O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

“YUziga  boqma,  so„ziga  boq”
 –
 degan  hikmatlari  ayni 
haqiqatdir.    Til  –  inson  tafakkuri  mahsuli.    U  inson  madaniyatining  fikriy 
go‗zalligini  yaxshi,  ibratli,  xavas qilsa arziydigan  fazilatlarini  yuzaga chiqaruvchi 
vositadir.  Muomala esa insonlarni bir–biriga bog‗lovchi,  yaqinlashtiruvchi, katta-
kichik  xayrli  ishlarga  undovchi  fazilatdir.    Insonnning  go‗zal  xayot  kechirishida, 
jamiyat  orasida  o‗z  o‗rnini  topa  olishida,  boshqalar  tomonidan  hurmat  ehtiromga 
erishuvida  muomalaning  o‗rni  kattadir.    Insonning  shirinso‗zligi  kishining 
tarbiyalanganligidan  guvohlik  bersa,  so‗zga  boyligi,  chechanligi,  ma‘nodorligi 
uning ziyoliligi, bilimdonligini ko‗rsatadi.  Go‗zal muomala inson dilini qanchalik 
xushnud etsa, aksincha achchiq so‗z, qo‗pol muomala inson qalbini larzaga soladi.  


 
47 
―Muomala  shaxslararo  munosabatning  shunday  ko‗rinishiki,  uning  yordamida 
odamlar  bir-birlari  bilan  axloqiy,  estetiq  madaniy,  siyosiy  va  ruhiy  jihatdan 
aloqaga kirishadilar, ta‘sir o‗tkazadilar va ta‘sirlanadilar‖.  
Etiket  kengqamrovli  tushuncha  bo‗lib,  u  ma‘lum  ma‘noda,  umumbashariy 
miqyosda  qabul  qilingan  muomala  qonun-qoidalarini  o‗z  ichiga  oladi.   Ulardan 
bizga odat bo‗lib qolgan ko‗rishish  etiketidir
20
.  
Salom  berish  kundalik  hayotimizda  eng  ko‗p  qo‗llaniladigan  odat  bo‗lib, 
hushmuomalalikni  talab  qiladi.    Salomlashish  kishilar  o‗rtasidagi  o‗zaro  hurmat, 
muomala munosabatlarining avval boshi bo‗lgani uchun uning bajarilishining ham 
alohida qoidalar bor.  Salomlashganda aytiladigan so‗zlarga «
Assalomu aleykum», 
«salomatmisiz»,  «omonmisiz»,  «yaxshimisiz»,  «salomat  bo„ling»
 deyiladi.    Bu 
so‗zlarda, insonlarning bir-biriga hurmat ehtiromi, xayriholik izhori bilan birga bu 
so‗zlarda  chuqur  mazmun  va  mulohaza  bor.    Kundalik  xayotimizda  ishlatib 
turadigan 
“marhamat 
qiling”, 
“baraka 
toping”, 
“raxmat”, 
“behad 
minnatdorman”,  “o„zr”,  “avf  etasiz”,  “kechiring”
 va  shu  kabi  iboralar  borki, 
ularning  barchasi  mulozamatni,  insonlarga  bo‗lgan  kamoli  ehtiromni  bildiradi.  
SHunga  e‘tibor  berish  kerakki,  insonga  qo‗yiladigan  talab  bilan  unga 
ko‗rsatilayotgan  iltifot  bir-biri bilan bevosita bog‗lanib ketganligidan  ular orasiga 
chegara  qo‗yib  bo‗lmaydi.    Masalan,  birovning  eshigini  taqqillatib  ruxsat  so‗rab 
kirish, boshqa insonni noqulay vaziyatga solib qo‗yishni oldini oladi.  
Salomlashish  insonning  insonga  bildirgan  hurmati,  odamlarning  o‗zaro 
muomala  munosabatlarining  boshlanishi,  bir-biri  bilan  suhbatlashayotgan  ikki 
dilning  kalitidir.    Salom  berilganda  sizga  yoqimsiz  qarab  turgan  inson  ham  alik 
oladi.  Qo‗l berib ko‗rishayotgan vaqtda bir-birlarini qo‗llarini qattiq siqib, qo‗lini 
og‗ritib  yoki  qo‗lini  uchinigina  berib  qo‗yish  o‗ta  odobsizlikka  kiradi.    YOshlar 
o‗zidan  katta  odamlar  bilan  ko‗rishganlarida,  albatta  ikki  qo‗lini  berib 
ko‗rishadilar.    Ayniqsa,  yosh  bolalarning  katta  yoshdagilarga  qo‗lini  o‗zatib 
                                                
20 
Викторук Е.Н. Этика: лекции и материалы к семинарским занятиям. Красноярск: Сиб ГТУ, 2001, стр.45. 
 


 
48 
ko‗rishishlari  ham  odobsizlik  sanaladi.    Kim  birinchi  bo‗lib  so‗rashishi  lozim? 
Buning ham etiketda o‗ziga yarasha qoidalari mavjud: 
-
 
yoshi kichiklar yoshi kattalarga; 
-
 
erkaklar ayollarga; 
-
 
xonaga kirgan inson u erdagi barchaga umumiy; 
-
 
zinadan chiqayotgan inson yuqori pag‗onadagilarga; 
-
 
agar ikki oila uchrashib qolsa, ayollar birinchi bo‗lib so‗rashishlari keyin esa 
erkaklar so‗rashishlari lozim; 
-
 
qanday jamoat joylarida fikr bildirilishizdan qat‘iy nazar, salomdan boshlash 
kerak; 
-
 
yoshi  va  xizmat  pog‗onasi  teng  insonlar  uchrashib  qolganlarida  birinchi 
bo‗lib tarbiyali inson so‗rashadi; 
-
 
uyga  kelgan  mehmon  eshikni  ochgan  insonga  salom  berishi,  keyin  uyning 
kattalari va boshqa mehmonlar bilan so‗rashishi kerak; 
-
 
uy  egalari  hamma  o‗tirganlar  bilan  bir  xil  so‗rashishlari  lozim.    Ulardan 
kimgadir alohida munosabat bilan so‗rashish odobsizlik hisoblanadi.  
-
 
biror bir insonga yuzlanishdan avval salomlashish lozim.  
-
 
kechga qolib kelgan inson jamoatga birinchi bo‗lib salom beradi.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish