Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/107
Sana11.01.2022
Hajmi0,98 Mb.
#341075
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2) (1)

Risola nomi

Bahr

 ning 

kel

-

tirilish o

‘rni

Bahr mansub 

doira

Musamman 

vazn

 lar

Musaddas  vaznlar

Murabba’

 

vaznlar

Mutatav

-val 

vaznlar

Jami

«Funun ul-balog‘a»

3

8

3



1

1

13



«Mezon ul-avzon»

3

Mu’talifa



7

4

2



1

14

«Aruzi Sayfiy»



3

Mujtaliba

12

7

­



­

19

«Risolai aruz»



3

Mu’talifa

7

5

2



­

14

«Aruz risolasi»



5

Mujtaliba

38

13

6



2

59

«Badoyi’ us-sanoyi’»



8

Mujtaliba





Ҳасанов С. Бобурнинг «Аруз рисоласи». – Тошкент: Фан, 1981. – Б.77.



Biz  temuriylar  davrida  yaratilgan  aruzga  doir  risolalarda 

bahrlar masalasini qiyosiy jihatdan o‘rganish asnosida quyi-

dagi xulosalarga keldik:

1. Xalil ibn Ahmad yaratgan aruz tizimida 15 ta bahr 



(Ta-

vil, Madid, Basit, Vofir, Komil, Hazaj, Rajaz, Ramal, Sari’, Mun

-

sarih, Muzori’, Xafif, Muqtazab, Mujtass 

va

 Mutaqorib)

 mavjud 

edi, keyinchalik uning izdoshi Abulhasan Axfash Balxiy ush

­

bu bahrlar qatoriga yana bir bahr 



(Mutadorik)

ni qo‘shib, arab 

bahrlari sonini 16 taga yetkazdi. Bu ko‘rsatkich arab tilida un

­

dan  keyin  yaratilgan  manbalar:  Mahmud  Zamaxshariyning 



«Al-qistos», Abu  Zikriyo  Xatib  Tabriziyning  «Al-kafi  fil  aruz 

val qavofiy», Abu Jaysh al-Ansoriy Andalusiyning «Aruzi An

­

dalusiy» va boshqa asarlarda aynan takrorlandi. 



2.  Forsigo‘y  aruzshunoslar  Xalil  ibn  Ahmad  ta’limoti

­

ni  mukammalashtirib,  bahrlar  sonini  ko‘paytirdilar.  Bahrom 



Sa  raxsiy,  Buzurgmehr  Qosimiylar  aruzning  yangi  bahrlarini 

kashf etdilar. Bizgacha yetib kelgan aruzga doir ilk forsiy asar 

«Al-mo‘jam»da mavjud 16 ta bahrga yana uchta bahr (

G‘arib, 

Qarib, Mushokil

) qo‘shilib, 19 ta bahr tahlilga tortilgani hol

­

da, risolada aruzshunoslar kashf qilgan 21 mustahdas (yangi) 



bahrlar haqida ham aytib o‘tiladi.

3.  Nasiriddin  Tusiyning  «Me’yor  ul-ash’or»  asarida  18 

bahr keltirilgan bo‘lib, unda avvalgi risolada tilga olinmagan 

Maqlubi  tavil

  bahrining  berilishi  hamda 



Mushokil

  va 


G‘arib

 

bahrlarining  tushib  qoldirilishi  muallifning  ushbu  masalaga 



o‘z salafidan ayri munosabatda bo‘lganini ko‘rsatadi. 

4.  Temuriylar  davri  aruzshunosligida  bahrlar  miqdorini 

keltirishda  har  xilliklar  bor.  Shayx  Ahmad  Taroziy  o‘z  riso

­

lasida bahrlar sonini 40 ta deb ko‘rsatsa, Abdurahmon Jomiy, 



Atoulloh Husayniy, Alisher Navoiy va Sayfiy Buxoriylar ular-


88

89

ning miqdorini umumiy ma’noda 19 ta deb belgilaydilar. Ular 



orasida Abdurahmon Jomiy masalaga bir oz o‘zgacharoq yon

­

dashib, «Risolayi aruz»da 14 bahrni misollar bilan izohlaydi, 



arab aruziga xos bo‘lgan 

Tavil, Komil, Basit, Madid, Vofir

 bahr­


lariga keng to‘xtalib o‘tirmaydi. Boburning «Aruz risolasi»da 

esa ushbu bahrlarga qo‘shimcha ravishda yana ikki bahr (



Ariz

 

va 



Amiq

)  tadqiq  qilingan.  Ushbu  risolalardan  faqat  «Aruzi 

Sayfiy»da bahrlarning lug‘aviy ma’nolariga ham to‘xtalib o‘ti

­

ladiki, bu bevosita risolaning qo‘llanma xarakteriga ega ekani 



bilan bog‘liq. 

5.  Shayx  Ahmad  Taroziyning  «Funun  ul-balog‘a»  asarida 

nomi  keltirilgan  40  ta  bahrdan  20  tasi  aruzshunoslikka  doir 

boshqa  forsiy  va  arabiy  manbalarda  uchramaydi.  Bu  holat 

ushbu bahrlarning mumtoz aruzshunoslik uchun ham yangi 

ekanligini va ularning aksariyatini muallifning o‘zi kashf et

­

ganligini ko‘rsatadi. 



6. Shayx Ahmad Taroziy bahrlarni ikki katta guruh: mut

­

tafiq  ul-arkon  hamda  muxtalif  ul-arkonga  ajratishda  vatan



­

doshimiz  Mahmud  Zamaxshariyning  «Al-qistos»  asaridagi 

tasnifga suyanadi. Bu tasnif keyinchalik Bobur risolasida ham 

istifoda etilgan.

7. «Funun ul-balog‘a»da muxtalif ul-arkonga kiruvchi bahr-

ni  hosil  qilishda  juftlashtirish  (uxti)  tamoyiliga  amal  qilish 

lozimligi ta’kidlanadi, unga ko‘ra yangi bahr hosil qilinganda 

ushbu bahr ruknlari o‘zidan avvalgi bahr ruknlarining aksini 

takrorlashi lozim, agar bu shart ado etilmasa, u bahr sifatida 

tan olinmaydi. Bu tamoyil temuriylar davridagi boshqa risola

­

larda kuzatilmaydi. 



8. Aruzshunoslik tarixida 

maf’uvlotu

 asliy rukni bahr yasa

­

maydi degan qat’iy qarash mavjud edi. Shayx Ahmad Taroziy 



ushbu  asliy  rukndan 

Saqil

  bahri  hosil  bo‘lishini  asoslab,  o‘z 

risolasida ushbu bahrning ikki vaznini keltirdi va 

Saqil

 bahrini 

aruz nazariyasiga olib kirdi. 

9. Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon» asarida 19 bahr, 

160 ta vazn keltirilgan. Navoiy o‘z risolasida tayanch manba 

sifatida Abdurahmon Jomiyning «Risolayi aruz» asaridan foy

­

dalangani uchun aruzshunoslikda mavjud an’anaviy 19 bahr



­

gagina to‘xtalib o‘tadi.

10.  Zahiriddin  Muhammad  Boburning  «Aruz  risolasi»da 

an’anaviy 19 bahrga qo‘shimcha tarzda yana ikki bahr (



Ariz

 va 


Amiq

), jami 21 bahr keltirilgan. Shunga binoan uning asarida 

9 doira, 537 vazn tahlil qilingan.

11. Shayx Ahmad Taroziy asarida keltirilgan 



Javil

 bahri Za

­

hiriddin  Muhammad  Bobur  keltirgan 



Ariz

  bahri  bilan, 



Jadid

 

bahri 



Amiq

 bahri bilan tarkiban bir xil bo‘lib, ular manbalarda 

turli nomlar bilan atalgan. 

12.  Aruz  tizimi  urg‘u  bilan  bog‘liq  she’riy  o‘lchov  bo‘lib, 

unda  so‘z  urg‘usi  emas,  balki  rukn  urg‘usi  yetakchilik  qiladi 

va bunday urg‘u ritm yaratishga xizmat qilganligi uchun rit

­

mik urg‘u deb ataladi. Mumtoz aruzshunoslikda garchi urg‘u 



alohida hodisa sifatida ta’kidlanmagan bo‘lsa ham, mutalav

­

vun hodisasining temuriylar davridagi risolalarda qayd etili



­

shi ritmik urg‘uning aruzshunoslik tarixida muayyan o‘ringa 

ega  ekanini  va  mumtoz  aruzshunoslarimizning  aruzni  urg‘u 

bilan bog‘liq holda talqin qilganini ko‘rsatadi.

Umuman  olganda,  ijodkorlarning  aruz  ilmiga  doir  risola

­

larini bahrlar va vaznlar misolida qiyosiy o‘rganish natijalari 



turkiy  aruzshunoslik  temuriylar  davrida  o‘zining  tadrijiy 

takomiliga yetganligini ko‘rsatadi.




90

91


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish