Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/180
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#347011
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   180
Bog'liq
fayl 1709 20210831

1.8.
 
Pedagogik faoliyatga qo‘yilgan talablar, pedagogning asosiy 
professional sifatlari 
Pedagogik faoliyat, yaxlit olganda bevosita o‘qituvchilik, pedagoglik kasbi  - 
juda  qadimiy  sanaladi.  Unda  avlodlar  vorisiyligining  minglab  yillik  tajribalari 
mujassamlashgan. O‘qituvchi, o‘z kasbiy mohiyatiga ko‘ra  - avlodlarni bir-biriga 
bog‘laydigan  bo‘g‘in,  insoniy,  ijtimoiy,  tarixiy  tajribaning  tashuvchisi.  Xalqning 
ijtimoiy-madaniy  bir butunligi, yaxlit  taraqqiyotning o‘zi, avlodlarning vorisiyligi 
ko‘p jihatdan pedagogik faoliyatga bog‘liq. 
Pedagoglik  kasbining  paydo  bo‘lishi  obyektiv  hodisadir.  Chunki  agar  katta 
avlod o‘rniga keladigan  yosh avlod ular to‘plagan  tajribani o‘rganmay,  uni o‘rab 
turgan olamni qayta o‘rgana boshlashganida edi insonlar jamiyati mavjud bo‘lmas 
va rivojlanmas edi. 
Yuqorida  ta`kidlaganimizdek,  qadim  zamonlarda,  hali  mehnat  taqsimoti 
bo‘lmagan  bir  davrda  kattalar  tajribasining  bolalarga  etkazilishi  mehnat  faoliyati 
jarayonida olib borilgan. Bolalar yoshligidanoq shu faoliyatga ishtirok etar va unga 
oid  usullarni  o‘rganganlar  (ovchilik,  mevalarni  terish  va  h.k.)  va  kattalar 
ko‘magida  turli  ko‘nikma  hamda  malakalarga  ega  bo‘lganlar.  Ana  shu 
xususiyatlari bilan inson hayvonlardan ajralib turganlar. 
Ish  qurollarining  takomillashuvi,  manifakturani  rivojlanishi  ko‘proq  oziq-
ovqat  to‘plash  imkonini  berdi.  SHuning  uchun  qariyalar  va  kasallar  ishga  jalb 
qilinmasdan ularga olovni qo‘riqlash va bolalarga qarab turish ishi topshirildi. Ish 
qurollarining ongli ravishda tayyorlash va qo‘llash jarayonining murakkablashuvi 
mehnat  ko‘nikma  va  malakalarini  maxsus  o‘rganish  ehtiyojini  vujudga  keltirdi. 
Shu bilan bir qatorda qabilaning hurmatga sazovor va tajribali a’zolarining muhim 


37 
 
va  asosiy  vazifasi  bolalarga  xalq  donishmandligini  va  tajribasini  etkazish,  ularni 
mustaqil  hayotga  tayyorlash,  ijtimoiy  hayot  me’yorlari  va  ularga  amal  qilinishini 
ta’minlash bo‘lib qoldi. 
Pedagogik  faoliyat  paydo  bo‘lgan  vaqtdan  boshlab,  turli  tarixiy  taraqqiyot 
davrlarida  mazmunan  o‘zgargan  bo‘lsada,  uning  asosiy  vazifasi  yoshlarga  ta’lim 
berish, tarbiyalash, ularni ma’lumotli qilish bilan bog‘liq bo‘lgan. YUqorida qayd 
etib o‘tilganidek, barcha davrlarning etuk mutafakkirlari pedagogik faoliyat, ta’lim 
va  tarbiyaning  ijtimoiy  ahamiyatini  alohida  ko‘rsatib  o‘tganlar.  Shuning  uchun 
pedagogik faoliyat muayyan xususiyatlarga ega. 
Pedagogik faoliyatning dastlabki o‘ziga xosligi shundan iboratki, u bilan turli 
ijtimoiy  qatlam  a’zolari  ishlab  chiqarish  ishlarini  bajarish  jarayonida  hamma 
shug‘ullanadi.  CHunki  bu  faoliyat  tarbiyalashga  moyillikni  anglatuvchi  inson 
tabiatiga  xos  xususiyat  hisoblanib,  u  ota-onalar  va  qirindosh-urug‘lar,  yoshi  katta 
do‘st-  o‘rtoqlar,  jamoadoshlar,  o‘quv,  ishlab  chiqarish  guruhlari,  rahbarlar, 
lavozimdagi  kishilar  va  hokazoni  qamrab  oladi.  Ammo  bularning  barchasi 
noprofessional pedagogik faoliyat hisoblanadi. 
Professional  pedagogik  faoliyat  esa  maxsus  tayyorgarlikdan  o‘tgan,  kasbiy-
pedagogik ma’lumotga ega bo‘lishni talab etadi. U muayyan pedagogik tizimlarda 
amalga oshiriladi, u yashash manbai bo‘lib, tabiiy ravishda unga haq to‘lanadi. Shu 
bois  bu  kasb  doimiy  mutaxassislik  bo‘lib,  yashash,  tirikchilik  manbai  bo‘lgan 
faoliyat,  mashg‘ulot  turi  bo‘lib  hisoblanadi.  Doimiy  ravishda  o‘zgarib  turadigan 
dunyoda  pedagogik  faoliyat  o‘zgarmaydi,  garchi  albatta,  uning  mazmuni,  shart-
sharoiti  o‘zgarsa  ham.  CHunki  davr,  zamon  o‘zgargan  sari  ba’zi  kasb-korlar 
yo‘qolib ketishi mumkin. Masalan, Alisher Navoiy yashagan davrda eng zarur va 
zamonaviy kasb bo‘lgan xatttotlik bugungi kunda butunlay yo‘qolib ketgan. 
Pedagogik faoliyatning mazmun, mohiyatini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilar 
ekanmiz, mazkurni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Pedagogik kasbning o‘ziga 
xos  xususiyatlari  shundan  iboratki,  u  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  insonparvarlik, 
jamoaviylik va ijodkorlik xususiyatlarga ega. 


38 
 
Pedagoglik  kasbining 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish