7.3. Standartlarni ishlab chiqish va yuritish
O`zbekiston davlat standartlari
(keyinchalik standartlar) standartlashtirish
bo`yicha texnik qo`mitalar (keyinchalik TQ), standartlashtirish bo`yicha tayanch
tashkilotlar, boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilishi mumkin.
Standart bir necha tashkilotlar tomonidan yaratiladigan bo`lsa, yetakchi
tashkilot-yaratuvchi (bajaruvchilar ro`yxatidagi birinchi tashkilot) har bir hamkor-
tashkilot bilan birgalikda ishlar hajmi va muddatlarini aniqlaydi.
Standartning mazmuniga va texnik-iqtisodiy asoslanganligiga va ko`rsatkichlar,
me’yorlar va talablarning fan va texnikaning zamonaviy darajasiga muvofiqligi uchun
yaratuvchi – tashkilot va standartni tasdiqlagan idora mas’ul bo`ladi.
Standartga kiritiladigan o`zgartirishlar albatta kelishishligi, tasdiqlanishi va
asosiy standart uchun o`rnatilgan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazilishi shart.
204
Standartni ishlab chiqish (yaratish) da tashkiliy-metodik yagonalikka erishish
maqsadida, shuningdek, ish bosqichlarining bajarilishini tekshirish uchun standart
yaratishning to`rt bosqichi o`rnatilgan:
1 – bosqich - standartni yaratishga texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash
(zarur bo`lganda amalga oshiriladi):
2 - bosqich - standart loyihasini birinchi tahririni ishlab chiqish va fikrlarni olish
uchun tarqatish;
3 – bosqich - fikr-mulohazalarni o`rganib chiqish, standart loyihasini (oxirgi
tahririni) ishlab chiqish, kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish;
4 – bosqich - standartni tasdiqlash va davlat ro`yxatidan o`tkazish.
Izoh – standartni yaratish bosqichlarini birga qo`shib bajarish ruxsat etiladi.
Standart loyihasi manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida va (yoki)
tayyorlovchi – korxonalarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladi. Standartning loyhasini
ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyhasiga tushuntirish yozuvi tuziladi va zarur
bo`lganda standartni joriy qilish bo`yicha asosiy tashkiliy – texnik tadbirlar rejasining
loyihasi (keyinchalik – asosiy tadbirlar loyihasi) ham ishlab chiqiladi.
Standart loyihasi tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar rejasining loyihasi bilan
birga nushasi ko`paytiriladi va fikr olish uchun quyidagi ro`yxat bo`yicha manfaatdor
tashkilotlarga tarqatiladi:
– buyurtmachi – tashkilot (asosiy iste’molchi) ga yoki standartning loyihasini
kelishish bo`yicha tayanch tashkilot deb tayinlangan uning tashkilotlaridan biriga;
– standart loyihasida vakolatlariga qarashli talablar o`rnatilgan bo`lsa, davlat
nazorati idoralariga, sog`liqni saqlash vazirligiga, atrof muhitni muhofazalash
qo`mitasiga;
– mahsulotning biriktirilgan turlari bo`yicha standartlashtirish tayanch
tashkilotlariga;
– standartni joriy etuvchi va joriy etilishini ta’minlovchi tashkilotlar va
korxonalarga.
205
Korxona va tashkilotlar taqdim etilgan standart loyihasini ko`rib chiqib, o`z fikr
– mulohazalarini yozadi va standartni ishlab chiquvchiga standart loyihasini olgan
kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay jo`natadi.
Ishlab chiquvchi – yetakchi tashkilot olingan fikr - mulohazalar asosida fikr –
mulohazalar to`g`risida ma’lumot tuzadi.
Ishlab chiquvchi – yetakchi tashkilot va hamkor bajaruvchi tashkilotlar fikr –
mulohazalar asosida standart loyihasining oxirgi tahririni ishlab chiqadi va tushuntirish
yozuviga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritadi.
Ishlab chiquvchi – tashkilot va boshqa manfaatdor tashkilotlar o`rtasida standart
loyihasi
bo`yicha
kelishmovchilik
bor
bo`lsa,
ishlab
chiquvchi
tashkilot
kelishmovchiliklarni ko`rib chiqish bo`yicha asosiy manfaatdor tashkilotlar
vakillarining, shu jumladan standartning ko`rilayotgan loyihasi bo`yicha qaror qabul
qilishga vakolatlangan buyurtmachilar (asosiy iste’molchilar) ning vakillari ishtirokida
kelishuv majlisini o`tkazadi.
Standart loyihasining aniqlik kiritilgan tahririning alohida moddalari bo`yicha
kelishmovchiliklar bor bo`lsa, majlis bayonnomasida tashkilotlarning vakillari bu
moddalar bo`yicha alohida fikrga ega, deb ko`rsatiladi.
Majlisda qabul qilingan qarorlar asosida standart loyihasining oxirgi tahriri
tuziladi, tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritiladi.
Standart loyihasining oxirgi taxririni tasdiqlashga taqdim etish oldidan ishlab
chiquvchi-tashkilot buyurtmachi-tashkilotga (asosiy iste’molchiga) kelishishlik uchun
jo`natiladi.
Standart loyihasini kelishishlik standart loyihasi keltirilgan kundan boshlab ko`pi
bilan 15 kun muddat ichida amalga oshiriladi.
Yangi (takomillashtiriladigan) mahsulot yaratish bo`yicha ishlar tarkibida olib
boriladigan, standart loyihasini ishlab chiqishda standart loyihasini qabul komissiyasi,
badiiy-texnik kengash (BTK), degustatsiya (sifatini aniqlash) komissiyasi va boshqalar,
manfaatdor tashkilotlarning mas’ul vakillari ishtirokida kelishib oladi.
Standart loyihasining kelishilganligini tasdiqlovchi hujjat tajriba nushasining
qabul dalolatnomasi (BTK bayonnomasi) dan iborat bo`ladi.
206
Standartga kiritiladigan o`zgartirishlar, agar ilgari kelishishgan tashkilotlarning
manfaatlariga ta’sir etmasa, faqat buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishib
olinadi.
Standart loyihasining ohirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etishdan oldin tayanch
tashkilot yoki o`ziga biriktirilgan mahsulotga oid yoki faoliyat sohasida
standartlashtirish bo`yicha TQ standartni ilmiy-texnikaviy va huquqiy ekspertizadan
o`tkazadi.
Ishlab chiquvchi tashkilot standart loyihasini tasdiqlashga quyidagi hujjatlar
bilan birga taqdim etadi:
– ilova xati;
– standart loyihasining oxirgi tahririga tushuntirish yozuvi;
– asosiy tadbirlar rejasining loyihasi;
– standart loyihasi 4 nusxada, bundan ikkitasi birinchi bo`lishi lozim;
– standart loyihasining kelishilganligini tasdiqlovchi asl hujjatlar;
– standart loyihasiga fikr-mulohazalar to`plami;
– elektron versiya;
– kelishmovchiliklar to`g`risidagi ma’lumotnoma.
O`zstandart agentligi, Davarxitektqurilish, Davtabiatqo`m va Sog`liqni saqlash
vazirligi o`ziga biriktirilgan nomenklatura bo`yicha taqdim etilgan standartlar
loyhalarini va ularga qo`shib yuborilgan hujjatlarni 15 kundan kechiktirmay ko`rib
chiqadi, shuningdek, ularni davlat ekspertizasidan o`tkazadi va standart loyihasini
tasdiqlash yoki qo`shimcha ishlashga qaytarish to`g`risida qaror qabul qiladi.
Standartni tasdiqlagan idoraning qarori bilan standart tasdiqlanadi va amalga
kiritiladi.
Mahsulotni yangilash (takomillashtirsh) ning tabaqalashtirilgan muddati
o`rnatilgan mahsulotga standartlarning amal muddati ushbu me’yorlar (normativlar) ga
muvofiq o`rnatiladi.
Mahsulotni yangilash (takomillashtirish) ning tabaqalashtirilgan muddatlari yo`q
bo`lsa, standartning amal mudatini standartni yaratuvchi tashkilot belgilaydi.
O`zstandart agentligi standartni davlat ro`yxatidan o`tkazadi.
207
Eksport uchun mo`ljallangan mahsulotga qo`shimcha talablar davlat ro`yxatidan
o`tkazilmaydi.
Standart davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun 4 nusxada taqdim etiladi: asliyat,
ikkinchi nushada (dubligat) va ikkita nusxa.
Standartning ikkinchi nusxasi standart asliyatiga o`xshash bo`lishi va undan
zarur sifatli nusxa olishni ta’minlash kerak.
Standartning va unga qo`shib yuboriladigan hujjatlarning nusxalari aniq, har
qanday usulda tayyorlangan bo`lishi mumkin.
Standart davlat ro`yxatidan o`tkazishga ikki tilda: davlat va rus tillarida
muqovalangan va tikilgan holda taqdim etilishi lozim.
Standartga zarur bo`lganda kiritiladigan tuzatishlar qo`ldan qora tush, pasta,
siyoh bilan aniq yozilishi, birinchi varaqning orqa betida izohlangan va rahbar (rahbar
muovini) imzosi bilan va ro`yxatdan o`tkazishga taqdim etgan idora (tashkilot) ning
muhiri bilan tasdiqlangan bo`lishi lozim.
Standart davlat ro`yxatidan ko`pi bilan 5 kun muddatda o`tkaziladi.
Standartning belgisi standartni tasdiqlagan tashkilotdan qat’iy nazar, O`zstandart
agentligi tomonidan qo`yiladi. Standart belgisi quyidagilardan iborat bo`ladi:
– hujjat indeksi – O`z DSt;
– ro`yxatga olingan tartib raqami;
– ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining to`rtta raqami, masalan, O`z DSt
789:1997.
Standart asliyati, ikkinchi nusxasi va ikkita nusxaning birinchi betlarida
ro`yxatga oluvchi idora ro`yxatga olgan idoraning nomi, sana va davlat ro`yxatidan
o`tgan nomeri ko`rsatilgan shtampni bosadi.
Standartning ikkinchi nusxasi va bir nusxa O`zstandart agentligida qoladi.
O`zstandart agentligi standartni ro`yxatga olgandan keyin 15 kunlik muddat
ichida bir nusxani Respublika ilmiy-texnikaviy kutubxonasiga jo`natadi.
Standartning loyihasiga tushuntirish yozuvi qo`shiladi.
208
Tushuntirish yozuvining nomida standartning darajasi va to`liq nomi, standart
loyihasi tahririning tartib raqami va yoki standartni ishlab chiqish bosqichi to`g`risida
ma’lumot keltiriladi.
Misol:
Do'stlaringiz bilan baham: |