Ommaviy axborot
vositalari
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 2 2
axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash bi-
lan shug‘ullanuvchi ijtimoiy-siyosiy jamg‘arma tashkil etildi. Re-
spublika Prezidentining 1997- yil 7- maydagi
„O‘zbekiston ijti-
moiy taraqqiyotida televideniya va radioning rolini oshirish cho-
ra-tadbirlari to‘g‘risida“
gi Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Davlat
televideniya va radioeshittirish qo‘mitasi O‘zbekiston telera-
diokompaniyasiga aylantirildi va uning joylarda hududiy
bo‘linmalari tuzildi. Bu tadbir o‘zteleradiokompaniyasining
aholi va jamiyatning xolisona, haqqoniy axborotlarga ehtiyojini
o‘rganish, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islo-
hotlar va o‘zgarishlar to‘g‘risida aholini, chet el jamoatchiligini
keng xabardor qilish sohasidagi faoliyatini demokratlashtirish
va rivojlantirishga salmoqli turtki berdi.
Mustaqillik yillarida respublika ommaviy axborot vositalarining
soni ko‘paydi, sifati yaxshilandi. 1990- yilda 376 nomda gazeta va
jurnallar chop etilgan bo‘lsa, 2006- yilda 680 nomda gazeta, 200
nomda jurnal chop etildi, 4 ta axborot agentligi, 55 ta nashriyot,
57 ta teleradiokompaniya va uning hududiy bo‘linmalari,
studiyalar, 100 dan ortiq elektron axborot vositalari faoliyat
ko‘rsatdi. Ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasida gazetalar,
jurnallar, teleradioeshittirishlar 12 tilda — o‘zbek, rus,
qoraqalpoq, tojik, qozoq va boshqa tillarda chop etiladi, eshittiri-
ladi. 6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o‘zbek tili bilan birga ingliz, arab,
turk, urdu, forsiy, hind tillaridan foydalaniladi. Ommaviy
axborot vositalari, ularning muassislari, mazmuni va yo‘nalishiga
qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi. Bular, davlat tomonidan
nashr etiladigan; siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari, tijorat va
xususiy gazeta va jurnallardir. Shuningdek, diniy tashkilotlarning
gazeta va jurnallari, adabiy-badiiy, ixtisoslikka yo‘naltirilgan ijti-
moiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy nashrlar mavjud.
1996- yilda respublikamiz AQSHda joylashgan kompyuter tizimi
„Internet“
bilan bog‘landi va jahon yangiliklarini qabul qilib olish
va axborotlar uzatish yo‘lga qo‘yildi.
Birgina 2003-yilda Internetdan foydalanuvchilar soni qariyb
ikki baravar ko‘paydi va mamlakatimizning yarim milliondan
ortiq aholisi axborot xizmatining muhim turi hisoblanayotgan
Internetdan foydalandi. Shahar va tuman markazlarida Internet
klublar, Internet kafelar soni, milliy axborot segmenti yildan-
yilga ko‘payib bormoqda. 2004- yil aprel oyida „uz“ hududida
ro‘yxatga olingan WEB saytlar soni 2600 taga yetdi. Ayniqsa,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 2 3
WEB sayti (WWW. press-servise. uz) Internet tarmog‘ida mash-
hur bo‘lib ketdi. Undan mamlakatimiz aholisi, shuningdek ja-
hondagi 80 dan ortiq mamlakat fuqarolari foydalanmoqdalar.
Ommaviy axborot vositalarini
Do'stlaringiz bilan baham: |