Kasbiy psixologiya


Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat



Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/193
Sana11.01.2022
Hajmi2,67 Mb.
#340171
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   193
Bog'liq
2 5226678339682438617

                            Muxandis tizimida kasbiy qobiliyat va kasbiy mahorat 
Muxandis 
xodimlarining 
kasbiy 
qobiliyati 
va 
mahoratini 
takomillashtirishning  etakchi  omillaridan  biri  xodimlarni  psixologik  jihatdan 
tayyorlashdir. 
Kasbiy  faoliyat  –  bu  ijtimoiy  muhim  faoliyat  bo’lib,  uni  bajarish  maxsus 
bilimlar,  ko’nikma  va  malakalar,  shuningdek,  shaxsning  kasbiy  shartlangan 
sifatlarini talab etadi. Kasbiy faoliyat – bu mehnat faoliyati (E. F. Zeer). 
Muxandis  xodimlarning  kasbiy  mahorati  va  faoliyat  samaradorligini 
oshirishda  shaxsiy  xislatlariga  alohida  talablar  qo’yiladi.  Ushbu  faoliyat 
xodimlarda  hissiy-irodaviy  barqarorlikni  rivojlantirish,  zo’riqishni  vujudga 
keltiruvchi omillar ta’siriga qarshi psixologik tayyorgarlikni shakllantirishni talab 
etadi. 


115 
 
Xodimlarning  psixologik  tayyorgarligi  ularning  faoliyat  tizimi  va  kasb 
mahoratining kompleks tarkibiy qismidir. U xodimning shakllangan va rivojlangan 
psixologik  xususiyatlari  majmui  bo’lib,  tergov,  operativ  xizmat  va  profilaktik 
faoliyatning  o’ziga  xos  muhim  psixologik  xususiyatlariga  javob  beradi,  ularni 
amalga  oshirishning  zarur  shart-sharoitlari  hisoblanadi.  U  to’rt  guruhga  kiruvchi 
tarkibiy qismlardan iborat: 

 
xodimning psixologik jihatdan kasbiy faoliyatga yo’naltirilganligi va his-
tuyg’ulari 
(o’zi  ishlayotgan  vaziyatlarni  psixologik  jihatlarini  va  kishilarni 
tushunishga intilishi, qiziqishlari va ularni tushuna olishi); 
-  xodimning  kasbiy  mahorat  va  taktik  faoliyat  samara-  dorligini  oshirishga 
oid  psixologik  tayyorgarligi. 
Ushbu  tayyorgarlik  kasbiy  mahorat  samaradorligini 
oshirishda,  kasbiy  faoliyat  tizimida  psixologik  sharoitlarni  tushunish  va  ularni 
yarata  olishda,  kasbiy  (nutqli  va  nutqsiz)  harakatlarni  amalga  oshirishning 
psixologik vositalaridan mahorat bilan foydalanish, operativ xizmat vazifalarining 
samarali  hal  etilishini  ta’minlovchi  psixologik  usullarning  butun  kompleksini 
mohirlik bilan qo’llay olishda namoyon bo’ladi; 

 
xodimning rivojlangan kasbiy kuzatuvchanligi va xotirasi 
(kasbiy kuzatish 
samaradorligini  oshirish  uchun  psixologik  asoslangan  usul  va  qoidalarni  qo’llash 
mahoratini  o’z  ichiga  oladi)  rivojlangan  kasbiy  diqqatlilik,  sezgi  va  tasavvur 
organlarining  mashq  orqali  rivojlanganligi,  hal  etilishi  kerak  bo’lgan  vazifalar 
uchun  muhim  bo’lgan  ma’lumotlarni  tez,  to’liq  va  aniq  esda  olib  qolish, xotirada 
yaxshi saqlash va to’g’ri bayon etish bo’yicha mashq qilganlik; 

 
psixologik  barqarorlik 
(xodimning  tergov,  operativ  xizmat  faoliyatining 
psixologik  jihatdan  murakkab,  hissiy  jihatdan  tarang,  xavfli  va  mas’uliyatli 
vaziyatlarda  xotirjam  va  ishonch  bilan  harakat  qilish  qobiliyatida  namoyon 
bo’ladi). 
Xodimning  kasb  mahoratini  oshirishda  uning  psixologik  bilimlarga  egaligi 
muhim ahamiyatga ega. Ilmiy dalillar va mavjud ijobiy tajriba professional ta’lim 
tizimiga  psixologik  tayyorgarlikni  maqsadga  yo’nalgan  tarzda  oshirib  borishning 
maxsus  vazifalari,  shakl  va  usullarini  kiritish  zarurligini  ko’rsatmoqda.  Bugungi 


116 
 
kunda  kasbiy  mahorat  –  ichki  ishlar  organlarining  faoliyat  samaradorligini 
oshiruvchi muhim omillardan biridir. 
Shu ma’noda muxandis xodimlarining kasbiy  mahorati, xodimlarda operativ 
xizmat  vazifalarini  muvaffaqiyatli  va  samarali  bajarish  uchun  zarur  bo’lgan 
xislatlarni  shakllantirish,  rivojlantirish  va  faollashtirish  bo’yicha  maxsus  tashkil 
etilgan maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatish jarayonidir. 
Xodimlarning  kasbiy  faoliyati  samaradorligini  oshirish  va  kasbiy  qobiliyat 
hamda  mahoratini  rivojlantirishda  ular  ma’lum  bir  kasbiy  yo’nalishga  ega 
bo’lmog’i lozim. 

Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish