bittadan so‘z aytsin. So‘zlar
b
bilan boshlanib,
b
bilan tugasin. M a s a l a n:
bob, bilib, buyurib
kabi. Keyin shu usulni
p
,
m
tovushlariga nisbatan ham
qo‘llab, o‘yinni davom ettiring.
*
357-mashq.
Birinchi va uchinchi tovushi
p
bo‘lgan so‘zlardan iborat
boshqotirmani toping.
1.
1. Sumka
2.
2. Do‘q
3.
3. Qush nomi
4.
4. Namangan viloyati-
dagi tumanning nomi.
358-mashq.
Umum, baho, va’da, puxta, foyda
so‘zlari ishtirokida gaplar
tuzib, ularning aytilishi va yozilishini tushuntiring.
Savol va topshiriqlar
1.
B, m, p
undoshlari ishtirok etgan uchta so‘z yozing. Bu undoshlar
talaffuzida qaysi nutq a’zosi ishtirok etayotganini aniqlang.
2.
Vatan, urf
so‘zlaridagi undoshlarni aniqlang. Undoshlar ichidan lab
tovushlarini toping.
359-mashq.
Uyga topshiriq.
Maqollarni o‘qing, ularda ilgari surilgan g‘oya
haqida bahs yuriting. Lab tovushlarining ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling.
1. Uzumini yegin-u, bog‘ini surishtirma. 2. Ustoz ko‘rmagan
shogird har maqomga yo‘rg‘alar. 3. Butun xalqning istagi shu –
tinchlik. 4. O‘qigan o‘qdan oshar, o‘qimagan turtkidan shoshar.
5. O‘qigan yaxshi, uqqan undan ham yaxshi. 6. O‘qish, ilm olish
oson emas, unga har kim ham chidayvermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |