O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

O‗zini boshqalarga tanishtirish 


 
43 
Biz  har  kuni  yangi  odamlar  bilan  uchrashib,  tanishamiz,  muloqotda  bo‗lamiz. 
Tanishuvning    oliymaqom  doiralarda  qabul  qilingan  shakli  bir-biriga  
tanishtirishdir. 
  Tor  doirada  hamma  bir-birini    bilishi  juda  muhim.  Ayniqsa,  bu  odamlar 
kelajakda  ham  tez-tez  uchrashib  turadigan  bo‗lishsa,  yangi  mehmonni  albatta  
tanishtirish  zarur.  Bu  mezbonlar  yoki    ularning  yaqinlarining  vazifasidir.    Odatda  
uy bekasi ayollarni, xo‗jayin erkaklarni tanishtirishi kerak Ammo katta qabullarda 
yangi  kelgan  kishini  mehmonlarning  hammasiga  tanishtirish  imkonsiz.  Bunaqa 
paytda  uni  uy  egasi,  uning  turmush  o‗rtog‗i,  yaqin    qarindoshlari,  e‘tiborli 
mehmonlaru stolda birga o‗tiradigan qo‗shnilar bilan tanishtirish kifoya. 
  Ko‗chada,  jamoatchilik  joylarida,  transportda  hamrohingizni  uchratib 
qolsangiz  uni  qolgan  odamlarga  tanishtirishingiz  shart  emas.    Ammo  ular 
suhbatlashib ketishsa albatta tanishtiring
19

  Ishxonangizga  biror  tanish  yoki    oila  a‘zongiz  kelsa  uni  hamkasblaringizga 
tanishtirish shart emas. Albatta hamkasblararo  shaxsiy munosabatlar bo‗lmasa. 
  Ikki  kishi    tanishishi  uchun  o‗rtada  umumiy  tanish  kishi  vositachilik  qilishi 
lozim.  Unga  tanishishni  istaganlardan  biri  murojaat  etadi.  Agar  sizga  shunday 
iltimos  bilan  yuzlanishga  avval  narigi  odamning  bu  tanishtiruvga  munosabatini 
oldindan aniqlab shunga qarab ish tuting. 
  Tanishishni  xohlamayotgan  odam  bilan  zinhor  borib  tanishmang  yoki 
birovga  tanishtirmang.  ―So‗ymaganga  suykalib‖  yurish  o‗zgalar  nazdida 
qadringizni  pasaytiradi.  YOki  yangi  tanishingiz  bilan  darhol  sirlashib  ketmang. 
Bunday ―elim‖lik nazokatli raddiyaga sabab bo‗ladi. 
  Erkak  kishini    ayolga,  kichik  odamni    yoshi  kattaga,  xodimni  rahbarga 
tanishtirish  kerak  Kishining  yoshi  va  mavqei    alohida  ustunlikka  ega.  Hamisha 
mavqei yoki yoshi katta odam birinchi tanishtiriladi. 
  Tengdosh  yoki  mavqei  bir  xil  odamlarni  tanishtirish  zarurati  tug‗ilsa  buni 
o‗zingizga 
yaqin 
kishidan 
boshlagan 
ma‘qul.  Masalan:  singlingizni  
                                                
19 
Байбурин А.К., Топорков А.Л. У истоков этикета. Ленинград, Наука, 1990. 


 
44 
kursdoshingizga. Ota-onangizga esa, aksincha avval tanishingiz, so‗ng ota-onangiz 
tanishtiriladi. 
  Uchrashganda so‗rashish sizning muloyim va  nazokatli munosabatingizning 
ilk  namoyishi  xisoblanadi.  Sizdan  hol-ahvol  so‗ragan  kishiga  albatta  javob 
qaytarish  lozim.  So‗rashishdan    bosh  tortish  bilan  siz  uni  atrofdagilar  oldida 
tahqirlagan bo‗lasiz. 
  Jamoat  joylarida  -  ko‗chada,  restoranda,  kafeda,  pochta,  transportda  faqat 
tanishlar  bilan  so‗rashiladi.  Tashrif  muddatingiz  oz  bo‗lgan  joylarda  (avtobus, 
vokzal,  supermarket  va  h.q)  notanish  kishilar  bilan  so‗rashish  va  biror  aniq 
munosabatga kirishish ortiqcha. 
  Agar  hamrohingiz  biror  tanishi  bilan  so‗rashsa,  siz  ham  u  bilan 
ko‗rishishingiz  shart.  Agar  u  bir  to‗da  odamlar  qurshovida  bo‗lsa,  siz  ularning 
barchasi bilan so‗rashib chiqishga majbursiz faqat bittasi bilangina ko‗rishish juda 
qo‗pol  xato.  Mabodo,  kim  bilandir  so‗rashishni  istamasangiz  oshkora  yuz  o‗girib 
ketish  yaramaydi.  Hali  imkon  borida,  unga  yaqinlashmay  turib,  bir  chetga  chiqib 
olish kerak  
  Agar tanishingiz sizning ko‗rib  va tanib qolishingizni  istamayotganini sezib 
qolsangiz,  uni  ko‗rmay  o‗tib  ketishga  harakat    qiling,  hech  bo‗lmasa  o‗zingizni  
tanimaganga  oling.  Erkak  kishi  ayol  bilan,  yosh    odam  keksa  kishi  bilan,  ayol 
o‗zidan  katta  ayol  va  erkak  bilan,  xodim  o‗zidan  lavozimi  yuqoriroq  kishi  bilan, 
mijoz  sartaroshxona,  poyafzal  ustaxonasi,  atele  xodimlari  bilan  birinchi  bo‗lib 
so‗rashadi. 
  YAngi kelgan odam o‗zidan oldin kelgan mehmonlarga, mashinada o‗tirgan 
kishi  piyodaga,  yo‗lovchi    erkak    va  ayol    taksi  haydovchisiga,  o‗quvchilar  
o‗qituvchiga salom  berishi kerak 
  Ayol tez ketayotgan bo‗lsa, yo‗l-yo‗lakay uchragan  tanish  erkak bilan o‗zi 
birinchi  so‗rashib  ketaverishi  mumkin.  Bir    to‗da  odamlar  yonida  o‗tayotib  yoki 
ular  davrasiga  qo‗shilganda  ham  ayol  birinchi  salom  beradi.  Ammo  boshqa 
hollarda shunday qilinsa, bu ayolning  erkakka o‗zgacha munosabatini ko‗rsatadi.  


 
45 
   Ko‗chada  ketayotgan  erkak  tanishini  ko‗rib  qolganda,  albatta  cho‗ntagidan 
qo‗lini, og‗zidan sigaretasini olib so‗rashishi kerak Ayol mayin tabassum va biroz 
bosh  irg‗ash  bilan  javob  qaytaradi.  Gavjum  joyga  kirgan  odam  notanishlarning 
barchasi bilan bosh irg‗ab, tanishlar bilan qo‗l siqib ko‗rishadi. 
  Erkaklar keksa va xastalardan tashqari kirib  kelayotganlarni tik turib qarshi 
olishlari  shart.  Tengdosh  erkaklar  joyida  o‗tiraverishlari  mumkin.  Ammo  jinsidan 
qat‘i nazar ruxsat berilganida o‗tirasiz. Uy bekasi o‗tirishni taklif qilib o‗zi  tikka 
turaversa, o‗tirmang. 
  Donishmandlarning  ―YUziga  boqma,  so‗ziga  boq‖
 –
 degan  hikmatlari  ayni 
haqiqatdir.    Til  –  inson  tafakkuri  maxsuli  U  inson  madaniyati  fikriy  go‗zalligini 
yaxshi,  ibratli,  xavas  qilsa  arziydigan  fazilatlarini  yuzaga  chiqaruvchi  vositadir.    
Muomala  esa  insonlarni  bir–biriga  bog‗lovchi,   yaqinlashtiruvchi,   katta–kichik 
xayrli  ishlarga  undovchi  fazilatdir.    Insonning  go‗zal  hayot  kechirishida,  jamiyat 
orasida  o‗z  o‗rnini   topa  olishida,  boshqalarning   hurmat  extiromiga   erishishda 
muomalaning 
o‗rni 
kattadir. 
 
Insonning 
shirinso‗zligi 
kishining 
tarbiyalanganligidan   guvohlik  bersa,  so‗zga  boyligi,  chechanligi,  ma‘nodorligi 
uning  o‗qimishli,  bilimdonligini  ko‗rsatadi.    Go‗zal  muomala  inson  dilini 
qanchalik  hushnud  etsa,  aksincha  achchiq  so‗z,  qo‗pol  muomala  inson  qalbini 
larzaga  soladi.    SHirin  muomalada  bo‗lish   ham  katta  san‘at.    SHirin  so‗z  bilan  
kishining  ishonchi  va  qalbini  egallash  mumkin.    So‗z,  yuz  va  ko‗z,  tilning  ko‗rki 
hisoblanadi.   
Insonning   boshqa  inson  bilan   muloqotiga   qarab,  uning  axloqiga  ham  baxo 
beriladi.    So‗z  orqali  insonlarning  tafakkuri,  fikri  anglashiladi,  muomala 
madaniyati  orqali  u  kishining  odobi,   kelib  chiqishi,  naslu–nasabi,  ota–onasi   va 
ustozining bergan  ta‘lim tarbiyasi   namoyon bo‗ladi.    Insonnning  ichki dunyosi, 
shaxsi, aqli va his–tuyg‗ulari uning tashqi qiyofasi – ko‗zlari, chehrasi, shuningdek 
qaddi-qomati  va  yurish-turishida  to‗la  aks  etadi.    Insonning  ichki  dunyosi 
qanchalik mukammal bo‗lsa, yurish– turishi ham shunchalik madaniyatli bo‗ladi.  
    Muomala madaniyatida so‗z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi.   Til shunday 
kuchga  egaki,   suyaksiz   bo‗lsa  ham   suyakni    tebratadi.    Muomala  odobi  boshqa 


 
46 
kishilar  qadr-qimmatini,  izzatini  joyiga  qo‗yishni,  an‘anaviy  axloqiy  me‘yoriy 
talablarini  bajarishni  taqazo  etadi.    SHuning  barobarida,  u  insondagi  yaxshi 
jihatlarni  namoyon  etishi,  ko‗zga  ko‗rsatishi  bilan  ham  ajralib  turadi.    Uning  eng 
yorkin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‗lishi so‗z, nutq vositasida ro‗y 
beradi.  So‗zlash  va tinglay bilish, suhbatlashish  madaniyati  muomalaning  muhim 
jihatlarini  tashqil  etadi.    SHu  bois  muomala  odobi  o‗zini,  eng  avvalo, 
shirinsuhanliq  kamsuqumliq  bosiqliq  hushfe‘llilik  singari  axloqiy  me‘yorlarda 
namoyon qiladi.   
Ayniqsa  bu  axloqiy  madaniyatda  yaqqol  ko‗zga  tashlanadi.    Uni  ko‗proq 
namoyon qiladigan eng  muhim  unsurlaridan biri –  muomala odobidir.  Bu  borada 
mutasavvif  olimlarimizdan  Imom  G‗azzoliy  bir  qancha  o‗rinli  fikrlarni 
bildiradilar:«Hazrati  Rasul  alayhissalom  aytibdurlar:  «Haq  subhonahu  va  taolo 
ochiq  yuzlilarni do‗st tutar».  Va  yana aytibdurlar:  «Hech bir  yaxshi amal  yo‗qki, 
maxfiratga sabab bo‗lmoqg‗a ochiq chehralik va shirinzabonliqdan ziyoda».  
Uning fikricha shirinsuxanlik va bosiqlik odobli insonni odobsizdan ajratuvchi 
me‘yordir.    Zero,  odobsizlik  badxulqlikka,  badxulqlik  axloqsizlikka  olib  keladi.  
YOmon  insonlarning  yomonligi  aynan  muomaladan  kelib  chiqadi.    YA‘ni 
yomonga  yomonlik  bilan  qilingan  muomala  vaqtincha  bo‗lsa  ham  o‗sha 
yomonning yo‗lida yurishga chorlaydi.  
Donishmandlarning 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish