nida hosil qilingan bo'lishi mumkin. Tug'ma reaksiyalarga reflektor ha
xulq shakllari shunday harakatlardir.
o'rganishga ham ko'chirish (latbiq qilish) mumkin deb hisobladi. Inson
xulqi reaksivnlar yig'indisi sifatida bitta emas, balki butun bir qo'zg'ovchilar
sistemasi bilan vujudga keltiriladi. Organizmning javob harakatlari
yig'indisini (xulqini) ro'yobga chiqaruvchi barcha qo'zg'ovchilarning
murakkab yig'indisi bixevioristlar situatsiya (tashqi sharoit) deb ataydilar.
Bixeviorizm nuqtayi nazaridan, inson xulqi ong faoliyati bilan emas,
balki tashqi qo'zg'ovchilarning yig'indisini bo'lgan situatsiya bilan belgi
lanadi. Iisonning psixik hayoti butunlay organizm reaksiyalarining
yig'indisiga tenglashtirib qo'yiladi. Psixik hodisalar, psixik jarayonlar
tushunchalari o'miga ham an’anaviy psixologik tushunchalar hisoblan-
gan sezgi, idrok, iroda, xayol, tafakkur kabi tushunchalar o'miga ham har
xil nom olgan reaksiyalar ishlatiladi.
Bixeviorizmning nuqtayi nazaricha, psixologiyaning vazifasi, awalo,
organizm har xil qo'zg'ovchilarni qabul qilib olishga xizmat qiluvchi va
shu qo'zg'ovchiga javob beruvchi apparat va mexanizmlami o'rganishdan
iboratdir. Shuning bilan birga, psixologiya muayyan reaksiya tashqi
muhitning inson organizmiga ta ’sir qilib turgan qanday predmet va hodi
salari bilan ro'yobga chiqarilishini ham o'rganmog'i kerak. Binobarin,
psixologiya inson reaksiyalarini faqat tasvirlabgina qolmasdan, balki
qo'zg'ovchi bilan organizmning javob harakati o'rtasidagi qonuniy
bog'lanish va munosabatlarni ham qidirib topishi va aniqlashi, xulqning
situatsiyaga bog'liqligini belgilab berishi lozim. Bixevioristlaming fikricha,
tashqi qo'zg'ovchi bilan inson xulqi o'rtasida qonuniy, faqat mexanik
bog'lanish bor: qo'zg'ovchi (situatsiya) qanchalik kuchli va murakkab
bo'lsa, reaksiya (xulq) shunchalik kuchli va murakkab bo'ladi va aksin
cha, qo'zg'ovchi (situatsiya) qanchalik kuchsiz va oddiy bo'lsa, reaksiya
(xulq) shunchalik kuchsiz va oddiy bo'ladi. Demak, bixeviorizmning asosiy
qoidalaridan biri shuki, inson xulqi hamma vaqt muhit bilan qat’iy mu-
vozanatda bo'ladi.
Bixevioristlaming ta ’limotiga ko'ra, inson shaxsi faqat organizm yoki
aniqroq qilib aytganda, eng murakkab mashina bo'lib, u o'zining barcha
(elementar yoki murakkab) harakatlari bilan muhitning shart-sharoitlari
va o'z organizmining strukturasi bilan qonuniy ravishda belgilangan
(determinlangan)dir.
Insonning butun faoliyati, uning butun xulqi harakatlardan iborat
bo'lgan fizik, mexanik jarayon deb qaraladi: insonning psixik hayoti nerv
sistemasida, mushak va ichki sekretsiya bezlarida ro'y beradigan harakat
va o'zgarishlarga tenglashtirib qo'yiladi.
Shuning uchun ham, agar empirik (subyektiv) psixologiya ruhning
o'zini o'rganishdan voz kechganligi sababli uni ba’zan «ruhsiz psixologi
ya» deb atagan bo'lsalar, obyektiv psixologiyani esa «Psixikasiz psixologi
ya» deb atadilar.
Bixevioristlaming fikricha, psixologiya ham nazariy fan sifatida fizika
singari, aniq fan bo'lmog'i kerak. Texnika sohasida fizika qanchalik ahami-
www.ziyouz.com kutubxonasi
yatga ega bo'lsa, ijtimoiy tuzum sohasida psixologiya ham shunchalik
ahamiyatga ega bo‘lmog‘i kerak. Uotsonning fikricha, psixologiyaning
oldiga shaxs va muhitni shunday tashkil qilish vazifasi qo‘yilmog‘i kerak
ki, bu bilan jamiyatda oqilona va baxtli hayot kechirish uchun zaruriy
shart-sharoitlar yaratilgan bo'Isin».
Bixeviorizm nuqtayi nazaricha, xususan psixologiyaning oxirgi vazi
falari insonning yoki butun bir jamiyat (sinf) ning zaruriy xulqini tashkil
qilishdan iboratdir. Psixologiya u yoki bu odam, butun bir jamiyat har
qanday sharoitlarda ham qanday xatti-harakat qilishini oldindan mumkin
qadar aniq va ilmiy jihatdan asoslab aytib bermog'i kerak.
Bixeviorizm nuqtayi nazaricha, ta ’lim va tarbiya tarbiyalanuvchilar va
o'quvchilar ongiga tarbiyachi yoki o'qituvchi tomonidan ta ’sir qilishdan
emas, balki tegishli situatsiya (sharoit) tashkil qilishdan iboratdir.
Bu situatsiya (qo'zg'ovchilar va stimullar yig'indisi) orgahizmga be
vosita ta’sir qilib, inson xulqini kerakli yo'nalishda shakllantirmog'i ke
rak. Ta’lim va tarbiya jarayonining o'zi esa, kerakli malakalar (ichki va
tashqi harakatlar) hosil qilishga tenglashtirib qo'yiladi, boshqacha qilib
aytganda, ta’lim va tarbiya jarayoni pressirovkadan iborat qilib qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: