Kasbiy psixologiya



Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/193
Sana11.01.2022
Hajmi2,67 Mb.
#340171
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   193
Bog'liq
2 5226678339682438617

Xodimlar kasbiy mahorati mazmuniga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 

 
kasbiy  jihatdan  muhim  bo’lgan  bilish  xislatlarini  shakl-  lantirish  va 
rivojlantirish; 

 
hamkasblar 
bilan 
psixologik 
aloqa 
o’rnatish 
ko’nikmalarini 
takomillashtirish va rivojlantirish; 

 
operativ  xizmat  faoliyatining  turli  vaziyatlarida  rolga  kirishish 
ko’nikmalarini shakllantirish; 

 
fuqarolar bilan muloqotga kirishning murakkab, nizoli vaziyatlarida ta’sir 
etishning psixologik usullarini qo’llash mahoratini takomillashtirish; 

 
og’ir  vaziyatlarida  o’zini  tuta  bilish,  psixologik  barqarorlikni 
shakllantirish; 

 
shaxsning  ijobiy  hissiy-irodaviy  xislatlarini  rivojlan-  tirish,  xodimlarga 
o’zini tutish va boshqarish usullarini o’rgatish; 

 
irodaviy faollik va irodaviy harakat ko’nikmalarini shakllantirish; 

 
ishdagi ruhiy zo’riqishlarga tayyor turish. 
Kasbiy  jihatdan  muhim  bo’lgan  bilish  xislatlarini  shakl-  lantirish  va 
rivojlantirish 
xodimlar  faoliyatining  samaradorligini  ta’minlaydi.  Ularga  kasbiy 
ziyraklik,  idrok,  kuzatuvchanlik,  xotira,  tafakkur  va  tasavvur  kiradi.  Ushbu 
xislatlarni  rivojlantirishga  qaratilgan  maxsus  mashqlar  xodimlarning  kasbiy 
jihatdan  muhim  ma’lumotlarni  esda  olib  qolish,  esda  saqlash  va  qayta  esga 


117 
 
tushirish  samaradorligini  oshiradi,  mantiqiy  fikrlash  va  ijodiy  tasavvurlarini 
rivojlantiradi. 
Turli  toifadagi  fuqarolar  bilan  psixologik  aloqa  o’rnatish  uquv  mahorati 
hamda  ko’nikmalarini  takomillashtirish  va  rivojlantirish. 
Psixologik  tayyorgarlik 
davomida  xodimlar  psixologik  aloqa  o’rnatish  usullari  va  yo’llari  tizimini 
egallashlari  kerak.  Ularda  notanish  kishilar  bilan  tezda  aloqa  o’rnatish  va  ularni 
o’ziga  moyil  qilish,  odamlarning  fikrini  eshita  olish,  muloqot  jarayonida 
psixologik  to’siqlarni  enga  olish  mahorati  shakllangan  bo’lishi  kerak.  Psixologik 
tayyorgarlik  xodimlarning  psixologik  aloqa  o’rnatish  jarayonini  engillashtirishga 
imkon beruvchi muayyan qoidalarni o’zlashtirishlarini taqozo etadi. 
Hamkasblar  bilan  muloqotga  kirishishning  murakkab,  nizoli  vaziyatlarida 
ta’sir  etishning  psixologik  usullarini  qo’llash  mahoratini  takomillashtirish. 
X
odimlarda  nizoli  vaziyatni  bartaraf  etish  mahoratini  shakllantirish,  ularga 
nizolarni  hal  qilish  usullarini  o’rgatish  juda  muhim.  Xodimlar  faoliyatining 
samaradorligi ko’p jihatdan odamlarga psixologik ta’sir ko’rsatishning ishontirish, 
majburlash,  rag’batlantirish  singari  muayyan  usullaridan  mohirlik  bilan 
foydalanishlariga  bog’liq.  Xodimlarda  nizoli  vaziyatda  o’zini  tutish,  turli  taktik 
usullarini  qo’llash  hamda  nizoli  vaziyatdan  operativ  maqsadda  foydalanish 
ko’nikmalari ham shakllangan bo’lishi kerak. 
O’zini tuta olish, psixologik barqarorlikni shakllantirish. 
Xodimlar  kundalik 
amaliy ishlarida kasbiy harakatlarini bajarish sifatiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan 
ko’plab noqulay psixologik holatlar ta’siriga duch keladilar. Psixologik barqarorlik 
xodimlarning salbiy holatlar ta’siriga berilmaslik qobiliyatida namoyon bo’ladigan 
psixologik  tayyorgarlikning  muhim  ko’rsatkichlaridan  biri  sifatida  qaraladi.  Bu 
o’rinda  xizmat  vazifalarini  bajarish  chog’ida  mazkur  qiyinchiliklarni  oldindan 
ko’rish  qobiliyatini  shakllantirish  muhim.  Psixologik  barqa-  rorlikning 
shakllanganligi  xodimlarga  eng  qiyin  psixologik  sharoitda  o’z  vazifalarini 
kamchiliksiz  bajarishlariga  yordam  beradi.  Bunga  mashqlar  va  amaliy 
mashg’ulotlar  jarayonida  og’ir  vaziyatlarni  modellashtirish  yo’li  bilan  erishish 
mumkin. 
Shaxsning ijobiy hissiy-irodaviy xislatlarini rivojlan- tirish, xodimlarga o’zini 


118 
 
tutish va boshqarish usullarini o’rga- tish. 
Xodimlarning psixologik barqarorlik va 
og’ir  vaziyatlarda  o’zini  tuta  bilish  qobiliyati  ularda  mas’uliyat,  muvaffaqiyat- 
sizlikka chidash, tavakkalga moyillik va barqarorlik, o’zini boshqara olish, sobitlik 
kabi  muayyan  hissiy-irodaviy  xislatlarni  shakllantirishni  taqozo  etadi.  Xodimlar 
o’z xatti-harakatlari va his-tuyg’ularini nazorat qilish va boshqarish olishlari shart. 
Ular  mashg’ulot  va  mashqlar  jarayonida  o’zlarini  boshqarish,  asabiy  zo’riqishni 
yo’qotish,  ichki  imkoniyatlarni  qo’yilgan  vazifani  bajarishga  safarbar  qilish 
usullarini egallashlari kerak. 
Irodaviy  faollik  va  irodaviy  harakat  ko’nikmalarini  shakllantirish.  Ish 
faoliyatida 
qiyinchiliklar  va  to’siqlarga  duch  keladilar.  Bunday  vaziyatlarda  ular 
ushbu  qiyinchilik  va  to’siqlarni  engishga  undovchi  irodaviy  faollikni  namoyish 
etishlariga  to’g’ri  keladi.  Irodaviy  harakat  ko’nikmalarini  rivojlantirishga 
mashg’ulotlar  jarayonida  qo’yilgan  vazifani  bajarishga  to’sqinlik  qiluvchi 
muayyan elementlar, to’siqlar kiritish yordam beradi. Bunday mashqlar jarayonida 
to’plangan  irodaviy  faollik  tajribasi  shaxs  irodasini,  irodaviy  xislatlarini 
rivojlantirishga ta’sir etadi. 
Ishdagi  ruhiy  zo’riqishlarga  tayyorlik. 
Muxandis
 
xodimlar  faoliyatiga  xos 
xususiyatlardan  biri  shundaki,  ta’sir  etuvchi  omillar  ko’pincha  stress  holatini 
keltirib  chiqaradi,  asab  tizimiga  haddan  tashqari  katta  og’irlik  tushadi.  Bu,  o’z 
navbatida, ular amalga oshiradigan faoliyat samaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. 
Shu bois xodimlar ushbu jarayonlar kechishining asosiy qonuniyatlari hamda qisqa 
vaqt  ichida  ish  qobiliyatini  tiklash  va  ortiqcha  asabiy  zo’riqishni  bartaraf  etishga 
yordam  beradigan  usullar  (psixologik  boshqaruv  mashqlarini  bajarish  usullari) 
bilan tanish bo’lishlari lozim. 
Turli  kasblarning  psixologik  tuzilishida  bilish  faoliyati  turli  mazmunga  ega 
bo’lishi  mumkin.  Bu  bilish  faoliyatining  o’ziga  xosligini  belgilab  beruvchi 
maqsad,  ob’ekt,  sharoit  va  usullarga  bog’liq.  Ichki  ishlar  organlari  faoliyatdagi 
bilish jarayoni ham o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. 
Bularning hammasi xodimlarda kasbiy jihatdan muhim bo’lgan va bilishning 
samaradorligini  ta’minlaydigan  xislatlarni  rivojlantirish  zaruratini  keltirib 
chiqaradi. Muxandis xodimlarda bilish xislatlarini shakllantirish va rivojlantirishda 


119 
 
maxsus  trening  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Trening  jarayonida  mazkur  xislatlar 
rivojlantiriladi. 

Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish