17
o‘rganish majburiy qilib qo‘yildi. Arab istilochilari turk va fors tillarini bilgan tarjimonlardan ham
foydalandilar. Ular turkiy xalqlar bilan arablarni bir-biriga bog‘lovchi vositachi rolini o‘ynadilar.
Islom dini mamlakatda hukmron din, arab yozuvi yagona yozuv, arab tili adabiy til bo‘lib qoldi.
Olimlar va shoirlar arab tshshda kitoblar yoza boshladilar.Arablar istilosi davrida eng ko‘p tarjima qilingan
asarlar tarixiy-badiiy janrda yaratilgan kitoblar bo‘lib, ularni ko‘pincha adib, shoirlar tarjima qilar edilar.
Katta-katta olimlar, tarixchilar yetishdi. Forobiy, ibn Sino, Beruniy kabi olimlar o‘z asarlarini arab
tilida yozdilar. 359 yilda vafot qilgan olim Abu Bakr Muhammad bin Ja’fariy Narshaxiy Buxoro tarixiga
oyid «Tahqiqul-viloyat» (O’lkani o‘rganish) nomli asarini yozdi. Bu asar fors tiliga, keyingi davrlarda rus
tiliga ham tarjima qilindi. Eng qadimiy asarlardan biri 922 yilda vafot qilgan Abu Ja’far Muhammad bin Jarir
Tabariyning «Tarixi Tabariy» nomli bir necha tomli asari bo‘lib, 963 yilda Buxoroda somoniy amirlarining
saroyida vazir bo‘lgan Mir Abu Ali bin Muhammad Bal’amiy tojikchaga qisqartib tarjima etgan.
Keyinchalik bu asarning o‘zi ham boshqa tillarga tarjima qilingan. Tabariy va Bal’amiy haqida shunday
so‘zlarni o‘qiymiz.
Somoniylar saroyida tarix va geografiyaga katta diqqat berilar edi. Movarounnahrda tarix va
geografiyaga oid ko‘p sonli asarlarni qiziqib o‘qilar edi. Ma’daniy, Balozuriy, Tabariy, ibn Miskavey va
boshqalar o‘sha davrning mashhur tarixchilari edi.
Movarounnahrning madaniy kishilari orasida Tabariy o‘z tarix kitobi tufayli mashhur bo‘lganini shu
faktdan ko‘rish mumkin: somoniylarning Abulmalik va Mansur degan ikki amirining atoqli vaziri Bal’amiy
Tabariy asarini tojik tiliga qisqartirib tarjima qildi. De Rde nashriga kirgan variantdan tashqari, boshqa
yo‘qolgan variantdan qilingan bu tarjima arab tilidagi so‘nggi nashrlarda bo‘lmagan bir qancha axborotlarni
beradi. Ko‘p mamlakatlardagi kishilar hozirga qadar Tabariy asari bilan Bal’amiy tarjimasi orqali
tanishadilar. Qizig‘i shuki, haligacha o‘z qimmatini yo‘qotmagan Bal’amiyning tarjima kitobi uz navbatida
turk fransuz va, hatto, arab tillariga tarjima qilingan» (257-bet).
Bu asar «Tarixi Narshaxiy» nomi bilan mashhur. Abu Nasr Ahmad bin Muhammad al Qubaviy XII
asrda uni qisqartib, fors tiliga tarjima qilgan (FA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi, inv. №2110).
1892 yilda Parijda bu asarning teksti Shefer tomonidan bostirilgan. 1897 yilda N. S. Likoshin «Tarixi
Narshaxiy»ni ruschaga tarjima etib, akad. V. V. Bartoldning tahririda Toshkentda nashr qildirgan. «Sobranie
vostochnix rukopisey AN» (SVR), 1-tom. U bir necha Sharq tillarini, shu jumladan arab tilini o‘z ona tiliday
bilgani holda, yunon falsafasini o‘rganish zarur bo‘lib qolgani uchun yunon tilini ham bilib oldi.
«Forobiy grek olimlarining asarlarini asl nusxasida o‘qib, ularning ko‘piga, masalan, Aristotelning
«Metafizika», «Fizika», «Meteorologiya»siga va logika soha Tabariyning asari XVIII asrda o’zbek tilining
qashg‘ariy lahjasida tarjima etilgan. Tarjimonning oti noma’lum, ammo uning aytishiga qaraganda, asar
Yorkandninig hokimi Mirza Muhammad Husayn Hakimbekning amri bilan tarjima etilgan.
Bal’amiy tarjimasini Xiva xoni Muhammadrahim II (Firuz)ning amri bilan mashhur tarixchi va shoir
Muhammad Yusuf Bobojon o‘g‘li Bayoniy 1882 yilda o‘zbekchaga tarjima eta boshlagan. Bu tarjimaning
qo‘lyozmasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanmoqda. Uni 1913 yilda domullo Muhammad Rasul bin
Muhammad Karimbek degan kotib ko‘chirgan. Tabariy asari Bal’maiy tarjimasi orqali bir necha tillarga
tarjima etilganligi bu kitobning naqadar mashhur ekanini ko‘rsatadi. Tarjima jarayonida asarga bir qancha
qo‘shimchalar ham kiritilib, hajmi ancha kengaytirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |