16.2. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari Tijorat banklarining aktiv opertsiyalari – bu banklarning passiv
operatsiyalari natijasida shakllantirilgan mablag‘larini iqtisodiy jihat-
dan daromad (foyda) olish maqsadida turli maqsadlarga joylashtirish
va likvidligini ta’minlash bilan bog‘liq operatsiyalardir. Tijorat
banklarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyatida juda muhim
hisoblanadi. Chunki ular ushbu operatsiyalar orqali daromadlarni
shakllantiradilar va aktiv operatsiyalar doimo ma’lum darajada risk,
283
ya’ni qarzdorning defolti (to‘lovga qobiliyatsizlik) bilan bog‘liq
bo‘ladi.