10.4. Narx strategiyalari
Taktik – operativ vositalarni qo‘llashni muvofiqlashtirish va uning
bozorda harakatlanishini iloji boricha oshirish uchun korxonaning
strategik maqsadlariga amal qilish kerak. Shuning uchun narx siyosati
strategik asosga ehtiyoj sezadi.
Narx belgilashda turli strategiyalardan foydalanish mumkin:
293
1.
Xarajatlarga asoslangan strategiya. Bunda tovar narxini
belgilash uchun ishlab chiqarish xarajatlari, muomala sarflari va
qo‘shimcha xarajatlarga mo‘ljallangan foyda qo‘shiladi.
2.
Talabga asoslangan strategiya. Bunda iste’molchilar xohish va
istaklari tahlil qilinib, unga mos narx belgilanadi.
3.
Raqobatga asoslangan strategiya. Bunda raqibning tovaridan
o‘z tovarining afzallik tomonlari, servis va raqobat muhiti e’tiborga
olinib, tovarga yuqori yoki past narx belgilash mumkin.
Narx belgilash strategiyasini ishlab chiqishning besh bosqichi
mavjud:
-
narx belgilash maqsadlarini shakllantirish;
-
narx belgilashning umumiy siyosati;
-
narx belgilash strategiyasining o‘zi;
-
narx belgilash strategiyasini amalga oshirish; - narxlarni
moslashtirish.
Shunday qilib, narx siyosatini kiritish, narx belgilash strategiyasini
ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llash uchun bozordagi vaziyatni yaxshi
o‘rganish, mas’ul shaxslarning saviyasi va oldindan ko‘ra bilish qobiliyati
muhim rol o‘ynaydi.
Korxonada, har bir aniq holatlarda eng yaxshi tarzda ishlab chiqarish
va bozor sharoitlarining o‘ziga xosligiga mos keluvchi va shu tufayli
narxga oid siyosatning yuqori samaradorligini ta’minlovchi “Narx”
konsepsiyasini ishlab chiqish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan savdo
imkoniyatlari mavjud bo‘ladi.
Strategiyalar prinsipial va uzoq muddatli xarakterga ega. Shuning
uchun narx strategiyalari, uning vositasida narx aksiyalari uzoq muddatli
narxga doir muvaffaqiyatga yo‘nalishi mumkin bo‘lgan “Maqsad” narxga
oid strategik konsepsiyaga ega. Strategik qiymatlar quyidagilarga ega:
narxga oid axloq (narx axloqi), (ya’ni halol narxga oid muomala prinsipi),
narxni hal qilishning vaqtinchalik gorizontlari (qisqa yoki uzoq muddatli
narxga oid maqsadlar ustuvorligi), turli xil manfaat – qiziqishlarni
e’tiborga olish (masalan, sotib oluvchilar (xaridorlar) yoki aksionerlar
qiziqishlari (manfaatlari) ustuvorligi. Buning ustiga narx qo‘yish
qarorlaridagi katta noaniqliklar riskka chidash ahamiyatiga ega. Masalan,
raqobatchilar bilan narx urushi o‘tkaza borib, korxonaning o‘sishiga
erishish mumkinligini prinsipial jihatdan aniqlash kerak.
294
Narxga oid strategiyalarni loyihalash uchun oqilona dastlabki punkt
— strategik uchburchak: korxonalar – xaridorlar – raqobatchilar
hisoblanadi. Korxonalar bu uchburchakda xaridorlar va raqobatchilar
bilan mustahkam aloqada bo‘ladilar, binobarin, bu aloqa mahsulot
qiymati va so‘raladigan narx bilan bog‘liq bo‘ladi. Iste’molchilar foydasi
– bir tomondan, o‘zida takliflar natijaviyligi orasidagi farqni, boshqa
tomondan, to‘lanadigan narx farqini aks ettiradigan miqdordir.
“Iste’molchilar foydasi” konsepsiyasida gap “narx-sifat” nisbatiga teng
bo‘lmagan “narx-natijaviylik” nisbati haqida ketmoqda. Taklifning
natijaviyligi birinchi navbatda, mahsulot va assortiment (tur)lar
natijaviyligi bilan belgilanadi. Narx natijaviyligi narxning tiniqligi ochiq-
ravshanligi, narx xavfsizligi, narxning qadr-qiymati, shuningdek, narx
hissiyotlari,
masalan,
narxdan
faxrlanish,
narx
nufuzi,
narx
qo‘zg‘atuvchanligining yo‘qligi kabilar bilan belgilanadi. Ular noyob
narx takliflarini ishlab chiqish uchun foydalanilishi mumkin. Ular
ko‘pincha ma’lum servis ishlari bilan bog‘liq, masalan, narxga oid yaxshi
maslahat, narxning aniq, tushunarli markirovkasi (ifodalanishi), qulay
ta’mirlashga xizmat ko‘rsatish.
“Iste’molchilar foydasi”ning tanlangan konsepsiyasida muvaffaqiyat
uchun hal qiluvchi iste’molchilarga korxona tomonidan bu foyda haqida
axborot berilganligidir. Konsepsiyaning keyingi muvaffaqiyatlari belgisi
uning korxonaning ma’lum salohiyatini ko‘zda tutuvchi originalligidir.
“Iste’molchilar foydasi” konsepsiyasi qanchalik innovatsion va
takrorlanmas bo‘lsa, u e’tiborni shunchalik ko‘p jalb qiladi va pozitiv
imijga erishish shunchalik oson bo‘ladi. Iste’molchilar foydasi
konsepsiyasi hamma iste’molchilik istaklarini bir vaqtda hisobga
ololmaganligi bois u ko‘pchilik hollarda xaridorlarni segmentlashni
qamrab oladi (narxga oid segmentlash).
Raqobatchilar bilan raqobat agar “narx-natijaviylik” foydasi
raqobatchilar ega bo‘lmagan va korxonani noyob narxga oid taklif bilan
ta’minlaydigan strategik muvaffaqiyatli potensialda to‘xtagan bo‘lsa,
uzoq vaqt chidashi mumkin. Bunga masalan, qulay narx imiji yoki yuqori
narxga oid ishonch kiradi. Bunday foyda “Narx-natijaviylik”ni narxga
nisbatan qanchalik tajovuzkor yoki osoyishta bo‘lishiga qarab korxona
ham narxlarga nisbatan o‘zini shunday tutadi. Bularning hammasi
“Raqobat” strategiyasida umumlashadi. Bu konsepsiya raqobatchilarga
nisbatan o‘ziga xos narxga oid pozitsiyalanishni, ularning narx
295
o‘zgarishiga reaksiyasini (narx bo‘yicha yetakchilik), narxga oid
raqobatchilikda strategik hujum va himoyani tasvirlaydi.
Narxga oid strategiyalar yaxlit konsepsiyalar hisoblanadi, shuning
uchun optimal “Mix”ga qanday qaralsa, hamma ehtimoliy vositalarning
(“Narx” konsepsiyasi) sinergetik o‘zaro aloqalariga ham shunday e’tibor
qaratilmog‘i zarur. “Narx” strategik konsepsiyasining strukturasi
taktikoperativ aksiyalar va ularning “Iste’molchilar foydasi”, “Raqobat”
narxga oid strategik konsepsiyani, shuningdek, strategik maqsadlar
tizimini o‘zida aks ettiradi. Buning oqibatida nafaqat iqtisodiy samaralar
va ta’sif kuchayadi, shuningdek, raqobatda mahsulot (korxona)ni
namoyish qilish ham yaxshilanadi.
Bayon qilingan narx strategiyalarida gap hamisha strategik jihatlarga
ega bo‘luvchi taktik-operativ aksiyalarning prinsipial yo‘nalishlari haqida
ketmoqda. Masalan, narxni belgilashda taklif qilinayotgan mahsulotni
“narx-natijaviylik” raqobat maydonida prinsipial namoyish qilish,
narxlarni differensiyalashda esa – narx defferensiatsiyasining kengligi va
chuqurligi, narxlar o‘zgarganda – o‘zgarish variantlari (uzoq muddatli
past narx yoki narx aksiyasi), narx liniyalari siyosatida – narxning mavjud
va potensial unumdorlik (mahsulot) dasturi haqidagi masalalar hal
qilinmog‘i lozim. Qarorlarning hammasi strategik xarakterga ega.
Narx strategiyalari – bu korxona tomonidan narx belgilashga nisbatan
qo‘yilgan maqsadga erishish uchun takliflar chizig‘i.
Narx strategiyalari bu turli xil, ko‘plab ehtimoliy bozor va ishlab
chiqarish vaziyatlarida ishlayotgan korxonalar tovar va uning narxi
yordamida erishmoqchi bo‘lgan maqsadlar bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |