Axborot
Taqsimot
kanalining asosiy
funksiyalari
Siljitish
Aloqa
Tavakkalchilik
Moliyalash-
tirish
Muloqot
Jismoniy
ta
q
simlash
Muvofiqlash-
tirish
320
tovarlarning harakatlanish tezligi, muomala xarajatlari darajasi va
mahsulotni realizatsiya qilish hajmlari. Tovarni ishlab chiqarilgan joyidan
ularning realizatsiyasi va yakuniy sotiladigan joyiga iste’molchiga
yetkazib beriladigan vaqt sarfi qanchalik kam bo‘lsa, firma tomonidan
tanlanadigan savdo shakllari va usullari samaradorligi shuncha yuqori,
ularni tashkil qilishda xarajatlar kam, realizatsiya hajmi va olinadigan sof
daromad yuqori bo‘ladi, deb hisoblanadi. Asosiy maqsad ko‘p tomondan
tijorat ishlari darajasi va savdo xizmatiga bog‘liq bo‘lgan savdo
xarajatlarining jamlangan miqdorini qisqartirishdan iborat. Agar
realizatsiya va savdo xarajatlari umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining
40 % ni tashkil qilishi haqida guvohlik beruvchi jahon tajribasi hisobga
olinsa, marketingning bu yo‘nalishi ahamiyati ma’lum bo‘ladi.
Savdoning ishonchli, foydali va ratsional ishlovchi vositasi – bu
ishlab chiqaruvchining qo‘shimcha “ko‘rinmas” kapitalidir. Endi savdo
siyosatining ayrim tomonlariga to‘xtalamiz.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan savdoning samarali vositasini yaratishi
bu o‘z tovarlari savdosini o‘tkazishda bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) yoki
bilvosita metodini tanlashdan iborat. O‘z savdo tarmog‘ini bevosita
(to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo bilan) tashkil etish bilan quyidagi holatlardan
shug‘ullanish mumkin:
-
sotiladigan tovar miqdori savdo tarmog‘ini tashkil etish uchun o‘ta
katta xarajatlarini qoplash maqsadida;
-
iste’molchilar soni uncha katta emas va ular nisbatan uncha katta
bo‘lmagan hududga joylashgan;
-
ushbu tovar yuqori darajada ixtisoslashgan servis xizmat
ko‘rsatishni talab qiladi;
-
korxona savdo yuritadigan savdo bozorlarida xususiy ombor
binolarining yetarlicha tarmoqlari mavjud;
-
bozorda tovar narxi tez-tez o‘zgarib turadi va ishlab chiqaruvchidan
zudlik bilan va vositachilar bilan kelishmasdan, narx siyosatiga
o‘zgarishlar kiritish talab qilinadi;
-
sotilish bahosi tovarni ishlab chiqarish xarajatlaridan ancha ortiq, bu
esa xususiy savdo tarmog‘ini yaratish bo‘yicha yuqori xarajatlarni
qoplaydi.
Ishlab chiqaruvchi korxona quyidagi hollarda savdoni savdo
vositachilariga topshirgani ma’qul:
-
321
-
iqtisodiyotning har bir sektorida ko‘plab iste’molchilar mavjud
bo‘lib, kam mablag‘ sarflab, kuchli savdo tarmog‘ini yaratilishini talab
qiladi;
-
savdo bozorlari geografik jihatdan tarqoq, shu bois iste’molchilar
bilan to‘g‘ridan — to‘g‘ri aloqa rentabelli emas;
tovarlarning uncha katta bo‘lmagan partiyasini shaxsan shoshilinch
yetkazib berish zarurati, buning uchun salmoqli ulgurji savdo
qiluvchining ombori mavjudligi;
-
tovarning sotilish bahosi va uni ishlab chiqarish xarajatlari orasida
uncha katta bo‘lmagan farq, demak, xususiy savdo tarmog‘ini saqlash
zarar keltiradi.
Agar firma rahbari tomonidan bilvosita savdo foydasiga qaror qabul
qilingan bo‘lsa, endi ulgurji (chakana) vositachilarning optimal sonini
aniqlash lozim, ya’ni savdo vositasi kengligi haqida qaror qabul qilinadi.
Savdo siyosatining ushbu masalasida biz avval tariflagan savdoning uch
strategiyasidan: shiddatli, alohida farqli va tanlab amalga oshiriladigan
savdodan foydalanish mumkin.
Bilvosita savdo bilan shug‘ullanadigan ishlab chiqaruvchining
bozordagi muvaffaqiyati ko‘p jihatdan vositachilarga bog‘liq. Shu bois
ishlab chiqaruvchidan savdo siyosatining muhim yo‘nalishi vositachini
tanlash va u bilan ishni tashkil etish hisoblanadi.
Tayyorlovchi va vositachining hamkorlikda raqobatchilar ustidan
ustuvorlikka kelishilgan strategiya (tovar, narx, kommunikatsion va
savdoda) larda sinergetik yutuqlarga erishish savdo vositasining eng
yuqori samaradorligini belgilaydi. Biroq savdo vositachilariga sezilarli
darajada ta’sir o‘tkazishning qiyinligi shundaki, tovarga egalik huquqini
ishlab chiqaruvchi uni vositachiga yetkazib berganda yo‘qotadi. Biroq
vositachilarni tanlash, ularning ishlarini motivatsiyalash, ularning
faoliyatini baholash va nazorat qilishni amalga oshirish mumkin.
Savdo vositachilarini tanlashda quyidagilar tavsiya qilinadi:
-
tanlangan vositachi bir vaqtning o‘zida raqobatchi firmaning ham
vositachisi emasligiga ishonch hosil qilish;
-
boshqa teng shartlarda ixtisoslashgan vositachini afzal ko‘rish,
chunki u aynan shu tovarni sotish bo‘yicha katta tajribaga ega (agar tovar
boshqa tovarlar bilan birga taklif qilinganda, tezroq sotilsa ham, ya’ni
universal vositachilar bilan);
322
-
bozorda obro‘si yuqori bo‘lgan ancha taniqli firmani afzal ko‘rish;
-
vositachining moliyalashtirish manbalarini aniqlash – unga kredit
berilganmi, aynan qaysi bank tomonidan, uning kredit to‘lash qobiliyati
qanday?;
-
tovarni tezkor yetkazib berish qobiliyatini va buyurtmalarni bajarish
koeffitsiyentini baholash (tezkor bajarilgan va kechiktirilgan buyurtmalar
sonini taqqoslash);
-
323
vositachining moddiy-texnik bazasining ta’minlanganlik darajasini
(idoralar, omborlar, namoyish qilinadigan va savdo zallari, ta’mirlash
ustaxonalari va b.), ishlayotgan xodimlar malakasi darajasini aniqlash;
-
vositachilik firmasining imkoniyatlarini va ishdagi mas’uliyatini
amalda bilishga imkon yaratuvchi vositachilik haqida qisqa muddatli (bir
yilga) sinov bilan qisqa muddatli bitim tuzish;
-
uning jiddiyligi va vakolatligiga ishonch hosil qilish uchun
vositachining firmasiga tashrif buyurish;
-
jalb qilinadigan vositachilik tashkilotlari sonini kengaytirish, chunki
ularning soni cheklangan bo‘lsa, ularga bog‘liqlik, demak, risk darajasi
ham, ortadi;
-
vositachining joylashuvi, do‘konlari soni, geografik tarqalish
kengligini va umumiy marketing konsepsiyasini e’tiborga olish.
Tayyorlovchi va vositachining bir-biriga qiziqishi ikki yoqlama
bo‘ladi.Vositachilar tovarning yangiligi va yakuniy iste’molchi uchun jalb
etuvchanligini, kutilayotgan foyda miqdorini, vositachi tomonidan
realizatsiya qilinishi taklif etilgan tovar assortimentining uyg‘unligi
darajasi, yangilikni namoyish qilishga dalillar, taklif etiladigan (ilova
qilingan) narx diapazoni va boshqalarni hisobga oladi. Shuning uchun
hamkorlik samaradorligi ikki tomonlama kutilganlarning qondirilish
darajasiga bog‘liq.
Tanlangan vositachi bilan munosabatlarni aniq tamoyillarga
asoslanib qurish lozim. Ulardan ayrimlari quyidagilar:
-
vositachining xodimi uning xususiy xodimining bir qismi
hisoblanadi, shuning uchun munosabatlarda ishonchlilikka erishish
lozim;
-
vositachini taqdirlash uni tovarlarni sotish bo‘yicha sifatli faol ishini
ta’minlaydi;
-
vositachini ishning to‘g‘ri usullariga o‘rgatish samaradorligi eng
qattiq jazoga ko‘ra yaxshiroq yordam beradi;
-
xizmat ko‘rsatish standartlari vositachiga uning ishlari
baholanganda qanday mezonlar qabul qilinishini aniqlashtirishiga yordam
beradi.
Menejerlar savdo vositachilari bilan birga o‘z ishlari bo‘yicha
rag‘batlantirish (stimullash) va motivatsiyalash dasturlarini ishlab
324
chiqadi. Mehnatga haq to‘lashning komission turidan keng foydalaniladi,
bunda vositachining ish haqi miqdori to‘g‘ridan — to‘g‘ri yoki bilvosita
sotuvchi faoliyatini ta’minlagan savdo hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Ulardan
ayrimlari quyidagilar:
oziq-ovqatga xos (vositachiga noyob, xaridorlar uchun alohida
jozibador (jalb etuvchi) tovarlar realizatsiyasi bilan shug‘ullanish
imkoniyati beriladi);
-
logistikaga oid (yetkazib berish muddatlarini qisqartirish,
buyurtmalarni tezkor bajarish);
-
himoya sharhi (xarid narxida sotilmagan tovarni qaytarish haqida);
-
narxga oid (chegirmalar berish, barqaror preyskurant bo‘yicha
narxni tuzish);
-
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash (kredit bo‘yicha chegirmalar, kredit
muddatini uzaytirish, naqd pul bilan to‘lov uchun chegirmalar);
-
savdo jarayonini yengillashtirish (xodimlarni o‘qitish, tovarni ilgari
surish bo‘yicha dasturlar tuzish);
-
xizmat ko‘rsatishning eng yaxshi shakli, yangi mijozlarni jalb etish
bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish, tantanali vaziyatda yakun yasash, xizmat va
muvaffaqiyatlarni e’lon qilish.
Savdo vositachilari ishlarini nazorat qilish ularning mehnat faoliyati
ko‘rsatkichlarini baholashga asoslangan: savdo normasini bajarish, tovar
zaxiralari darajasini saqlash, buyurtmachiga yetkazish tezkorligi,
iste’molchi foydasiga servis darajasi shular jumlasidandir.
Tovar va xizmatmatlarni iste’molchiga yetkazib berishda hududiy
muammolar va vaqt omillari ishlab chiqaruvchiga qo‘shimcha sarf–
xarajatlarni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |