Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   329
Bog'liq
marketing

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I bob. MARKETING VA UNI RIVOJLANISHINING ASOSIY  

BOSQICHLARI  

 

 

1.1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati  



 

 



 

 



 

 

Marketing  inglizchadan  “market”  –  bozor,  bozordagi  harakat, 



faoliyat,  ya’ni bozor faoliyatini o‘rganish ma’nosini anglatadi. Marketing 

tushunchasi  bozor  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  istalgan  faoliyatni  o‘z  ichiga 

oladi.  Marketing  murakkab,  ko‘p 

qirrali 


tushunchadir. 

Marketing- 

korxonaning tovarlar ishlab chiqarish 

va  sotishni  tashkil  etish  hamda 

boshqarish shaklidir.  

«Marketing»  ga  «sotish»  va 

«reklama  qilish»dan  ham  ko‘proq 

aloqador  boshqa  muhim  jihatlarini 

o‘rganish  uchun  velosipedni  misol 

qilib olamiz.  

-

 

Hech  kim  velosiped  minib 



tug‘ilmagan.  

-

 



Hech kim o‘zi uchun velosiped 

yasamagan. Balki biz uchun   

 

 

mashhur  Schwinn,  Performance,   



  

Huffy yoki Murray firmalari velosipedlarni yasaydi. Barcha velosipedlar 

bir  xil  vazifani  bajaradi,  ya’ni  haydovchini  manzilini  yaqin  qilish 

maqsadida bir joydan ikkinchi joyga eltib qo‘yish. Lekin haydovchi turli 

xil  model  va  dizayndagi  velosipedlardan  xohlaganini  tanlashi 

mumkin.Velosipedlar  odatda  turli  xil  o‘lchamda,  ayollar,  erkaklar, 

bolalar, qariyalar uchun yoki ikki kishilik, savatchalik, 4 oyoqlik, arzon, 

qimmat  va  hokazo  bo‘lishi  mumkin.  Yuqoridagi  xilma  –  xilliklar 

velosiped  ishlab  chiqarish  va  sotishni  chigallashtiradi.  Shuning  uchun 

velosiped  ishlab  chiqaruvchi  kompaniya  velosiped  ishlab  chiqarishdan 

oldin va keyin quyidagi ishlarni amalga oshirishi zarur.  

1.

 



Iste’molchilar ehtiyojini tahlil qilish.  

2.

 



Velosiped turini bashorat qilish.  

3.

 



Yaqin orada qancha odam velosiped haydashini baholash.  

4.

 



Odamlar qachon velosiped sotib olishini bashorat qilish.  

5.

 



Velosiped  haydovchilari  qayerda  ko‘p  bo‘lishi  va  ularni 

topish.  

SONY – COLGATE – 

SAMSUNG – NESTLE – ZARA  

– REXONA – GUCCI –  

MERCEDES BENZ – HP –  

MARS– COCA-COLA –ORBIT- 

GENERAL MOTORS – 

PANASONIC – GOOGLE – 

APPLE- NESCAFE.  

Yuqoridagi 

brendlardan 

ko‘rinib  turibdiki,  biz  kundalik 

hayotni  «marketing»siz  tasavvur 

qila  olmaymiz.  Marketing  ba’zida 

hayotning 

siz 

o‘ylamagan 



jihatlarida ham sizga ta’sir qiladi.  


 

 



 

 

6.



 

Velosiped  sotib  olish  uchun  odamlar  qancha  pul  sarflashini 

taxmin qilish.  

7.

 



Ushbu kompaniya velosipedlarini mijozlarga tanishtrish uchun 

qanaqa aksiyalar o‘tkazish.  

8.

 

Yana  nechta  raqobatchi  korxona  bor,  ular  qancha  velosiped 



ishlab chiqaradi, turi va narxi qanday?  

9.

 



Agar  mijozlar  velosipedni  sotib  olgach  muammolarga  duch 

kelsa, ularga qanday qilib xizmat ko‘rsatish?   

Yuqoridagi  harakatlar  ishlab  chiqarishning  emas,  balki  kengroq 

jarayon,  ya’ni  –  «marketing»ning  –  ajralmas  bosqichlaridir.Yuqoridagi 

haraktlarni to‘g‘ri bajarish ishlab chiqarishni to‘g‘ri yo‘nalishga boshlab, 

faqat kerakli mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda o‘z mijozini 

aniq topishga yordam beradi.  

«Velosiped misoli»dan ko‘rinib turibdiki, «marketing» - «sotish» va 

«reklama  qilish»dan  ham  ko‘proq  muhim  jihatlarni  qamrab  oladi. 

Marketing  —  mijozni  kerakli  tovar  va  xizmatlar  bilan  ta’minlashda 

«mijozni  qanoatlantirish  («Customer  satisfaction)»,  ya’ni  mijozning 

ehtiyoji, xohish va istaklarini qoniqtirish katta ahamiyatga ega.  

Marketingning ishlab chiqarishga qanday aloqasi bor?  

Marketing  bugunda  bozorga  yo‘naltirilgan  tadbirkorlik  faoliyati  va 

fikrlash uslubi bo‘lib, o‘zining ijodiy yo‘nalganligi va agressiv xarakteri 

bilan farqlanadi.   

Ishlab  chiqarish  –  muhim  iqtisodiy  jarayon  hisoblanadi.  Ko‘pchilik 

o‘zi  istagan  tovarini  ishlab  chiqara  olmaydi,  chunki  unda  «tajriba», 

«resurs»  va  «vaqt»  muammolari  mavjud.  Marketingning  ishlab 

chiqarishga  ta’sirini  juda  ko‘pchilik  haddan  ziyod  oshirib  yuboradi. 

Masalan:  «Zo‘r  qopqon  yarating  va  butun  dunyo  sizning  eshiklaringiz 

tomon yo‘l topib keladi». Boshqacha qilib aytganda, siz ishlab chiqargan 

mahsulotlar  zo‘r  bo‘lsa,  biznesingiz  albatta  muvaffaqiyatli  bo‘ladi. 

Vaholanki, «ishlab chiqarish» va «marketing» biznesning muhim bo‘lagi 

hisoblanib,  mijozlarning  tovar  va  xizmatlarga  bo‘lgan  ehtiyojini 

qondirishni  maqsad  qiladi.  Masalan,  mijozlar  xohishini  o‘rganish 

natijasida  Toyota  kompaniyasi  butun  dunyoga  muvaffaqiyatli  biznesini 

davom  ettirmoqda.  Bundan  tashqari  «ishlab  chiqarish»  va  «marketing» 

mijozlarga 5 ta iqtisodiy foydalilikni beradi:  

– shakl – vazifa – vaqt – makon – egalik huquqi.  




 

 



 

 

 




Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish