K O S M I K P S IX O L O G IY A M A S A L A L A R I
Birinchi Yer yo'ldoshlarini, birinchi kosmik kemalarni barpo qilish va
uchirish hamda qahramon — kosmonavtlarimizning kosmosga uchishini
amalga oshirish mamlakatimizda fan va texnika progressining g'oyat ul-
kan yutug'i bo'ldi.
Kosmonavtlarimizning tarixda mislsiz uchishlari fizik olamni bilish
sohasini haddan tashqari kengaytirishga yordam berdi. Bu uchishlar kishi
ning psixik dunyosi sohasini ham bilishni kengaytirdi. Birinchi kosmo
navtlarimizning jasorati insonning qanday ruhiy kuch (hissiyot, iroda,
xarakter, tafakkur) ga ega ekanligini namoyish qildi. Biz kosmik fazoda,
haddan tashqari tezlikdagi harakatda va vaznsizlik holatida inson psixika
si hamda ongi qanday namoyon bo'lishini bilib oldik.
Inson ruhining kosmonavtlami tayyorlash jarayonidagi, kosmik uchish-
larni amalga oshirishdagi, so'nggi vaqtlargacha noma’lum bo'lgan xususi
yatlari psixologlarning maxsus tekshirish predmetini tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda psixologiya fanining yangi sohasi — kosmonavt psi
xologiyasi yoki kosmik psixologiya maydonga keldi. Psixologlarning bu
www.ziyouz.com kutubxonasi
fan sohasidagi tadqiqot ishlari fiziologlar, tibbiyot xodimlari bilan birga-
likda, kosmonavtlaming yordamida olib borilmog‘i kerak.
Psixologiyaning kosmonavtika sohasidagi muhim vazifasi kosmonavt-
larni ratsional va samarali tayyorlash m asalalarini yanada chuqur
o'rganishdan iboratdir. Bunga maxsus ta ’lim, mashq va tarbiya metodi-
kasining psixologik asoslarini ishlab chiqish kiradi. Ayni vaqtda bu me
todlar organizmning, o'rgatilayotganlar va mashq qilayotganlar psixikasi
ning yashirin xususiyatlarini aniqlash vositasi ham bo‘lmog‘i kerak.
Kosmonavtlami tayyorlashda, agar kelajakda kosmik uchishlar yana
ham uzoq muddatli va Yerdan uzoq boMishini e ’tiborga olinganda, Yer-
dan tashqari sharoitlarda kosmonavtlar psixikasining mazmuni haqida
g ‘amxo‘rlik qilishga to'g'ri keladi, tabiiyki, inson psixik mazmunining
asosiy manbai bo'lgan bevosita informatsiya juda kam qisqarishi kerak:
bu kosmik korablning ichki qurilishini idrok qilish va uning holati bilan,
tun va kunning tez almashinuvi bilan, yulduzlar osmonining bir xildagi
ko'rinishi bilan cheklanmog'i kerak. Tashqi informatsiyalar kamayganda
kosmonavt psixik hayotining mazmuni, o'tmishdagi tajriba hisobidan
«to'ldirilishi» kerak, bunda idrok qilishning o'm ini xotirlash, esga tu
shirish jarayonlari egallashi kerak bo'ladi. Shuning uchun ham mehnat va
o'quv faoliyatida olingan boy ruhiy mazmunga ega bo'lgan kishilargina
kosmonavt bo'lishi mumkin.
Albatta, insonning Yerdagi psixik hayot sharoitlarida ham tanib olish
va eslash yo'li bilan xotirlash jarayonlari katta o'rin egallaydi. Biror psixik
mazmunning (tajriba, bilimning) bu qayta tiklanishi idrok qilinayotgan
voqelik sharoitlarida ro'y beradi va idrok bilan rag'batlantirilib (to'ldirilib)
turiladi. Binobarin, kosmik uchish vaziyatda tashqi informatsiya kamay-
gan (cheklangan) sharoitda mavjud. Ruhiy mazmunning qayta tiklanishi
yetarli kifoya qilmasligi ham mumkin, deb tahlil qilindi. Shuning uchun
ham kosmonavtika sohasida ishlayotgan psixologlar oldida shunday savol
turibdi: kosmonavtning informatsion «ochligi»ni qanday vositalar va yo'llar
bilan qondirish mumkin? Bu «ochIik»ni qondirish uchun radio, te-
levideniye, komputer, internet, badiiy va ilmiy adabiyot; filmlar, musiqa
va hokazolar nimalarni va qanday qilib berishlari mumkin, degan masa
lani psixologik jihatdan asoslash talab qilinadi.
Hammaga m a’lumki, kosmonavtlar o'zlarining yakka holda va guruh
bo'lib uchishlarida (hatto kabinadan chiqishda) aniq fikrlaganlar, juda
katta farosat va ziyraklik ko'rsatganlar. Kosmonavtning tafakkur xususi
yatlari qanday bo'ladi, masalan, bunda tajriba va xayol, bilim va ijod,
mantiq va intuitsiya, emotsiya va iroda kabilar qanday rol o'ynashini
bilish psixologiya uchun juda katta ahamiyatlidir.
Xususan, vaznsizlik holati kosmonavtning jismoniy jihatdan (a’zoyi
badanni) o'zi boshqarishigagina emas, balki fikrlash operatsiyalarini
www.ziyouz.com kutubxonasi
boshqarishda, fikrlash va eslashning tezligiga ham qanday ta’sir ko'rsatishini
aniqlamoq zarur.
Kosmik uchishlarda ro‘y berishi mumkin bo'lgan xavf-xatarlarni, ma
salan, boshqa meteoritlar bilan to ‘qnashib qolish hollarini, kema pribor-
lari va ba’zi mexanizmlar ishidagi kamchiliklami ham hisobga olishga
to'g'ri keladi. Shuning uchun ham kosmonavtlarni tayyorlashda ularning
emotsional — iroda sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor berishga to ‘g‘ri
keladi. Kosmonavtlarda emotsional qat’iylik, mustahkam iroda, o'zini
tuta bilish, jasurlik va chidamlilikni rivojlantirish va tarbiyalashdagi eng
samarali metodlarning psixologik asoslarini ishlab chiqish muhim muam-
moni tashkil qiladi.
Hal qilinishi, ayniqsa, uzoq muddatli kosmik uchishlarda muhim
ahamiyatga ega boMgan yana bitta muammo bor, bu ham boMsa «sigMsha
olish» muammosidir. Ma’lumki, dastawal kosmonavtlar yakka holda uch-
ganlar, endi esa guruh boMib — ikki, uch kishidan uchishyapti. Yaqin
kelajakda esa ko'pchilik boMib, uzoq muddat davomida uchishadi. Boshqa
kishilar singari har bir kosmonavt ham o'zining individual xususiyatlari,
o'z temperamenti, xarakteri kabilarga egadir. Kosmik uchishlar vaqtida
kosmonavtlar kichik jamoada bo'lgan holda ishlaydilar. Shuning uchun
ham ekipajni tuzishda bir-biri bilan to'la-to'kis kelisha oladigan, o'zaro
bir-birini tushunadigan va bir-biriga yordamlashadigan kishilami tanlashga
to'g'ri keladi. Jamoaning inoqligi har bir ishning ham muvaffaqiyatli va
samarali bo'Iishining shartidir.
Shuning uchun ham kosmik psixologiyaning vazifalaridan biri kichik
jamoa psixologiyasini, sig'isha olish psixologiyasini o'rganishdan iborat
dir. Kosmik psixologiyaga taalluqli masalalar juda ko'p, masalan, ovqat
lanish psixologiyasi masalalari, og'ir yolg'izlik hissining va ruhiy tush-
kunlik (depressiya) holatining oldini olish va ularga qarshi kurash masa
lalari, muntazam uxlash masalalari va hokazolar. Bu masalalarga javob
berish faqat kosmik psixologiya uchungina emas, balki psixologiya fani
ning boshqa sohalari — tibbiyot psixologiyasi, pedagogik psixologiya,
mehnat psixologiyasi kabilar uchun ham ahamiyatlidir.
Kosmik psixologiya sohasidagi tadqiqotlar, shubhasiz, inson aqlini,
irodaviy va ijodiy faolligini chuqur bilishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |