Tafakkur operatsiyalari, sifatlari va individual xususiyatlari
Fikrlash jarayonida inson atrof-olamni o‘ziga xos aqliy opersiyalar vositasida
o‘rganadi. Asosiy fikrlash operatsiyalariga analiz va sintez, taqqoslash, abstraksiya
va umumlashtirish, aniqlashtirish, tasniflash va tizimlashtirish kiradi.
Analiz
– bu yaxlitlikni fikran qismlarga yoki yaxlitlikni tomonlar, harakatlar,
munosabatlarga ajratish. Stolni, masalan, qopqog‘i, tirgaklari, g‘aladonlari va
boshqalarga bo‘lish mumkin. Fikrlash jarayoni bevosita nutqiy faoliyatga
kiritilganida analiz
amaliy
, va nazariy holatda
aqliy
bo‘ladi.
Sintez
– bu qismlar, xossalar, harakatlarni fikran yaxlitlikka birlashtirish.
Xuddi shunday, o‘quvchi biror mavzuni o‘rganishda matnning hammasini o‘qib
chiqadi, so‘ngra esa alohida ma’noga ega bo‘lgan qismlarni ajratadi, ya’ni matnni
tahlil qiladi. Keyin eslab qolish uchun reja tuzadi – bu sintez operatsiyasi bo‘ladi.
211
Taqqoslash
– bu jism va hodisalar, yoki ularning alohida belgilari o‘rtasidagi
o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash. Taqqoslash bir tomonlama (chala) va ko‘p
tomonlama (to‘liq); yuzaki va chuqur; bevosita va vositali bo‘lishi mumkin.
Umumlashtirish
– jism va hodisalarni ularning umumiy va ahamiyatli
belgilari bo‘yicha fikran birlashtirish. Masalan, olma, nok, olxo‘ri, o‘rik va
h.k.lardagi o‘xshash belgilar «mevalar» so‘zi bilan ifodalanadigan yagona
tushunchada namoyon bo‘ladi. Sodda umumlashtirishlar ob’ektlarni alohida,
tasodifiy belgilar asosida birlashtirishdan iborat, majmuiy umumlashtirish
murakkab bo‘lib hisoblanadi, bunda ob’ektlar turli asoslarga ko‘ra birlashtiriladi.
Abstraksiya
– bu jism va hodisalarning muhim bo‘lgan xossa va belgilarini
fikran ajratib, bir vaqtning o‘zida ahamiyatsiz belgilar va xossalardan ayro holatda
ko‘rsatish. Xuddi shunday, mas’uliyatlilik hissi haqida so‘z yuritganimizda, biror-
bir ishchi, muhandis, talabaning emas, balki har bir insonning muhim xususiyati
sifatida gapiramiz. Abstraklashtirish odatda tahlil natijasida amalga oshiriladi.
Aynan, abstraktlashtirish vositasida uzunlik, kenglik, miqdor, narx va boshqa
tushunchalar yuzaga kelgan.
Aniqlashtirish
– bu umumlashtirilgan bilimlardan yagona, alohida vaziyatga
fikran o‘tish. O‘quv faoliyatida aniqlashtirish – umumiy nazariy qonun, qoida,
nizomni tasdiqlovchi misol, rasm, aniq dalilni keltirish demakdir.
Jism va hodisalarni
tizimlashtirish
yoki
tasniflash
ularni bir-biriga o‘xshashlik
yoki farqlari asosida guruhlarga bo‘lish. Masalan, o‘quvchilarni o‘zlashtirish,
intizom, jamoat ishlaridagi faollik bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin.
Tafakkur quyidagi asosiy
qonuniyatlar
ga bo‘linadi:
1. Tafakkur
muammo
ni hal etish bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi;
muammoli vaziyat
yuzaga kelish sharoiti vazifasini o‘taydi, u boshlang‘ich
ma’lumotning taqchilligi, sub’ektning aqliy faolligi yordamida engib o‘tish zarur
bo‘lgan ma’lum bilish to‘siqlari, qiyinchiliklarning yuzaga kelishi bilan
xarakterlanadi.
2. Tafakkurning asosiy mexanizmi, uning umumiy qonuniyati
sintez orqali
tahlil qilish
: ob’ektni boshqa ob’ektlar bilan taqqoslash vositasida unda yangi
xossalarni ajratish hisoblanadi; shunday qilib, «ob’ektdan, yangi mazmun yig‘ib
212
olinadi, u har safar o‘zining boshqa tomonlari bilan o‘girilgandek bo‘ladi, unda
yanada yangi xossalar namoyon bo‘ladi» (s.l. rubinshteyn).
3. Tafakkurning
Do'stlaringiz bilan baham: |