V Y U R S B U R G M A K T A B I P S IX O L O G IY A S I
XX asming boshlarida Germaniyada Vyursburg maktab psixologiyasi
deb atalgan alohida yo'nalish paydo bo'ldi. Bu yo‘nalishning vakillari
O. Kyulpe (1862-1915), K. Byuller (1879-1922), A. iMesser (1837-1937),
Ax Nartsis (1871-1946) va boshqalardir.
Ular assotsiativ psixologiyani tanqid qilib chiqdilar va tekshiriluvchi-
larning o'z-o'zini kuzatishlariga asoslangan maxsus eksperimentlar o'tkazish
yo'li bilan, yuksak psixik jarayonlarni, asosan, tafakkurni sodda psixik
elementlarga sezgilar va tasawurlarga bo'lib qo'yish bu murakkab psixik
jarayonlarni shu elementlardan tarkib topadilar, deb ta’lim berish mum
kin emasligini isbotlashga intildilar. Bu eksperimentlamingtashabbuskorlari
va uyushtiruvchilari boMgan Kyulpe, Messer, Byuller hamda boshqalar
psixologik eksperimentlarini o'zlari ustida sinab ko'rganlar.
U lar o'z eksperim entlarining yakunlarini analiz qilib, tafakkur
yuritish aniq o'lchash mum kin bo'lgan vaqtni talab qiladi, deb
ta ’kidlashga intildilar. Biroq, tafakkur jarayonining mazmunini esa
«ilintirib olish» ham mumkin emas ekan, bu jarayonning tarkibidagi
sezgilarni, tasaw urlam i, so'zlarni va boshqa yaqqol elementlarni «il
intirib olish» mumkin emas ekan. Tafakkur ham, sezgi singari, bir
lamchi hodisa ekan: u o'z tabiatiga ega bo'lib, tajribaga bog'liq emas,
degan xulosaga keldilar.
Vyursburg maktabining vakillari tafakkur funksiyasining birlamchiligi
va o'ziga xosligi haqidagi ta’limoti bilan, tafakkur ruhning alohida qobiliya-
tidir, degan tafakkur hukmidagi sxolastik ta ’limotni, ruhni alohida moddiy
boMmagan mohiyatdir, deb ta’riflovchi metafizik ta’limotni faqat boshqa
iboralar bilan ifodalagan holda qaytadan takrorladilar, xolos.
Vyursburg maktabining xulosalari psixologiyadagi o'ta ketgan idealizm-
ning vakillari, xususan, professor Chelpanov tomonidan yuqori baholan-
di. Chelpanov bu xulosalardan insonda moddiy boMmagan alohida sub
stansiya sifatidagi ruhning borligini isbotlovchi eng kuchli dalillardan biri
sifatida foydalandi.
Vyursburg maktabi psixologlarining asarlari va ulaming tafakkurning
mohiyati haqidagi xulosalari chet el psixologiyasida, ayniqsa, sovet psi-
xologiyasida qattiq tanqid qilindi. Vyursburg maktabi psixologlarining asar
lari psixologiyada idealizmni mustahkamlashga qaratilgan muvafTaqiyatsiz
urinishlardan biridir.
Vyursburg maktabi psixologlari qarashlarining ilmiy jihatdan asossizligi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
bixevioristlar va refleksologlaming qarashlari singari, sovet psixologlari
ning tanqidiy asarlarida to'la-to'kis isbotlangan.
Nazariyotchilar hayvon psixikasi va inson ongining genetik birligi
hamda sifat jihatidan farqi haqidagi, inson ongining mehnatda paydo
bo'lganligi va tarixiy taraqqiyoti haqidagi ta’limotni asoslab berib, psixika
va ongni tushunishdagi idealistik va mexanistik qarashlarni mukammal
tanqid qilindi. Dialektik materializm namoyandalari inson ongining taraq
qiyotida ijtimoiy-tarixiy hayot shakllarining ahamiyatini ko'rsatdilar va
tarixda inson ongining faolligini isbotlab berdilar.
Metafizik — psixolog ruh nima degan narsa haqida mulohaza yurit-
gan. Bunda usulning o'ziyoq behuda edi. Xususan, psixik jarayonlarni
tushuntirmasdan turib, ruh haqida mulohaza yuritish mumkin emas: bu
yerda progress xuddi shundan iborat bo'lmog'i kerakki, ruh nima, degan
masalalar haqidagi umumiy nazariya va falsafiy uydirmalarni uloqtirib
tashlash va ma’lum psixik jarayonlarni xarakterlaydigan faktlarni o'rganishni
ilmiy zamirida ko'ra bilishga erishishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |