Chakana savdoning maqsadi
– oxirgi iste’molchilarga chakana
do‘konlar orqali mahsulotni chakana narxlarda yetkazib berishdir.
Savdoning bu turi bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zlarining turli–
tumanligi va ulardagi narxlar ham egiluvchanligi bilan xarakterlanadi.
Chakana savdo aholiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar sotish va xizmat qilish
bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini o‘z ichiga oladi. Chakana
savdo tovarlar assortimentining shakllanishida qatnashadi. Xaridorlarga
tovarlar sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar beradi. Tovarlarni
saqlash, qo‘shimcha ishlash, narxlarni o‘rnatish va boshqa vazifalarini
bajaradi. Natijada tovarlarning oxirgi iste’molchilari bilan oldi - sotdi
shartnomasini tuzadi.
Chakana savdo mulkchilik shakli, usuli va xizmat ko‘rsatishlari bilan
farqlanadi:
1.
Xususiy hissadorlar.
2.
Ijara mulklarga asoslangan chakana savdo.
3.
Qo‘shma mulklarga asoslangan chakana savdo.
Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi:
316
1.
Do‘konning jihozlari.
2.
Mijozga xizmat ko‘rsatish darajasi.
3.
Tovar assortimenti.
4.
Savdoda xizmat ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra.
Chakana savdo vositachilarini quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflash
mumkin:
1. Do‘konga taalluqliligi bo‘yicha:
a)
mustaqil chakana savdo qiluvchi do‘konlar (odatda, bir odam-
ning mulki hisoblanadi. Bu qoidaga ko‘ra savdo masalalarini do‘kon
egasining o‘zi hal qiladi), xizmat ko‘rsatish darajasi yuqoriligi bilan
ajralib turadigan uncha katta bo‘lmagan do‘konlar:
b)
korporativ tarmoq o‘z ichiga ko‘p sonli do‘konlarni oladi.
Mulkdor hisoblanadi. Bu turdagi chakana savdo tashkilotining bu
turini afzalligi - yirik partiya tovarlariga buyurtma berish imkoniyati
orqali transport xarajatlarini iqtisod qilish va soni bo‘yicha chegirma
olish, tashkil etishning yuqori darajasi, sotishni rag‘batlantirish va
bashorat
qilish
imkoniyati,
tovar
zaxiralari
va
narxlarni
boshqarishdan iborat.
2. Xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha:
a)
Xizmat ko‘rsatish cheklangan do‘konlar-avvaldan tanlangan
tovarlar bilan savdo qiladi;
b)
to‘liq xizmat ko‘rsatish yuqori do‘konlar — obro‘li
do‘konlarga nufuzli tovarlarni sotish uchun taklif qilinadi va xaridorga
qidirish, taqqoslash, har qanday masalada yordam, tanlashda maslahatlar
beradi.
3. Savdo xizmati ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra:
a)
do‘konda sotish;
b)
tovarni pochta yoki telefon orqali buyurtma bilan sotish;
c)
elektron savdo;
d)
tarqatib sotish;
e)
savdo avtomatlari orqali savdo.
4.Tovar assortimenti bo‘yicha:
a)
ixtisoslashgan do‘konlar;
b)
universal do‘konlar;
c)
kundalik ehtiyoj mollari do‘konlari;
d)
keng tarmoqli universal do‘konlar.
317
5.
Iste’mol koorperativlari – bu chakana savdo qiluvchi
do‘konlar bo‘lib, ularni iste’molchilarning o‘zlari boshqaradi va egalik
qiladi (ko‘proq oziq – ovqat bozorlarida). Ko‘pincha iste’molchilarning
o‘zlari do‘konlarda ma’lum vaqt ishlab beradi, bu esa savdo narxini
sezilarli pasaytirish imkonini beradi.
6.
Savdo kooperativlari– mustaqil do‘konlar tarmog‘i bo‘lib,
odatda, tovarlarni bitta ta’minotchining o‘zidan xarid qiladi. Ularning
afzalligixaridorlarning ko‘z oldida, ularni ancha past narxlar bilan jalb
etuvchi (yetkazib beruvchidan xarid qilinganda, miqdori uchun
chegirmalar hisobidan) yirik savdo tarmog‘ini yaratishi.
7.
O‘z-o‘ziga xizmat qilish do‘konlari – kundalik ehtiyoj
tovarlarini realizatsiya qiladi.
Chakana savdo taqsimlashning barcha bo‘g‘inida o‘nta xaridordan
yettitasi u yoki bu tovar foydasiga, aynan ularning taqdim etilgan
assortimentlarini ko‘rish, tovarning xarid qiymatini baholash va be vosita
asosiy do‘konning o‘zida taqqoslash kerak bo‘lsa, maslahat so‘rab,
sotuvchiga murojaat qilishi savdoni amalga oshirishning isbotiga
aylanadi. Aynan chakana savdo xaridorlar bilan doimiy muloqotda
bo‘ladi, turli tovar va markalarga ularning ta’sirini ko‘radi va yangi
kombinatsiya va tovar guruhlarini tuzib, tovarning tez sotilishini
boshqaradi. Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar tovarlar va xizmatlar
bevosita yakuniy iste’molchilarning shaxsan iste’mollari uchun sotish
bo‘yicha hamma turdagi faoliyatni bajaradilar. Chakana savdo
do‘konlarida xaridor muomalasini boshqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |