-
325
Savdo (o‘tkazish, sotish) siyosati tovarlarning harakatlanishi
bo‘yicha qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutadi.
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotning yuk sifatida iste’molchiga
yetib kelishigacha - tashish, saqlash va qo‘shimcha (qadoqlash, o‘rash,
tamg‘alash kabi) ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tovar
harakati, deyiladi.
Tovarlar harakatlanishi (marketing–logistikasi) – iste’molchilar
ehtiyojlarini qondirish uchun foyda ko‘rish maqsadida materiallarni va
tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarilgan joylaridan iste’mol joyiga
yetkazish faoliyatini rejalashtirish, hayotga tatbiq etish va jismoniy
joylashtirilish ustidan nazorat qilish faoliyatidir.
Tovarlar harakatining maqsadi — minimal imkoniyatli xarajat bilan
zarur tovarlarni zarur joyga yetkazib berish hisoblanadi.
Tovarlarni
harakatlantirishning
asosiy
chiqimlari
tovarlarni
transportlarga yuklash – tushirish, omborlarga joylashtirish, tovar –
moddiy zaxiralarni saqlash, tovarlarni olish, tushirish, qadoqlash,
ma’muriy xarajatlar va buyurtmachilar bilan ishlash bo‘yicha
xarajatlardan yig‘iladi.
Tovarlar harakati – bu nafaqat xarajatlar manbasi, shuningdek,
talabni yaratishning potensial ko‘rinishi ham. Tovarlar harakati tizimini
mukammallashtirish hisobiga qo‘shimcha mijozlarni jalb etish, yaxshi
xizmat ko‘rsatish va narxlarni tushirishni taklif qilish mumkin.
Tovarlar harakati tizimlaridan birortasi ham bir vaqtning o‘zida
mijozlar uchun maksimal servis bilan bir vaqtda tovarlarni taqsimlash
sarfini minimumga tushirishga qodir emas. Mijozlar uchun maksimal
servis
katta
tovar–moddiy
zaxiralarining
saqlashni,
nuqsonsiz
transportirovka xizmatini va ko‘plab omborlar bo‘lishini ko‘zda tutadi, bu
esa xarajatlar ortishiga olib keladi.
Sotuv tizimi raqobatdoshligini aniqlovchi omillardan biri marketing–
logistikasi bo‘lib, marketing kommunikatsiyasi samaradorligi vositasi
hisoblanadi.
Logistika fani sohasi bozor sharoitida tovar hamda xizmat oqimini
optimallashtirish bo‘yicha uslublar, nazariyalar majmuasi bo‘lib,
iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va kommunikativ jarayonda tovar oqimini
tashkil etish, aylantirish, iste’molni samarali tashkil etish bilan
shug‘ullanadi.
326
1970-yillarda logistika sanoat tarmoqlariga kirib kelib, kompleks
ta’minot, ishlab chiqarish omborxonalarida saqlash, iste’molchilarga
yetkazib berishni nazarda tutdi.
1980-yillarga kelib logistikaning ahamiyati shunchalik ortdiki, ishlab
chiqarish korxonalarida logistika bo‘limi tashkil etildi. AQSh va Yevropa
oliygohlari logistika bo‘yicha mutaxasislar tayyorlay boshladi. 1990-
yillarda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda logistika jarayonlari qo‘llanib,
savdo-sotiq, iqtisodiy erkin savdo zonalarida logistika xizmatlari joriy
etildi.
Ketma-ket
bajariladigan
jarayonning
samarali
bajarilishi
logistikaning asosiy maqsadidir.
327
Logistika obyekti bo‘lib – tovarlar, shaxslar, axborotlar,
texnologiyalar, energiya, moliyaviy resurslar hisoblanadi. Tarmoqlar
oziq– ovqat sanoati, metall ishlab chiqarish va qayta ishlash, kimyo
sanoati, qog‘oz-selluloza sanoati, qog‘oz ishlab chiqarish, elektron sanoat,
tekstil sanoati, mashinasozlik bo‘yicha xarajatlar ulushi turlicha.
11.5-rasm. Ishlab chiqarish jarayonida logistika integratsiyasi
1991-yilda Butunittifoq logistika Assotsiatsiyasi tashkil etilgan
bo‘lib, u 1993-yil “Logistika ishlanmalar Fondi”ga o‘zgartirildi. Yevropa
va AQShda Logistik injenerlar jamiyati va assotsatsiyasi mavjud.
11.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: