To‘siqqa uchragan havoning burun orqali o‘tishidan hosil
bo‘lgan tovushlar burun tovushlari deyiladi.
Burun tovushlariga
m, n, ng
undoshlari kiradi.
364-mashq.
Mustaqillik o‘gitlarini o‘qing. Gaplar tarkibida kelayotgan
burun tovushlariga izoh bering.
Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir. U
yo‘q joyda hech qachon kuch-qudrat bo‘lmaydi. Xalqimizning ma’naviy
ildizlari juda chuqur.
Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘ladi, qudratli yurtning
farzandlari sog‘lom bo‘ladi.
365-mashq.
Tez aytishlarni mashq qiling. Gaplarning tarkibida kelayotgan
burun undoshlariga diqqat qiling.
Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi,
turp tutni turtib turibdimi?
Shotursunning shotutini shitirlatgan shamol Sharifning shaftolisini
shitirlatdi.
Tubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tengsiz dedingizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |