Biografik romanda g‘oya va kompozisiyaning
qiyosiy talqini
1
Qiyosiy adabiyotshunoslik sohasida amalga oshirilgan tad
qiqotlarda turli adabiy hodisalar muqoyasa qilingan. Bir yoki
bir necha adabiy hodisani tipologik qiyos markaziga qo‘yish
orqali badiiy asarlarning umumiy va xususiy jihatlari topila
di. Keng qamrovli tahlil amalga oshiriladi. Bugungi kunda qi
yosiy adabiyotshunoslik sohasiga o‘z hissasini qo‘shayotgan
rus tanqidchisi Yu.I.Mineralov adabiy qiyosning qo‘llanilish
miqyosi nihoyatda kengligini, bir milliy adabiyotni xuddi
tilshunoslikda turli tillar muqoyasa qilinadigandek boshqa
adabiyot bilan, u yoki bu yozuvchilarning ijodini, yoki bo‘lma
sa, ularning asarlarini syujet-kompozitsiyasi, uslubi, g‘oyaviy
mazmuni jihatidan va hokazo ko‘rinishlarda o‘zaro muqoya
sa qilish mumkinligini, adabiyotni san’atning bir turi sifatida
musiqa, rassomchilik va boshqa lisoniy bo‘lmagan san’at tur
lari bilan ham qiyoslash kerakligini ta’kidlaydi
2
.
O‘zbek adabiyotshunosligida keng miqyosli tipologik tad
qiqotga misol sifatida A.Qosimovning «Tipologik o‘xshash
liklar va o‘zaro ta’sirning nazariy muammolari» doktorlik
dissertatsiyasi
3
ni qayd etish mumkin. Ishning asosiy maqsa
di A.de Sent-Ekzyuperi va A.Kamyu ijodidagi an’ana, nova
torlik masalasi, ijodkorlarning o‘zbek tiliga qilingan tarjima
variantlarini tahlil qilish, A.Kamyuning zamonaviy o‘zbek
nasriga ta’siri muammolarini o‘rganishdan iborat bo‘lib,
vazifalar qatoriga g‘oya talqini, an’ana, novatorlik, janr va
1
Хажиева Ф.М. Биографик роман жанри хусусиятлари (И.Стоун, М.Қориев ва
Н.Норматов асарлари асосида). – Тошкент, 2018.
2
Минералов Ю.И. Сравнительное литературоведение. – М.: Высшая школа, 2010. – С.3.
3
Қосимов А. Типологик ўхшашликлар ва ўзаро таъсирнинг назарий муаммолари (А.де
Сент-Экзюпери ва А.Камю ижоди мисолида): Фил. фан. докт... дисс. автореф. – Тошкент,
2007. – Б.45.
qahramonlar o‘rtasidagi tipologik o‘xshashliklarni aniqlash,
A.Kamyu mahorati qirralarini belgilash va h.k.dan iborat. De
mak, tipologik qiyos nafaqat bir adabiy hodisani o‘rganishni,
balki bir necha tipologik o‘xshashliklarni tahlil qilishni ham
taqozo etishi mumkin. Shunday ekan, ishda biografik roman
xususiyatlarini ko‘rsatish uchun janr namunalari imkon qa
dar har tomonlama tahlil qilinishi talab etiladi. Roman jan
riga xos bo‘lgan jihatlardan biri roman poetikasi masalasi
hisoblanadi.
Biografik romanda syujet va kompozitsiya, mavzu va g‘oya,
maktub, dialog, portret, peyzaj, tush, gallyutsinatsiya, ba
diiy detal, badiiy tafsilot kabi adabiy tushunchalar o‘ziga xos
tarzda namoyon bo‘ladi. Syujet prototip hayotini aks ettiradi.
Asardagi mavzu va g‘oyalar prototip faoliyati, hayotiy falsafa
siga bog‘lanadi.
O‘zbek adiblari tomonidan yaratilgan «Ibn Sino», «Ro‘zi
Choriyevning so‘nggi vasiyati» hamda amerikalik yozuvchi
Irving Stoun qalamiga mansub «Iztiroblar va quvonchlar»,
«Hayot ishtiyoqi» romanlarining har birida mavzu va g‘oya,
syujet va kompozitsiya o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.
«Ibn Sino» hamda «Iztiroblar va quvonchlar» romanlari-
ga diqqat qaratadigan bo‘lsak, ularda turli davr voqealari ba
diiy ifoda topgan bo‘lsa-da, syujetining shakllantirilishida
Do'stlaringiz bilan baham: |