to‘rtinchi
funksiyasi
hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, ushbu funksiyani barcha
banklar bajarish huquqiga ega emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
muomalaga kredit pullarni chiqarish Markaziy bank zimmasiga
yuklatilgan. Markaziy bank muomalaga chiqarayotgan pul massasini
mamlakatda yaratilayotgan tovar massasiga nisbatan muvozanatligini
ta’minlashga e’tibor qaratadi. Markaziy bankning ushbu funksiyani
samarali bajarayotganligi milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini
mustahkamligi va inflyatsiya darajasining pastligi belgilaydi.
Demak, tijorat banklari kredit pullarini muomalaga emissiya
qilish huquqiga ega emas, ular muomaladagi mavjud pul hajmi
doirasida faoliyat yuritadi. Muomaladagi pul massasining hajmini
o‘zgarishiga tijorat banklari bevosita ta’sir qila olmaydilar, bunga faqat
Markaziy bankning huquqi mavjuddir.
Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni berish
Do'stlaringiz bilan baham: |