2-MAVZU. TARJIMA TARIXINI DAVRLASHTIRISH
Eng qadimgi davrdan xii asrgacha bo’lgan davr tarjimachiligi
Biror-bir xalq o‘z qobig‘ida, o‘z-o‘zicha rivojlanolmaydi. U boshqa xalqlarning yutuqlari, tajribalarini
o‘zlashtirgan va rivojlantirgan holda yuksaladi. Ma’lumki, jahon tamaddunining beshigi Sharq hisoblanadi.
Aleksandr Makedonskiy Sharqni istilo qilganda qadimgi Hindistonda rivojlangan tabiiy fanlarning yutuqlari,
ko‘hna Eron madaniyati tajribalarini o‘zlashtirib, G‘arb ilm-fani va madaniyatini muvaffaqiyatlarini o‘zaro
omuxta qilgan holda Yunonistonda antik davr uyg‘onishi sodir bo‘ldi. Keyin katta hududda o‘z saltanatini
o‘rnatgan arablar fan va madaniyatini rivojlantirishga e’tibor berdilar. Ma’mun ar-Rashid IX asrning boshida
Bag‘dodda Ma’mun akademiyasini tashkil qiladi. “Bayt ul-hikma” (“Bilimlar uyi”) deb atalgan bu ilmiy
markazga turli joylardan iste’dodli kishilarni to‘plab, yunon, yahudiy, sanskrit, suryoniy, fors tillaridan
ko‘plab ilmiy-adabiy, falsafiy-axloqiy asarlar arab tiliga tarjima qilinadi va ularga sharhlar yozilib,
musulmon dunyosiga tarqatiladi. Beruniy ham yunon, sanskrit va suryoniy tillarini o‘rganib, bu tillardagi
asarlardan bevosita foydalanganligi, hatto ularni tarjima qilganligi ma’lum. Yoki Ibn Sino Aristotelning
“Metafizika” asarini bir necha marta o‘qisa-da tushunmaydi. Keyin unga Forobiy yozgan sharh orqali uni
xatm qiladi. So‘ng XII-XIII asrlarda arablar tasarrufidagi Ispaniyaning Toledo va Kardova shaharlarida
tarjima maktablari vujudga kelib, arab tilidagi barcha ilmiy, ba’zi adabiy kitoblar ham lotin tiliga tarjima
qilinadi va ular orqali Yevropaga tarqaladi.
Tarjima tarixi juda qadim zamonlardan boshlagnadi. Qadim zamonlardan buyon turli tillarda
so‘zlashuvchi xalqlar bir-birlari bilan muomala qilganlarida tarjimon (tilmoch) orqali ish bitkazganlar.
Tarjimonsiz ish bitirish qiyin bo‘lgan. Savdo-sotiq ishlarida, diplomatik munosabatlar va madaniy aloqalarda
hamma vaqt tarjimaga zarurat tugilgan.Qadim zamonlardan beri xalqlar o‘z tarjimonlariga katta hurmat bilan
qaraganlar. Ularning nomlari tarix sahifalarida abadiy yozilib qolgan.Tarjima terixi madaniyat, san’at,
adabiyot tarixi bilan chambarchas bog‘langan.Ma’lumki, O’rta Osiyo xalqlarining madaniyati qadimiy
davrlardan boshlanadi. Arablar istilosiga qadar ham O’rta Osiyoda yashab ijod qilgan olim va yozuvchilar
o‘zlari-dan keyin boy ilmiy va adabiy meros qoldirganlar, balki ular ichida ko‘pgina tarjima asarlari ham
bo‘lishi haqi-qatdan uzoq emas. Ammo arab istilochilari mamlakatni zabt qilgach, bu ajoyib asarlarni islom
diniga qarshi deb yondirib yuborganlar.VII asrda Iroq, Suriya, Falastin, Eronni bosib olgan arab istilochilari
Marv, Xorazm, Buxoro va Samarqandn!' qo‘lga kiritadilar. VIII asrning boshlarida Movarounnahr (ikki
daryo o‘rtasi)ni arablar butunlay egallagan edilar. O’rta Osiyo arab xalifaligi hukmronlig ostida qoldi.
Bosqinchilarning zulmi ostida azob chekkan xalqlar ularning buyruqlariga bo‘ysunar, tartiblarini
so‘zsiz bajarishga majbur edilar. Arablar dastlab islom dinini O’rta Osiyo xalqlariga majburan qabul qildira
boshladilar. Qadimgi Xorazm, so‘g‘d yozuvlari o‘rniga arab yozuvi joriy qilindi. Madrasalarda arab tilini
Tarjimashunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |