banklarning beshin-
chi funksiyasi
hisoblanadi. Banklar iqtisodiyotdagi moliyaviy muas-
sasa sifatida mulkiy shaklidan qa’tiy nazar mamlakatdagi barcha
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga o‘zlarining huquqiy imkoniyatlaridan
kelib chiqib, turli darajadagi iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni
beradi. Albatta, ushbu maslahatlar mijoz va bank o‘rtasida tuzilgan
tegishli shartnomalar yoki o‘zaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, banklarning funksiyalari ularning mohi-
yatini va bajaradigan operatsiyalarining mazmunini anglashga xizmat
qiladi. Banklarning funksiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha
talqin etilishining asosiy sababi ijtimoiy – iqtisodiy hayotda yuz
berayotgan va rivojlanib borayotgan munosabatlarning doimiy ravishda
yangi qirralarining vujudga kelayotganligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |