Kasbiy psixologiya


Intellekt haqida tushuncha



Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/193
Sana11.01.2022
Hajmi2,67 Mb.
#340171
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   193
Bog'liq
2 5226678339682438617

 Intellekt haqida tushuncha.
 
Intellekt  bu  inson  va  hayvonlarni  yangi  muhitga  moslashishi  hisoblanadi. 
V.Shterni,  J.Piaje,  D.Veksler  va  boshqa  avtorlar  ham  ntellektni  insonlarni  yangi 
hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular 
o‘z  tadqiqotlarida  amerikalik  minglab  maktab  o‘quvchilarini  logityud  metodi 
orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) 
aniqlab  olindi.  O‘quvchilarni IQ  koeffitsentiga qarab gruhlarga  ajratildilar va 30, 
40, 50, 60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori 
bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ 
koeffitsenti  pastroq  bo‘lgan  sinaluvchilar  ulardan  farqli  o‘laroq  30  marta  kam 
yutuqlarga erishishgan.  
Evolyusiya  nuqtai  nazaridan  intellekt  va  kreativlikning  o‘zaro  bog‘liqligini 
tahlil qilib ko‘raylik. 
Intellektni  go‘yo  qolipga  solingan,  buyuk  kashfiyotlarni  yaratmaydigan 
moslashuvchi  qobiliyat  sifatida  ko‘ramiz.  Intellektga  faqat  qaytarish  xosdir. 
Psixologlarning  fikricha  bu  g‘oya  noto‘ridir  .  Sababi  evolyusion  rivojlanish 
nazariyasida 
insoniyatning 
antropogenez 
rivojlanishning 
asosiy 
omilini 
intellektining rivojlanishidadir deb aytib o‘tilgan. Olovni o‘zlashtirish va qurollar 
yasash bunga misol bo‘la oladi.  
Intellektni  kreativlikdan  yiroq  qilish,  shaxsdagi  yaratuvchanlik  ,  originallik 
kabi  sifatlarni  kreativlikka  moslab  qo‘ymoqda  .  Kim  birinchi  bo‘lib  buyuk 


218 
 
kashfiyotni,  o‘q-yoylarni  yaratgan,  kim  olovni  o‘zlashtirish  mumkinligini  o‘ylab 
topgan?  Intellektmi?  yoki  Kreativlikmi?  Agar  kreativlik  bo‘lsa,  unda  intellekt 
qaerga ketdi. Demak, bunday mulohazalar intellektni insoniyatning texnik va ilmiy 
muvaffaqiyatlarini yaratishdagi o‘rnini pasaytirmoqda. 
Ma’lumki, ba’zi insonlar aniq fanlar yuzasidan ba’zi insonlar gumanitar fanlar 
yuzasidan  qobiliyatga  ega  bo‘lishadi.  YAna  yuqori  darajadagi  talantga  ega 
bo‘lagan  rassomning  oddiy  matematik  misollar  oldida  esankirab  qolishini  va 
ajoyib  matematikni  ozroq  badiiy  qobiliyatga  ega  bo‘lishini  kuzatganmiz.  Bunday 
insonlarni aqilli deb aytishimiz mumkinmi. 
15
 
Spirmenning  fikricha,  insonlarda  umumiy  intellekt  mavjud.  Uning  fikricha 
insonlarni bir-biridan ajratib turuvchi o‘ziga xos qobiliyatlari bor.Spirmen faktorli 
analiz,  statistik  protsedurani  ishlab  chiqdi.  U  bog‘liq  elementlarning  muvaqqat 
bog‘lanishlarini  tushuntirib  bergan.  Spirmenning  fikricha  malakaning  umumiy 
yig‘indisi,  bizning  aqliy  hulq-atvorimizga  bog‘liqdir  deb  tushuntirgan.  SHu 
kungacha Spirmenning umumiy intellekt nazariyasi, ya’ni intellektni bir taraflama 
baholash  nazariyasi  ko‘plab  noroziliklarga  sabab  bo‘lgan.  Spirmendan  farqli 
o‘laroq Terstoun aqliy qobiliyatlarning 56 xil testlar, 7 ta klaster orqali baholashni 
joriy etdi. Terstoun insonlarni yagona shkala orqali baholamadi. U agar shaxs 7ta 
klasterdagi barcha masalani muvaffaqiyatli echsa, u qolgan barcha sohalarda ham 
xuddi shunday mavaffaqiyatga erishadi deb bilgan. Ular aqliy qobiliyatni jismoniy 
qobiliyat  bilan  taqqoslashgan.  Uning  fikricha,  shtanga  ko‘tarish  bo‘yicha  jahon 
chempioni  yaxshigina  figuristtik  sport  turi  bilash  ham  shug‘ullanishi  mumkin. 
CHunki undagi jismoniy tayyorgarlik shunga imkon beradi.  
Satosi  Kanadzava  (2004  y.)  umumiy  intellektni  intellektning  bir  turi  sifatida 
ko‘radi.  Umumiy  intellekt  bizga  kundalik  hayotda  mavjud  muammoalarni  hal 
qilishda yordam beradi.  
1980  yillarga  kelib  Spiremennig  yagona  intellekt  nazariyasini  va 
Terstounning  akedemik  qobiliyatlar  nazariyalarini  taqqoslash  jarayoni  kuzatilgan. 
Ularning fikricha, shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan bo‘lsa, 
demak  u  boshqa  sohalarda  ham  xuddi  shunday  zafarlarga  erishadi.  Hayotga 
                                                           
15
 
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan  409р
 


219 
 
moslashishning  asosiy  omili  shaxsdagi  umumiy  intellekt  emas,  balki  vaqt  o‘tib, 
qobiliyatlar  bir-biriga  ta’sir  eta  boshlao‘idir.  X.Gardner  intellekntni  bir  necha 
qobiliyatlar yig‘indisi deb qaragan. U o‘z tadqiqotlarini past qobiliyatli odamlarda 
o‘tkazgan. Miyaning shikastlanishi bir qobiliyatni so‘ndirishi mumkin lekin qolgan 
qobiliyatlarni qoldirishi mumkin deb hisoblagan. 
Gardner  o‘z  tadqiqotini  bosh  miyasi  ba’zi  qismlari  fiziologik  jihatdan 
shikasitlangan  sinaluvchilarda o‘tkazgan. Ular ko‘pincha intellekt  testlaridan quyi 
ballarni  egallashgan.  Bu  sindrom  vakillarining  ba’zilarida  nutq  rivojlanmagan. 
Lekin  qo‘shib  ayirishni  xuddi  elektron  hisoblagichday  tezda  hisoblay  olish 
qobiliyatiga  ega  bo‘lishgan.  Ba’zilari,  biror  tarixiy  kun  bilan  bog‘liq  sanalarni 
yoddan  bilishgan.  Bunday  sindrom  egalari  hattoki  baddiy  ijodda  ham 
muvaffaqiyatlarga  erisha  olishgan.  YUqoridagi  faktlardan  foydalanib,  Gardner 
shaxsda  intellekt  emas,  balki  bir  necha  xil  ong  mavjud  degan  fikrga  kelgan. 
Umuman olganda shaxsda 8 xil ko‘rinishdagi qobiliyat borligini aytib o‘tadi. Agar 
shaxs biror sohada muvaffaqiyatga erishsa, demak u qolgan sohalarda ham yaxshi 
natijalarga erishadi deb aytib bo‘tgan.  
R. SHtenbegr, R.Vagner Gardnerning g‘oyasiga qo‘shilishgan Lekin shaxsda 
aqlni 3 xil faktori mavjudligini taxlil qilishgan: 
Masalani  echishda  akalemik  malakaning  mavjudligi.  Bunday  malakalarni 
aqliy testlardagi yagona to‘g‘ri javobni belgilash bilan baholanadi 
Amaliy  intellekt  kundalik  hayotda  atrof  muhitga  moslashish  uchun 
muammolarning ko‘plab echimidan qulayini tanlashga yordam beradi. 
Ijodiy  aql.  Bun  tip  vakillari  notanish  vaziyatlarda  o‘zining  reaksiyasini 
ko‘rsatishi bilan ajralib turadi.  
Mustaqil  fikrlashning  yuqori  shakli  bo’lmish  ijodiylik  muammosi  chet  el 
psixologiyasida  juda  chuqur  o’rganilgan,  bu  asosan  qobiliyatning  kreativligi 
tarzida talqin qilingan. Biz bu ta’rifdan “ijodiy” deb foydalanmasligimizga sabab 
(“
create”
 - inglizcha “ijod qilish” demakdir), ijodiylik - bu intellektual faollikning 
yuksak bosqichi, degan tasavvur paydo bo’lmasligi uchun “kreativlik” atamasidan 
foydalandik.  Psixologiyada  kreativlik  muammosi  1950-yillardan  boshlab  izchil 
ravishda  o’rganilmoqda.  Lekin  biz  o’z  tadqiqotimizda  “kreativlik”  atamasini 


220 
 
o’zbek  tilida  shartli  ravishda  “aqliy  ijodiylik”  deb  atadik  va  uni  mustaqil 
fikrlashning  psixologik  asosi  sifatida  o’rganishni  lozim  topdik.  SHunday  qilib, 
bundan  buyon  aqliy  ijodiylik  haqida  mulohaza  yuritilganda  fikrlashning 
nostandartligi, uning mustaqilligi va “kreativligi” nazarda tutiladi. 
Kreativlikning  ajratilishiga  aqlning  an’anaviy  testlari  va  muammoni 
yechishning muvvafaqiyati o’rtasida bog’lanish yo’qligi haqidagi ma’lumot turtki 
bo’lgan.  Bu  sifat  mohiyatan  aql  orqali  berilgan  ma’lumotlarni,  qo’yilgan 
vazifalarni  hal  qilishda  tezkor  usul  va  har  xil  yo’sindan  foydalanish  qobiliyatiga 
bog’liqligini ifodalaydi. 
1962  yilda  J.W.Getzels  va  P.W.Jackson  [10]  aqliy  ijodiylikning 
ko’rsatkichlari  orasida  bog’liqlik  yo’q,  degan  ma’lumotni  matbuotda  e’lon 
qilishgan.  Ular  ijodiylikni  o’lchash  uchun  o’zlarining  (Sr)  koeffitsentini 
kiritishgan,  xolos.  Aqliy  iste’dod  esa  bolaning  guvohnomasidagi  yoshiga  nisbati 
qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarining miqdori bilan o’lchanib, 

Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish