R E A K T O L O G IK P S IX O L O G IY A
Komilovchi psixologlar guruhining ishlari faqat empirik va subyektiv psi
xologiyani tanqid qilish bilangina cheklanib qolmadi. Tanqid jarayonida yangi
psixologiya sistemasini tuzish bo'yicha ham ishlar olib borildi. Bu psixologlar-
ning aytishicha, yangi psixologiya sistemasi marksistik fan bo'lishi kerak edi.
Lekin bu faqat niyat edi, xolos. Aslida esa Kornilov psixologiya pred-
metini tushunishning o'zida bixevioristlar va refleksologlar bergan ta ’rifga
asoslangan edi.
Kornilov ta’limoti nuqtayi nazaricha, psixologiyaning predmeti inson
xulqini to'la-to'kis holicha, ya’ni uning qiliqlari va xatti-harakatlarini
o'rganishdir. Muayyan muhitdagi organizmning reaksiyalari xulqning alo
hida elementlari deb hisoblandi.
Xulqning elementlari bo'lgan reaksiyalar haqidagi ta ’limot Kornilov
maktabi psixologiyasida markaziy o'rinni egallardi. «Biz psixologiyada
nimani o'rganmaylik,— deb yozgan edi Kornilov,— tub aslida reaksiyani
0
‘rganamiz, chunki reaksiya xulqimizning barcha eng murakkab, yuksak
va nozik shakllaridan iboratdir. Yangi psixologiya bitta metodni, bu ham
bo'lsa, reaktologik metodni biladi». Lekin xulq va reaksiya tushunchasi
Komilovda bixevioristlar va refleksologlarga qaraganda, boshqacha tu-
shuntiriladi, jumladan xulq va reaksiya tushunchalarining mazmuniga nerv-
fiziologik va mushak harakatlaridan tashqari, yana psixik moment, ong
momenti ham kiritilgan edi. Lekin Kornilov psixika va ongni reaksiyada
ishtirok etadigan va uning organizmning tashqi muhitga nisbatan javob
harakati bilan birgalikda ro'y beradigan passiv bir narsa debgina tushundi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Psixik moment esa faqat inson kechirmalaridagi reaksiyalaming subyek
tiv ifodasi deb tushunildi, xolos.
Kornilov reaksiya tushunchasiga psixik, ongli momentlami kiritar ekan,
buning bilan u go'yoki subyektiv empirik psixologiyaning bir tomonlama-
ligini bartaraf qilmoqchi bo'ladi. Komilovning fikricha, psixologiyani shun
day tushunilsa, «inson xulqidagi obyektiv va subyektiv hodisalaming or
ganik sintezi» kelib chiqadi.
1926-yili professor Kornilov o'z psixik nazariyasining namunasi sifatida
«Psixologiya darsligini chiqardi. Keyingi yillarda bu darslik (1931-yil-
gacha) mayda o'zgartirishlar bilan bir necha marta nashr qilindi.
Aslida bu «psixologiya darsligi»da psixologiyaga doir hech narsa yo'q
edi. Psixika haqidagi masala faqatgina bosh qismida, u ham bo'lsa reaksi-
yaning tarkibiy momenti sifatida eslatilib o'tilar edi. Psixologiya xulq ha
qidagi fan sifatida talqin qilinar edi. Xulq organizm reaksiyalarining
yig'indisi deb tushunilar edi. Butun psixologiya sistemasi tug'm a va hosil
qilingan, oddiy va murakkab reaksiyalarni bayon qilishdan iborat qilib
qo'yilgan edi, aslida esa bu darslikda bixevioristik va refleksologlar ta’limoti
qisqacha bayon qilingan edi, xolos (shuning uchun ham bu darslik keyin
chalik «reaktologiya darsligi» deb atalgan edi).
Shu narsani ta’kidlash kerakki, o'sha vaqtlarda, bixevioristlar va reflek-
sologlarning siquvi ostida psixologiyani xulq haqidagi fandir, deb ta’riflash
keng tarqalgan edi.
Agar 1923 va 1924-yillardagi syezdlar psixonevrologiya fanlari sohasidagi
syezdlar deb atalgan bo'lsa, 1930-yildagi psixologiya syezdi esa, inson
xulqini o'rganish masalalariga bag'ishlangan syezd edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |