lar ancha keng tarqalgan edi. Refleksologiya hatto oliy o'quv yurtlar-
iga o'quv fani sifatida kiritilgan edi. Biroq, u faqat 3-4 yil mobaynida
ham dolzarb cdiki, uning vakillari o'z nazariyalarini sotsialistik jamiyat
qurish ishida katta amaliy ahamiyatga ega bo'la oladigan ta ’limot, deb
da’vo qildilar. Bixevioristlar hamda refleksologlar inson psixikasini faqat
mexanistik ta’limotga muvofiq tushunish asosida yangi pedagogika siste
masini yaratish lozim, deb hisobladilar.
Bu psixologlaming ta ’limotiga ko'ra. mehnat reaksiyalar yoki refleks
lar sistemasidir. Pedagogika muhitga moslashish reaksiyalari yoki refleks-
larini tarbiyalashdan iboratdir. Bunday qonun-qoidalarda biz insonning
bilish va amaliy faoliyatida ong va uning turli shakllarining to'liq inkor
qilinganligini ko'ramiz.
Professor K.N. Kornilov boshchiligidagi bir guruh psixologlar idealis
tik va mexanistik psixologiyani tanqid qilib, psixologiyani dialektik mate
rializm asosida ko'rishga intildilar.
1923-yil psixonevrologiya fanlari bo'yicha birinchi Butun Rossiya syezdi
bo'lib o'tdi. Shu syezdda idealistik psixologiyaga qarshi keskin kurash avj
oldirildi. Ayniqsa, bu kurash keyingi 1924-yilgi syezdda yana kuchaytirildi.
1924-yili prof. Komilov o'zining «Hozirgi zamon psixologiyasi va mark-
sizm» nomli kitobida birinchi b oiib o'z qarashlarini aniq ifoda qildi. U
bu kitobida empirik psixologiyani tanqid qildi, awalo, bu psixologiyaning
asosiy kamchiliklariga — inson psixik faoliyatida tashqi xulqiy momentni
e’tibordan chetda qoldiri
1
ishiga, psixologiyadagi dualizm va idealizmga
qarshi chiqdi. Kornilov Bexterevning refleksologiya maktabini va l.P.
Pavlovning ba’zi bir o'taketgan izdoshlarini (chunki ular psixologiyani re
fleksologiya bilan almashtirmoqchi bo'ldilar) tanqid qilar edi, ulaming in
son xulqida ongining roliga yetarli baho bermaganliklarini, shuningdek,
psixika - ongga nisbatan qarashlaridagi mexanizmni fosh qilib tashladi.
Mustaqil fan sifatida psixologiya uchun bixeviorizm va refleksologiyaga
qarshi kurashda Moskva, Leningrad oliy o'quv yurtlari va boshqa tad
qiqot muassasalarining psixologlari faol ishtirok etdilar. Mexanistik qa-
rashlarning yaroqsizligini ko'rsatuvchi asarlar nashr qilindi.
Psixologiyadagi mexanistik oqimlarga qarshi kurashda psixologiya
ning predmeti - ong haqidagi masala katta o'rin egalladi.
Bixeviorizm tarafdorlari, Bexterev va uning izdoshlari, refleksologlar
ong masalasini o'rganishni e’tibordan chetda tutgan psixologiyani vu
judga keltirish mumkin, deb hisobladilar.
Bu qarashlarga qarama-qarshi oiaroq, professor Kornilov rahbarli-
gidagi psixologlar psixologiya predmeti faqat xulqning tashqi alomatla-
rinigina emas, balki shuning bilan birga insonning subyektiv kechirik-
larini ham o'rganishdan iborat bo'lmog'i kerak, deb hisobladilar.
Ongning psixologlar tomonidan o'rganilishi mumkin va zarur ekanli-
giga, ayniqsa, L.S.Vigotskiy qat’iy rioya qildi.
Psixologiya sohasida ikki frontga, ya’ni empirik psixologiyaning sub
yektivizm va idealizmga qarshi, bixevioristlar va refleksologlaming mexa-
nizmga qarshi olib borgan kurashi faqatgina psixologiyaga emas, balki fal-
safaga ham taalluqli edi. Bu kurashning yakunlari quyidagilarda ifodalandi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Empirik psixologiya o'zining oldingi mavqeini yo'qotdi, u o'qitish
predmet sifatida uzil-kesil siqib chiqarilgan edi. Refleksologiya vakillari
o'z nuqtayi nazarlarini yanada qattiq turib himoya qildilar. Lekin ular
ham tanqid ta ’sirida o'zlarining xatolarini tan olishga majbur bo'ldilar.
Bu jihatdan, ayniqsa, falsafiy munozaralar (1927—929) katta natijalar
berdi, munozaralar falsafa frontida mexanitsistlaming batamom tor-m or
bo'lishi bilan tugadi.
Bexterev (u vaqtda o'zi mahrum edi) shogirdlaridan bir guruhi «Ref-
leksologiyami yoki psixologiyami» va «Refleksologiya va uning yondosh
fanlariga munosabati» degan ikkita broshyura chiqardilar. Bu broshyuralarda
ular o'zlarining oldingi fikrlarining yanglish ekanligini e’tirof etdilar. Ular
o'z xatolarini, refleksologiya hali inson xulqini to'la-to'kis holiga, ya’ni
uni qiliqlari va xatti-harakatlarida olib mukammal tekshirish darajasiga
ko'tarilganicha yo'q, degan bahona bilan izohladilar. Ular psixikaning
realligini esa uni o'rganishning zarurligini e ’tirof etdilar. 1930-1931-yil-
larda refleksologiya aslida tugatilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: