangi, juda qiziqarli muammolar paydo bo‘ldi.
Inson keyingi yillar davomida atom yadrosining sirini egalladi, refaol
va raketa texnikasi, avtomashina, elektronika, telemexanika taraqqiyotida
ajoyib yutuqlami qo‘lga kiritdi, kibemetika, radioastronomiya, radioxi-
miya, astrobotanika singari yangi fanlarni kashf etdi. Fan va texnika in
son qo‘li kuchlarini, harakatlar tezligini, ko'zining quwatini, eshitish sez-
girligini million marta orttirdi, tafakkur operatsiyalari tezligini yuz va
ming martalab kuchaytirdi.
Bulaming hammasi inson aqli va ijodiy irodasiga xos kuch va g'ayratining
zafari bo'ldi. Bu yutuqlaming hammasi tadqiqotchilar e’tiborini insonning
aqliy va ijodiy kuch-imkoniyatlari oxir nechog'li yuksalishi mumkin ekan,
degan masalalarga yana bir marta qaratishga majbur qiladi.
Muhandislik psixologiyasi texnika, ayniqsa, avtomashina va elektronika
taraqqiyoti munosabati bilan umumiy psixologiya va mehnat psixologiya
sining bir tarmog'i sifatida paydo bo'ldi.
Muhandislik psixologiyasi mashinalar konstruksiyasi insonning psixik
xususiyatlari va imkoniyatlariga moslashtirishning amaliy masalalarini
o'rganish bilan shug'ullanadi.
Bu sohaning vazifasi, xususan, mashina yoki butun bir mashinalar
sistemasini boshqarayotgan injener-texnik xodimlaming idrok, diqqat,
xotira, tafakkur, emotsional kechinmalar va irodasiga xos bo'ladigan xu
susiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Mashinalar ishining ahvoli va borishi haqida har xil signallar qabul qi
layotgan pult boshqarmasida ishlab turgan muhandisdan tez va aniq idrok
qilish, tez reaksiya, diqqatning tez ko'chishi va taqsimlanishi, keng hajmli
farosat tezligi va chopqirlik, emotsional vazminlik va o'z-o'zini tuta bilish
kabi sifatlar talab qilinadi. Inson psixikasining bu xususiyatlarini aniqlab be
rish Muhandislik psixologiyasining eng muhim vazifalaridan biridir.
Shuningdek, psixologlaming tekshirish ishlari umumiy va texnikaviy
iste’dodni o'rganish va uni qanday shakllantirish masalalariga qaratishlari
kerak.
Muhandislik psixologiyasining muammolari, albatta, texnika fanla
rining vakillari bilan birgalikda ishlab chiqilmog'i kerak. Muhandislik psi
xologiyasi bo'yicha tekshirish ishlarining kengaytirilishi mamlakatimizda
bundan buyog'i samarali texnika progressiga, ayni bir vaqtda inson shax
sini chuqur va har tomonlama bilib olishga yordam bermog'i kerak.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |