laboratoriya ishi mavzu



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana22.01.2022
Hajmi0,82 Mb.
#400114
  1   2   3   4
Bog'liq
labaratoriya 2



                       2.1 -LABORATORIYA ISHI 

Mavzu: 

Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar. 



Ishdan maqsad: 

Ma’lumotlarni tanlashni o‘rganish 



Масалани  қўйилиши: 

Avto_bekat  ma’lumotlar  bazasini  tashkil  eting  va 

uning lortej qiymatlarini chaqirib oling. 

Uslubiy ko‘rsatmalar: Talaba buning uchun MySQL dagi operatorlarni to‘g‘ri 

yozishni o‘rgangan bo‘lishi shart. Mantiqiy fikrlashga ega bo‘lishi kerak. 

Yuqorida aytilganidek Avto_bekat ma’lumotlar bazasini shakllantirib olaylik 

va quyidagicha deb tasavvur qilaylik: 

 

Demak, ushbu ma’lumotlar bazamizning ichida 1ta jadval berilgan bo‘lib, u 



bekat nomi bilan saqlangan. Ushbu jadvalimizda qanaqangi ma’lumotlar borligini 

ko‘rib olamiz: 

 

Yuqoridagi  jadvalda  3ta  satr  mavjud  bo‘lib,  u  haqida  umumiy  fikrga  ega 



bo‘ldek. 

Masalaning  qo‘yilishidan  foydalanib,  bizga  kerakli  bo‘lgan  ma’lumotlarni 

oynaga chaqirib olishimiz zarur bo‘ladi. Uning esa hozirda bir qancha yo‘llarini 

ko‘rib o‘tamiz: 

1)

 

SELECT * FROM



2)

 

SELECT * FROM WHERE atribut=



3)

 

SELECT atribut1, atribut2, …, atributN FROM




4)

 

SELECT atribut1, atribut2, …, atributN FROM  WHERE 



atribut=

Bu yerda N – barcha natural sonlar to‘plami; 

Yuqorida  berilgan  4ta  formula  orqali  tanlashlarni  amalga  oshirishimiz 

mumkin.  Ushbu  formulalardan  esa  o‘zimizning  maqsadimizda  foydalanib 

ko‘ramiz.  Uning  uchun  SQL  so‘rovlarini  yozish  oynasiga  o‘tib  olamiz.  Albatta, 

so‘rov yozishdan oldin biz ma’lum bir ma’lumotlar bazasining ichida бўлишимиз 

зарур бўлади. Акс ҳолда сўровомиз ишламаслиги мумкин. Мисол сифатида: 

 

Ushbu  oynaning  qizil  rangdagi  bandidagi  yozuvga  e’tibor  beramiz.  YA’ni 



unda ma’lumotlar bazasi tanlanmagani haqida aytib o‘tilgan. Chunki har bir global 

bo‘lmagan  jadvallarimizda  bu  kabi  so‘rovlar  ishlamasligi  aniq.  Endi  esa 

ma’lumotlar  bazamizni  tanlab,  yuqoridagi  so‘rovni  SQL  so‘rovlar  oynasida 

qaytadan kiritib ko‘ramiz:  

 

Ushbu  chizmadan  ma’lumki  biz  avto_bekat  ma’lumotlar  bazasining  ichida 



turganligimiz aniqdir va shu bilan birga so‘rovlar oynasida so‘rovni ham to‘g‘ri 

kiritib oldek. Natijasini bilish uchun esa so‘rovni faollashtiramiz: 

 

Kodimizning  sintaksisida  hech  qanaqangi  xatolik  bermaganini  ko‘rdek. 



Jadvaldagi natijasi esa quyidagicha bo‘ladi: 


 

So‘rovdagi  “*”  belgisining  vazifasi  shundan  iboratki,  jadvaldagi  barcha 

atributlarning  qiymatlarini  oynaga  chiqarishni  bildiradi.  Demak,  1-formula  bilan 

bog‘liq yechimni o‘rgandek. 2-formula bilan ishlab ko‘ramiz, ya’ni bu formulada 

barcha  atributlarning  qiymatlarini  shart  asosidagi  tanlash  назарда  тутилган. 

Мисол sifatida Rangi atributining qiymati Oq bo‘lganlarining barcha ma’lumotlari 

ekranga  chiqarilsin.  Buning  uchun  yana  so‘rovlar  oynasiga  qaytib,  quyidagi 

kodlarni yozaylik: 

 

So‘rovni faollashtirib ya’ni OK tugmasini bosib quyidagilarni hosil qilamiz: 



 

Kodni yozishda hech qanaqangi sintaksis hatolikga yo‘l qo‘ymaganmiz. 

So‘rovimizdagi  natijaning  relyatsion  jadval  ko‘rinishidagi  yechimi 

quyidagicha bo‘ladi: 

 

Demak, bizning jadvalimizda 2ta turdagi rangi oq bo‘lgan mashina bor ekan, 



ularning  barcha  ma’lumotlari  esa  yuqoridagi  rasmda  tasvirlangan.  3-formulaga 

nisbatan  masalamizni  yechishni  davom  ettiramiz.  Bu  formulada  bizga  jadvalda 

mavjud  bo‘lgan  ma’lumotlarning  faqatgina  kerakli  atributlardagi  qiymatlarini 

chiqarish talab etiladi halos. Misol sifatida, jadvalimizdagi barcha ma’lumotlarning 

faqatgina  Rusumi  va  Nomeri  qiymatlari  oynaga  chiqarilsin.  Buning  uchun 

so‘rovlar oynasiga o‘tib quyidagi kodlar ketma-ketligini yozib olamiz: 

 

Kodni faollashtirib quyidagi natijalarga ega bo‘lamiz: 




 

Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, masalani yechishdagi yozgan kodimiz 

sintaksis  jihatdan  to‘g‘ri  ekan.  Endi  esa  uning  relyatsion  jadval  ko‘rinishidagi 

yechimini qaraymiz: 

 

Demak,  bizning  jadvalimizda  jami  3ta  satr  mavjud  bo‘lib,  unda  faqatgina 



bizga  kerakli  bo‘lgan  atributlarning  qiymatlarigina  oynaga  chiqarilgan.  4-

formuladan  foydalanish  vaziyatini  qarab  o‘taylik.  Bu  formulani  shart  asosidagi 

bizga zarur bo‘lgan atributlarning qiymatlarini oynaga chiqarish nazarda tutilgan. 

Misol  tariqasida  bekat  jadvalidan  foydalanib  Nomeri=A007ESM  bo‘lgan 

mashinaning  Rusumi  va  Rangi  ekranga  chiqarilsin.  Buning  uchun  so‘rovlar 

oynasiga o‘tib quyidagicha kodlar ketma-ketligini yozaylik: 

 

Yuqoridagi yozilgan so‘rovni faollashtirib quyidagi natijalarga ega bo‘lamiz: 



 

Masalani  yechishdagi  yozilgan  kodimizning  sintaksisi  to‘g‘ri  ekanligiga 

ishonch hosil qildek. Endi esa uning jadval ko‘rinishidagi yechimini ko‘rib o‘tamiz: 

 

Demak, biz so‘rov ostida qidirgan mashinamizning bizga kerakli ma’lumotlari 



oynada hosil bo‘ldi. 

Shu  kabi  tanlash  usullaridan  foydalanib  ma’lumotlar  bazamizdagi 

foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan tanlashlar amalga oshiriladi va yetkazib beriladi. 

Faqatgina  foydalanuvchilar  ushbu  yetkazishlar  ostida  qanaqangi  kodlar  ketma-

ketligi  joylashganligini  bilishmaydi  va  ularga  uning  qiziqi  ham  yo‘q.  Chunki  bu 



insonlar  dasturchi  emas,  faqatgina  iste’molchi  holos.  Bizga  esa  bu  qiziqarlidir, 

chunki biz dasturchimiz. Va dasturlash tillarini o‘zlashtirishimiz zarur. 




Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish