Ikkinchidan,
davlat — iqtisodiy o‘zgarishlarning tashab-
buskori va bosh islohotchisi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalq-
ning manfaatlarini ko‘zlab, islohotlar jarayonining tashabbus-
kori bo‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotining yetakchi yo‘nalishlarini
belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren dav-
latimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o‘zgarishlarni amalga
oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro‘yobga chiqarishi
kerak.
Uchinchidan,
yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga
asoslanmog‘i zarur. Iqtisodiy o‘zgarishlar sinalgan, amaliy
kuchga ega bo‘lgan qonunga tayangandagina sezilarli natija
berishi, muqarrar bo‘lishi mumkin. Qonunning ustuvorligi —
huquqiy davlatning asosiy tamoyilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |