V. O‘qituvchining o‘z ustida ishlashi.
O‘qituvchi mehnatini tashkil etishda o‘z
ustida ishlash ham alohida ahamiyat kasb etadi. Mutaxassis sifatida o‘qituvchining
mahorati, qobiliyati doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish,
yangiliklardan xabardor bo‘lish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish asosida tarkib
topadi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchidan o‘z ustida ishlashni taqozo etadi.
O‘z ustida ishlash –
shaxsning aniq maqsad, intilish asosida doimiy, izchil
ravishda o‘z kamchiliklarini bartaraf etish, yutuqlarini yanada boyitib borish, kasbiy
ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish yo‘lida olib boradigan amaliy harakati.
Do'stlaringiz bilan baham: |