muhim omili.
O‘qituvchining kasbiy nuqtai nazardan rivojlanishida individual
rivojlantirish dasturiga ega bo‘lishi muhimdir.
Individual rivojlanish dasturi –
har bir shaxs yoki mutaxassisning o‘zida u
yoki bu sifat, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, takomillashtirish ehtiyojlariga
tayangan holda ishlab chiqilgan shaxsiy dasturi.
O‘qituvchining individual rivojlanish dasturi –
mutaxssis sifatida
o‘qituvchining individual ravishda o‘zida u yoki bu kasbiy-pedagogik sifat, ko‘nikma
va malakalarni shakllantirish, takomillashtirish ehtiyojlariga tayangan holda ishlab
chiqilgan dasturi.
Mutaxssis sifatida o‘qituvchining individual ravishda o‘zida u yoki bu kasbiy-
pedagogik sifat, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, takomillashtirish ehtiyojlariga
tayangan holda shaxsiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi. Bu dasturda
o‘qituvchining o‘zida shakllantirishi, takomillashtirishi zarur bo‘lgan sifat, BKMni
shakllantirish, amaliy faoliyat turlarini tashkil etish, tanlangan metodlar bo‘yicha o‘z
ustida ishlash uchun belgilangan muddat aks etadi. Shaxsning mustaqil mashq qilish,
shug‘ullanishi orqali o‘zini-o‘zi aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirishini, shaxsning
hech bir tashqi ta’sirlarsiz o‘z kuchi bilan o‘zini o‘zi rivojlantirishini hamda o‘z-
o‘zini takomillashtirishini ta’minlovchi metod, vositalardan samarali, maqsadli
foydalana olishi, qolaversa, o‘z-o‘zini kuchli mutaxassis ekanligiga, faoliyatiga ijodiy
yondasha olishiga ishontira bilishi o‘qituvchi mehnatining samarali kechishini
ta’minlaydi. Bu o‘rinda o‘qituvchi o‘z-o‘zini ishontirish
shaxsning o‘z shaxsiy sabab,
rag‘bat (motiv)lariga aoslangan holda shaxsiy yo‘riqlariga ongli ta’sir ko‘rsatishi
ekanligini anglay olishi zarur. O‘z-o‘zini ishontirish usuli negizini u yoki bu
pozitsiyaning to‘g‘riligini tasdiqlovchi takomillashgan aqliy harakatlar tashkil etadi.
Barcha kasbiy faoliyatlarda bo‘lgani kabi pedagogik mehnatni tashkil etishda
ham o‘qituvchi oldida uning mustaqil mashq qilish, shug‘ullanishi orqali o‘zini-o‘zi
aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish, shaxsning hech bir tashqi ta’sirlarsiz o‘z
kuchi bilan o‘zini o‘zi rivojlantirish hamda o‘z-o‘zini takomillashtirish yo‘lida
Muhim omillar
O‘zini tushunish
(o‘zi haqida aniq
ma’lumotlarga
ega bo‘lish)
Shaxs sifatida o‘z
qadr-qimmatini anglash
(o‘zi to‘g‘risidagi ijobiy
ma’lumotlarni to‘plash)
O‘zini-o‘zi nazorat qilish
(o‘zi to‘g‘risidagi shaxsiy fikrning atrofdagilar
tomonidan unga berilayotgan bahoga mos kelishi
Do'stlaringiz bilan baham: |