Pedagogik faoliyatning insonparvar tabiati
, shuningdek, inson shaxsini
yaxlit anglash, uning intellektual, ma’naviy, axloqiy imkoniyatlarining barkamol
rivojlanishini tushunishda ham aks etadi.
Insonparvarlashtirish nuqtai nazaridan pedagogik faoliyat shundan iboratki,
har bir inson o‘z faoliyatining to‘laqonli sub’ekti, egasiga (o‘z ishining ustasiga)
40
aylansin, ya’ni erkin, o‘z-o‘zini rivojlantira oladigan, dunyoda bo‘ladigan voqea-
hodisalarga nisbatan mas’uliyat bilan yondashadigan kishi bo‘lsin.
Ta’limni insonparvarlashtirish muhim ijtimoiy-pedagogik tamoyil sifatida
qaraladi. Unda zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirishning ijtimoiy tendensiyalari
o‘z ifodasini topadi. Ta’lim mazmuni shaxsni shakllantirish, uning biluv,
ma’naviy, faoliyatli imkoniyatini o‘stirishdan iborat bo‘ladi. Ta’limni
insonparvarlashtirishni shunday tavsiflash mumkinki, unda har bir ta’lim jarayoni
ishtirokchisi (o‘qituvchi, o‘quvchi, o‘qituvchilar jamoasi, o‘quvchilar jamoasi,
rahbariyat va xodimlar) munosabatlarini o‘zaro hurmat asosida quradilar.
Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirishning ikki aspektini ajratish mumkin:
• ta’lim mazmunida inson, insoniyat, insoniylik to‘g‘risidagi bilimlar hajmini
kengaytirish, insonparvarlik yo‘nalishidagi o‘kuv predmetlarini belgilab berish;
• ijtimoiy-gumanitar o‘quv predmetlarini o‘qitish sifatini yaxshilash.
Shu o‘rinda asosiy vazifalardan biri ijtimoiy-gumanitar bo‘lmagan
predmetlarni o‘qitishni insonparvarlashtirishga e’tibor qaratish. Bu vazifani har bir
o‘quv predmetida umuminsoniy madaniyatning aynan bir xil qismlarini ajratib
ko‘rsatish orqali ta’lim oluvchilarda ijodiy qobiliyatlarni, ularning ma’naviy
olamini, qimmatli insonparvar tamoyillarni shakllantirish bilan amalga oshirish
mumkin.
Ta’limda insonparvarlik tamoyilini amalga oshirish mazmunan umuminsoniy
qadriyatlarni namoyon etishni nazarda tutadi. Umuminsoniy qadriyatlarni ikki bir-
birini to‘ldiruvchi ma’nolarda ko‘rib chiqish lozim. Birinchidan, bu shunday
qadriyatlarki, ular qandaydir bir tor doiradagi odamlar guruhi uchun em as, balki
butun insoniyat uchun ahamiyatga molikdir. Uni ifodalashning o‘ziga xos jihatlari
u yoki bu davlatning madaniy-tarixiy rivojlanish xususiyatlari, an’analariga bog‘liq
bo‘ladi. Ikkinchidan, umuminsoniy qadriyatlar - bu tarixan va ijtimoiy jihatdan
chegaralab, mahalliylashtirib bo‘lmaydigan tushunchadir. Ular butun insoniyat
uchun ideal, xulq-atvor namunasi bo‘lib, doimiy va o‘zgarmasdir.
SHu bilan bir qatorda ta’lim maqsadini aniqlashda har bir jamiyat u yoki bu
darajada o‘zining an’anaviy qadriyatlariga yo‘naladi. Bu o‘rinda millatning
41
madaniy va milliy o‘ziga xosligi, identifikatsiyasini saqlash muhim ahamiyat kasb
etadi.
SHu o‘rinda o‘qituvchilik kasbida shaxsiy sifatlar bilan pedagogning kasbiy
imkoniyatlari va ularni to‘la amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz. Biz
Rossiyalik pedagog I.P.Podlasiyning kasbiy imkoniyat to‘g‘risidagi xulosalariga
asoslanib, “pedagogning kasbiy imkoniyatlari tuzilmasi”ni namuna tariqasida
keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |