Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/107
Sana11.01.2022
Hajmi0,98 Mb.
#341075
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107
Bog'liq
qiyosiy adabiyotshunoslik (2) (1)

 mushtarak jihat

 bor – bu ularda ifoda

­

langan  insonparvarlik  va  san’atga  fidoyi  bo‘lish  g‘oyasidir. 



Bu  mushtaraklik  adabiy  ta’sir  natijasida  tug‘ilmay,  har  ikki 

bosh qahramonning hayoti va faoliyati mazmunidan, roman 

mualliflarining badiiy maqsadidan kelib chiqadi.

I.Stoun  yaratgan  Van  Gog  –  telbalarcha  ijodga  berilgan 

shaxs.  Kitobxon  uning  o‘ta  fidoiyligidan  hayratga  tushadi, 

chunki u san’atni o‘z shaxsiy hayotidan ustun qo‘yadi. Umri 

davomida yagona kartinasini sota bilgan rassom har qanday 

muvaffaqiyatsizlikka  qaramay,  o‘z  ijodiy  yo‘nalishiga  sodiq 

qoladi. Ommaga ma’qul tushadigan, ammo hayotiy haqiqat

­

dan yiroq kartinalarni chizishdan bosh tortadi. O‘zining ish



­

lariga  Van  Gog  quyidagicha  ta’rif  beradi: 



«Mine  are  better… 

Mine are truer, deeper. I’ll take my life of reality and hardship. 

That is not the road on which one perishes».

1

 («Mening kartinal



­

arim yaxshiroq... Meniki haqqoniyroq va falsafiyroq. Haqiqat 

va  qiyinchilik  yo‘lini  tanlayman.  Birov  halok  bo‘ladigan  yo‘l 

emas bu»).

Stone Irving. Lust for Life. – New York: Pocket books, 1945. – P.181 – 182.




98

99

Van Gog impressionizm oqimiga mansub rassom bo‘lgan. 



Yangi  shakllangan  impressionizm  va  uning  vakillarini  Yev

­

ropa,  boshqa  har  qanday  yangilik  va  hamma  joyda  bo‘lgani 



singari darhol hazm qila olmaydi, chunki ular «o‘z asarlarida 

xunuklik va axloqsizlikni tasvirlashadi» va shu orqali «achchiq 

haqiqat tomon, undan esa chin go‘zallikni» ko‘rsatishga inti-

lishadi. Dastlabki qarashda paradoksal bu ibora aslida roman 

mohiyatini, mag‘zini, g‘oyaviy mazmunini ifodalaydi.

Asarda kuchli pafos va bo‘rttirish usuli yetakchilik qiladi. 

Van Gog xarakteriga xos xususiyatlar shunchaki sanab o‘til

­

may,  voqealar  vositasida  ochib  boriladi.  Asarda  doim  pulga 



muhtoj, och va telbalarcha yuradigan Van Gog umri past tab

­

aqa vakillari: konchilar, fohishalar, kambag‘al dehqonlar orasi



­

da kechadi. Ular bilan birga achchiq hayot kechiradi. Qo‘lidan 

kelgancha mehr-oqibatli bo‘lib, ulardan yordamini ayamaydi. 

Konchilarning  og‘ir  ahvolini  ko‘rib  achinganidan  oxirgi  ki

­

yimigacha bo‘lib beradi. 



«The suit of clothes he left with the old 

man who had fragile written across his back. The underwear and 

shirts he left for the children, to be cut and made into little gar

-

ments. The socks were distributed among the consumptives who 

had to descend Marcasse. The warm coat he gave to a pregnant 

woman whose husband had been killed a few days before by a 

cave-in, and who had to take his place in the mine to support her 

two babies»

1

. («U egni-boshini ortiga mo‘rt yozuv bitilgan qari



­

yaga qoldirdi. Ichki kiyim va ko‘ylagini yosh bolalarga ko‘ylak

­

cha qilib bichish, tikish uchun hadya qildi. Pay poqlarini Mar



­

kass shaxtasiga tushib, silga chalinganlarga bo‘lib berdi. Issiq 

paltosini  bir  necha  kun  oldin  shaxtada  ro‘y  bergan  baxtsiz 

hodisada halok bo‘lgan erkakning homilador bevasiga berdi; 

Stone Irving. Lust for Life. – New York: Pocket books, 1945. – P.69.



Chunki ayol ikki go‘dagini boqish uchun  erining o‘rnini egal

­

lashga majbur bo‘lgandi»).



Ko‘rinib turibdiki, Vinsent tabiati uning xatti-harakatlari

­

da ko‘rsatilgan. Muallif bunday batafsil tasvir orqali Vinsentda 



fidoyilik va yuksak shafqat bilan xarakterlanadigan insonpar

­

varlik hissi hamma narsadan ustun turishini ko‘rsatadi. Key



­

ingi boblardagi voqealar ham muallifning bosh qahramonga 

xos  aynan  ana  shu  xususiyatga  ayricha  e’tibor  qaratganini 

ko‘rsatadi.

Asarda Van Gog timsolida insonparvarlik va fidoiylik ulug‘-

lanadi. Bosh g‘oya ham mana shu.

N.Normatovning  «Ro‘zi  Choriyevning  so‘nggi  vasiyati» 

asarida o‘zbek rassomining insonparvarligi va fidoyiligi milliy 

mentalitet doirasida tasvirlangan. Adib asarda o‘z qahramoni 

xarakterini ko‘proq muallif xarakteristikasi va bayon vositasi

­

da yoritishga harakat qilgan. 



Muallif  asar  davomida  qahramonining  odamiyligi,  o‘zbek 

xalqi  ayniqsa,  o‘z  yurti  Surxon  zamini  odamlariga  cheksiz 

muhabbatini voqealar orqali ham ko‘rsatib boradi. Binobarin, 

Ro‘zi Choriyev o‘z kartinalarida aynan oddiy xalq vakillarini 

aks  ettiradi.  Negaki  san’at  mazmunini  butun  olam  va  uning 

markazida  turgan  insonga  bo‘lgan  muhabbat  tashkil  qiladi. 

Ana shunday muhabbatsiz olamni ham, odamni ham real aks 

ettirish mumkin emas. Roman muallifi ana shu haqiqatni te-

ran anglagan holda, o‘z qahramonining insonga bo‘lgan mu

­

habbatini birinchi planga olib chiqadi.



Xulosa  qilib  aytganda,  I.Stounning  «Hayot  ishtiyoqi»  va 

N.Normatovning  «Ro‘zi  Choriyevning  so‘nggi  vasiyati»  ro-

man lari  bosh  qahramon  tanlash  tamoyili,  qalamga  olingan 

mavzu va badiiy g‘oya nuqtayi nazaridan mushtarak. Ammo 

tarixiy-ijtimoiy  sharoit,  milliy  mentalitet,  tarixiy  shaxs 



100

101


bo‘lgan  bosh  qahramon  ruhiy  olami,  hayot  tarzi,  orzu-inti-

lishlarining turlichaligidan kelib chiqadigan o‘ziga xoslikdan 

tashqari, har bir yozuvchining individual tasvir usuli, voqea-

larni  tanlash  tamoyili  mavjud.  Nodir  Normatov  romanida, 

Irving Stoun asaridagidan farqli o‘laroq, ayrim o‘rinlarda ba-

yon, muallif munosabati, publitsistik uslub yetakchilik qiladi. 

«Ro‘zi Choriyevning so‘nggi vasiyati»da «Hayot ishtiyoqi»dagi 

singari syujet izchil, voqealar ketma-ketligida rivojlanib bor

­

maydi. Yozuvchi asarning uch qismida uch xil kompozitsion 



qurilmadan foydalanadi. Bu qismlarda voqealar davom etmay

­

di, balki bu qismlar bir-birini to‘ldirishga, chuqurlashtirishga, 



ma’lum hodisaga turli rakursdan qarashga, o‘quvchining tur

­

licha idrok etishiga yo‘naltirilgandir. Nodir Normatov roma



­

nida an’anaviy va modern romanchilik uslublarining sintezini 

ko‘ramiz. Umuman, mazkur roman o‘zbek adabiyotida o‘ziga 

xos hodisadir.




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish