Navoiy, jahondin vafo istama,
Tutub benavolig‘, navo istama!
Birovga jahondin yetishmas ano
Kim, ul tutsa oyini faqr-u fano...
(«S.I.», 533-bet.)
Bu xulosa «Xamsa»dagi boshqa qahrmonlar xulosasi bilan
aynan mos kelishi barobarida muallif badiiy konsepsiyasining
Sharq-islom adabiyoti, xususan, epik poeziyasi kontekstidagi
ulkan muloqot (global disskurs)ning salmoqli va muhim qismi
ekanini ko‘rsatadi.
Bundan chiqariladigan xulosa shuki, Sharq-islom tafak
kuridagi o‘lim u qadar katta fojia deb qaralmaydi. «Qutadg‘u
bilig» muallifi aytmoqchi, tirik odam borki, albatta o‘ladi (asli-
da bu Qur’oni Karim oyatidan iqtibos: «Har bir tirik jon o‘lim
sharobini totguvchidir». 3: 185). Muhimi o‘lim tomon qay ho
latda borishda. Boshqacha aytganda, dunyo maydonini qan
day xulosa bilan tark etishda.
84
85
Do'stlaringiz bilan baham: |