7.2. Me’yoriy hujjatlar miqyosi va turlari
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va me’yoriy-huquqiy munosabat
hujjatlariga
muvofiq
standartlashtirish
tizimining
quyidagi
miqyoslari
faoliyatlashtirilgan: xalqaro, davlatlararo, davlat, soha, ma’muriy hududiy va korxona
miqyoslarida.
Me’yoriy hujjatlar miqyosi hamda to`rini aniqlashda quyidagi asosiy atama va
tariflar ishlatiladi:
a) me’yoriy hujjat miqyosi – standartlashtirishning ma’lum bir miqyosida faoliyat
natijalari bo`yicha qabul qiladigan hujjat;
b) me’yoriy hujjat turi – me’yoriy hujjatning vazifasiga muvofiq mazmunining
tavsifi;
v) me’yoriy hujjat ta’sir doirasi – me’yoriy hujjat istalgin korxona va tashkilotlar
iqtisodiy sohalar yig`indisi.
Standartni ishlab chiquvchi standartlashtirish bo`yicha negiziy tashkilot bilan
kelishgan holda me’yoriy hujjat ta’sir doirasini aniqlaydi.
Bir jinsli mahsulot turlari uchun ayrim talablarni standartlashtirish maqsadga
muvofiq bo`lganholda: tasniflash, asosiy parametrlar, yoki o`lchashlar, hayot yoki
tabiat xafsizligi toifalanish, konstruksiyasi, nazorat usullari (nazorat, o`lchash, tahlil),
taxlash, qabul qilish qoidalari (shtrix kodlov usullari bilan), eltish, saqlash, foydalanish
ta’mirlash kabi turlar bo`yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi.
Me’yoriy hujjatning miqyosi va turlarining to`g`ri tanlanganligini “O`zstandart”
agentligi, «Davarxqurilish», «Davtabiat qo`mitasi», «Sog`saqvaz» va boshqa vakolatli
tashkilotlar tomonidan nazorat qilib turiladi.
201
Umumiy ta’rif va qoidalarga O`zdavstandart (O`zDSt ISO/IEC 21:2001ga
muvofiq davlat standartlari obyektlari quyidagilardir:
- tashkiliy – uslubiy va umumtexnik me’yor va talblar;
- mahsulotga majburiy talablar:
- sohalar me’yoriy hujjatlar talablari;
- davlat xo`jaligi obekti, elementlari, jumladan, bank, transport,aloqa, energetika
va mudofaa tizimlari:
- davlat ijtimoiy–iqtisodiy, ilmiy–texnik dasturiy obyektlari elementlari;
Soha standartlari obyektlari bo`lib, soha mahsulotlari sifat ko`rsatkichlari, boshqa
me’yoriy qoidalar va talablari xizmat qiladi.
Ma’muriy hududiy standartlashtirish obyektlari bo`lib hududiy mahsulot ishlab
chiqarish sifati va uni boshqarish bo`yicha me’yoriy qoida va talablar xizmat qiladi.
Korxonalarda standartlashtirish obyekti bo`lib:
- boshqa istemolchiga sotiladigan mahsulotlar;
- ishlab chiqarishni tashkil qilish yuzasidan me’yor va qoidalar;
- sifatni boshqarish;
- shu korxonaning o`zida ishlab chiqilib qo`llaniladigan detal, yig`ma birikma,
buyumlar;
- texnologik jixoz va asbob uskunalari xizmat qiladi.
Respublikada qabul qilingan me’yoriy hujjatlarning belgilanishi O`zbekiston
Respublikasi quyidagi me’yoriy hujjatlarning miqyoslar bo`yicha belgilanishini qabul
qilgan .
a) Davlat miqyosida:
- O`zbekiston respublikasi Standarti - O`zDst;
-Umumdavlat tasniflagichi - O`zDsT;
- O`zbekiston raxnamo hujjati- O`zRH;
- tavsiyalar - O`zT:
b) Soha miqyosida:
- tarmoq standarti - Tst;
- tarmoq tasniflagichi - TT;
202
- texnik shart – TSh.
v) ma’muriy-hududiy miqyosda:
- ma’muriy Hududiy standart - MHst;
-raxnamo hujjat - RHMH;
- tavsilot - TMH;
g) korxona miqyosida:
- texnik shart - TSH;
- korxona standarti – KST.
SHunday qilib O`zbekiston Respublikasida standartlashtirishning barcha miqyos
va turlari bo`yicha abbreviaturalash (bosh qaror bo`yicha yoki bo`g`inlari
qisqartirilgan nomlanmalar) davlat tilida, lotin alifbosi asosida qabul qilingan.
Abbreviaturalar mohiyati quyidagicha:
O`z- O`zbekiston (O`zbekiston)
D- Davlat (Davlat)
T- Tasniflagich (tarmoq, soha) tavsiyanoma (tavsiyanoma)
R- Rahbariy (raxnoma)
H- Hujjat (hujjat) hududiy (hududiy)
K- Korxona (korxona)
M- Ma’muriy (ma’muriy)
St- Standart (standart)
SHu bilan bir qatorda, davlatlararo xususan MDX doirasidagi standartlarda rus
tilida davlat standarti uchun – GOST abbretviaturasi ham qo`llanadi.
Barcha miqyosdagi me’yoriy hujjatlar “O`zstandart” agentligi vakolatli idoralari
ro`yxatiga olinishi shart.
Ro`yxatga olingan MX huquqiy hisoblanadi.
Mahsulot uchun MX ta’siri muddati belgilangan bo`lmasa, qoida bo`yicha 3-yilda
qayta ko`rib chiqilishi shart.
203
Do'stlaringiz bilan baham: |