Marketing tariflari
Muallif
Tariflar
Kotler Filipp
Marketing – ayirboshlash orqali iste’molchilarning talab va
ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatidir.
Abramishvili G.G.
Marketing – bugungi kunda ishbilarmon operatsiyalarni olib
borishning o‘ziga xos falsafasidir.
Braverman
A.A.
Makro darajada marketing bozor muhitini shakllantirish instrumenti
sifatida ishtirok etadi. Mikro darajada esa korxonalarning bozor
muhitini tashkil qilish tizimi hamda investitsiyalarni jalb qilishni
ta’minlovchi instrument sifatida talqin etgan.
Amerika
Marketing
Assotsiatsiyasi
Marketing – narx shakllantirish, g‘oyalarni siljitish va amalga
oshirish, tovar va xizmatlarni ayirboshlash orqali sotish natijasida
alohida shaxslar va tashkilotlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan
jarayon.
Evans Dj.R.
Marketing –bu iste’molchilar va tashkilotlarning tovar va
xizmatlarga bo‘lgan talabini ko‘ra bilish, boshqarish va
ayirboshlash orqali qondirishdir.
Pashkus Yu.V.
Marketing – kompleks tushuncha. U insonlar va mamlakatlar
o‘rtasida bo‘ladigan barcha ayirboshlash bilan bog‘liq bo‘lgan
faoliyatni o‘z ichiga olib, iste’molchilarning xohish va talablarini
qondirishga yo‘naltirilgandir.
Svalbe X.
Marketing tovar aylanishi siyosati doirasida barcha faoliyatni o‘z
ichiga oluvchi jarayondir.
Nishlag R.,
Dixtl.E.,
Xershten X.
Marketing iste’molchilar talabiga bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul
qilish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor faoliyatini yo‘naltirishdir.
Lamben J.J.
Marketing bir paytni o‘zida biznes falsafasi va faol jarayondir.
13
Marketing – bu ijtimoiy jarayon bo‘lib, odamlar va tashkilotlarning
tovar va xizmatlarga bo‘lgan xohish va talablarini erkin raqobatli
sharoitda qondirish jarayonidir.
Golubkov E.P
Marketing – bu kompaniya imkoniyatlari va iste’molchilar zarurati,
talabining mosligini ta’minlash jarayonidir.
Marketing keng ma’noda ijtimoiy boshqaruv jarayoni bo‘lib, u
orqali alohida shaxslar va odamlar guruhi mahsulotlarni ishlab
chiqish va ayirboshlash orqali o‘zlariga kerak bo‘lgan tovar va
xizmatlarni oladilar.
Sankt Peterburg
Davlat Moliya
Iqtisod
Universiteti
marketing
kafedrasi
Marketing – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro ta’sir
falsafasi va vositasi bo‘lib, ijtimoiy iqtisodiy tizimlarni o‘rganish,
oxirgi iste’molchilar talabini qondirishga yo‘naltirilgan ishlab
chiqarish va foyda olish bo‘yicha faoliyatdir.
Rodjer L.V.
Marketing – ishlab chiqarish tugallangan joyda boshlanmasdan
balki, ishlab chiqarish xarakteri va masshtabini belgilash, ishlab
chiqarish rentabelligini ta’minlash, muhandislik - texnik
imkoniyatlarni inobatga olgan holda sotuv imkoniyatlarini
belgilashdan boshlanadi. Boshqacha qilib aytganda, marketing
sohasidagi qarorlar ishlab chiqarish va kapital qo‘yilmalar bilan
bog‘liqdir.
Meffert X.
Marketingning zamonaviy, umumlashtirilgan va keng ma’nodagi
talqini marketingni ayirboshlash jarayonidagi ikki shaxs o‘rtasidagi
kelishuvga o‘xshatilishidir.
Marketing –
bukorxonalarni
bozorga
yo‘naltirilgan
holda boshqarish, rejalashtirish,
muvofiqlashtirish
hamda
nazorat qilishdir.
Rayon U.
Marketing iste’molchini o‘rganish orqali tovar va xizmatlarni
yaratish, ular xohishini qondirish va talabni keng aytirishdir.
Levit T.
Marketingni tovar sotish bilan o‘xshatish mumkin emas. Savdo
funksiyasi ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan iborat bo‘lsa,
marketingning vazifasi - bozorga iste’molchi ehtiyoj sezgan tovar
va xizmatni olib chiqishdan iborat.
Kulakov S.N.
Zamonaviy marketingning mohiyati xaridorning talabini korxona
daromadiga aylantirishdan iborat bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir.
14
Rossiyada marketingning evolyutsion rivojlanishi bir necha
bosqichda amalga oshirildi.
3
1-bosqich. 1970-yildan boshlab marketing haqida ilk ilmiy maqolalar
paydo bo‘la boshladi. G. Abramishvili, V. Voyna, N. Gerchikova, A.
Goryachev, V. Demidova, P. Zavyalov, K. Kostyuxin, I. Kretov, B.
Solovyov, Yu.Trusov va boshqalar Rossiyada marketing nazariyasi va
amaliyotini shakllantira boshladilar.
2-bosqich. 1980-yillarning o‘rtalari va 1990-yillarga to‘g‘ri kelib, bu
davrda marketolog olimlar qatori kengaydi. A.Braverman, I.Gerchikova,
E.Golubkov,
N.Kapustin,
I.Kretov,
N.Moiseyeva,
R.Nozdrev,
A.Porshnev va boshqalar bozor sharoitida marketingning ahamiyatini uni
firmalar faoliyatiga qo‘llash samarasini o‘z ilmiy ishlarida o‘rgandilar.
3-bosqich. 1990-yillar o‘rtalari va hozirga qadar hisoblanib, bu davr
marketingning barcha sohalarga tatbiq etilishi bilan xarakterlanadi. Oliy
ta’lim muassasalarida marketing kafedralari tashkil qilinib, marketing
bo‘yicha mutaxassislar tayyorlana boshlandi. Yirik kompaniya va
firmalar faoliyati marketingsiz amalga oshirilmaydi, chunki bozor
sharoitida iste’molchi talab va ehtiyojlarini qondirish, so‘ngra daromad
yoki foydani o‘ylash bozor talablaridan biriga aylandi. Raqobatning
vujudga kelishi tufayli tovar va xizmat turlarini ishlab chiqaruvchilar
tomonidan iste’molchini o‘ziga jalb qilishda faollik korxona samarasining
muhim omiliga aylandi. Bu davrda nazariya va amaliyotga yangicha
qarash va yondashuvlarning paydo bo‘lishida bir qator rus olimlari
ma’lum hissa qo‘shdilar. G. Azoyev, G. Bagiyev, D. Barkan, I.
Berezin, A. Goltsev, O. Dmitriyev, V. Domnin, A.Yegorov, B. Zamyatin,
A. Pankruxin,E. Popov, M.Sokolova va boshqalar shular jumlasidandir.
1.2- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |