fiziologiya sohasida olib borgan ilmiy tekshirishlariga katta e’tibor berildi.
fiziologik mexanizmini o'rganishni taqozo qilaredi. Bu o'rinda l.P. Pav
ta ’limoti muhim ahamiyatga ega edi. Lekin bu davrda Pavlov ta’limotini
ba’zi fiziolog va psixologlar mexanistik ta ’limot deb hisoblar edilar. Ha-
qiqatdan ham Pavlovning ba’zi shogirdlari va izdoshlari mexanistik qa-
psixologiyani oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga tenglashtirib qo'ydilar. Bun
fiziologik mexanizmi oliy nerv faoliyati bilan bogMiqligini asoslab berdi.
sina) Faniar Akademiyasi sessiyalarida Pavlovning oliy nerv faoliyati haqi
dagi ta’limotini psixologiyaga tatbiq etish masalasi ilgari surildi va uni psi
xologik hodisalami ilmiy jihatdan tushunishdagi ahamiyati yoritib berildi.
bo'ldi. Pavlovning inson bosh miyasi po‘sti faoliyatidagi ikki signal siste
masi haqidagi ta ’limoti ham qimmatlidir. Bu ta ’limot inson ongining
tafakkur va nutq singari yuksak shakllarining nerv fiziologik mexanizm
larini aniqlash imkoniyatini beradi. l.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati
ning tiplari haqidagi ta’limoti temperamentning nerv-fiziologik asoslarini,
uning muhit va tarbiya ta ’siri tufayli o'zgaruvchanligini aniqlash imkoni
yatini berdi.
Psixologiyaning metodlari haqidagi masala, xususan o‘z-o‘zini kuza
tish metodi haqidagi masala, psixologiyada metodning obyektivligini qanday
tushunmoq kerakligi haqidagi masala juda ham keskin qo‘yildi. Metod
ning obyektivligini faqat tashqi kuzatish, tashqi eksperiment debgina tus-
hunmaslik kerak, aksincha bu yana bixeviorizm va refleksologiyaga olib
keladi.
Ikki Akademiyaning Pavlov fiziologiyasiga bag'ishlangan sessiyasidan
keyin har xil psixik hodisalaming nerv-fiziologik mexanizmlarini o'rganish
bo'yicha ko'plab maxsus tadqiqotlar o'tkazildi. Bu ishlar Moskva va Le
ningrad akademiyasining psixologiya institutida, Pedagogika Fanlari akade-
miyasining psixologiya institutida, shuningdek, boshqa shaharlardagi oliy
o'quv yurtlarining ba’zi bir kafedralarida va laboratoriyalarida o'tkazildi.
Psixologiyani Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta ’limoti asosida
qayta tashkil qilish V.A. Artemov, T.P. Yegorov, A.V. Zaporojets,
P.I. Ivanovlarning psixologiyadan o'quv qo'llanmalarida ham o'z aksini
topgan. Mana shularga binoan o'rta va oliy o'quv yurtlarida psixologiyani
o'qitish ishlari ham qayta tashkil qilina boshladi.
1962-yili Faniar Akademiyasining huzurida oliy nerv faoliyati va psixo
logiyaning falsafiy masalalari bo'yicha Butun Ittifoq kengashi o'tkazildi.
Bu kengashda l.P. Pavlov ta ’limoti psixik jarayonlarning nerv-fiziologik
asosi ekanligi yana bir marta asosli ravishda tasdiqlandi va uning tad
qiqotlari yuksak darajada tashkil topgan materiyaning — miyaning mah
suli bo'lgan psixika haqidagi ta ’limotni tasdiqladi.
Keyingi yillarda fiziologlar tomonidan inson psixikasidagi ayrim hodi-
salarni tushuntirish uchun katta ahamiyatga ega boMgan ishlar qilindi.
Masalan, akad. P.K. Anoxin 1932-yildayoq boshlagan teskari afferentat-
siya (teskari bog'lanish) ning ahamiyatini aniqladi.
Reflektor jarayonlar organizmning faqat javob harakati bilangina tu-
gallanib qolmas ekan. Organizmning har bir javob harakati miya po'stiga
markazga intiluvchi teskari (afferent) impuls yuborib turadi, bu impuls
javob harakatning natijasidan miya po'stiga signal berib turar ekan. Shu
refleksning strukturasi yoy shaklida emas, balki halqa shaklida ekan. deb
hisoblashga asos beradi. Demak, refleksning teskari bog'lanishni amalga
www.ziyouz.com kutubxonasi
oshiradigan yana 4-qismi (orqaga qaytaruvchi krani) ham bor ekan. Teskari
afferentatsiya haqidagi bu ta’limot «oldindan aks ettirish» (javob harakat
ni maqsadga muvofiq qilishni bilish) deb atalgan hodisaga bogMangan
tekshirishlar o'tkazishga imkoniyat berdi. Anoxinning shu tadqiqoti
maqsadga muvofiq yo'naltirilgan xatti-harakatlarning fiziologik asosini
ochib beradi.
Bir qancha psixik hodisalami tushuntirish uchun Bemshteynning o r
ganizmning biologik faolligi masalasi sohasidagi tekshirishlari muhim
ahamiyatga egadir. Bu tekshirishlaming m a’lumotlariga qaraganda o r
ganizm muhitga moslashmaydi, balki shu muhitda paydo boMgan to'siqlami
bartaraf qilishga «tirishadi» maqsadga erishmoq uchun kurashadi.
A.R. Nuriyaning bosh miya po'stida psixik funksiyalarning lokalizat-
siyalashuvi haqidagi ishlari psixik faoliyatning fiziologik asoslarini tek
shirishga qo'shilgan qimmatli hissadir.
Do'stlaringiz bilan baham: