O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/196
Sana12.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#335953
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   196
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

Jamoat salomatligi
 - bu bir umumiy aholini  hamda uning ayrim guruhlari 
salomatligidir. Aholi salomatligi haqida gapirar ekanmiz, salomatlik o’zi qanday 
tushuncha ekanini anglab olishimiz kerak. 
BSST (VOZ) ustavida yozilishicha, "
salomatlik  faqatgina  kasallikni 
yo'qligi emas, balki jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatdir
".  
Aholi salomatligi darajalari shaxsiy salomatlik, guruhlar  salomatligi va 
jamiyat salomatligi guruhlariga bo'linadi. 
Shaxsiy salomatlik
 - bu har bir shaxs 
o’zini qanday his etishi, kasalligi bor yo'qligi, jismoniy rivojlanish holati, mehnat 
faoliyati, hayot quvonchlari va shu kabilarda baholanadi. Buni asosan klinitsistlar 
o'rganadi. 
Aholini salomatlik holatini bilish uchun kasallik tarqalishi, o'lim darajasi, 
umrning davomiyligi, aholining o’rtacha jismoniy rivojlanish darajasi o’rganiladi. 
Buning uchun aholini bir butunligicha yoki ayrim guruhlari o’rganiladi. Agar 
shaxsiy salomatlikka ta'sir etadigan omillar aniqlanadigan bo’lsa, faqat shu shaxsni 
salomatligi tiklanadi, agar aholi guruhi yoki bir butun aholi organizmiga ta'sir 
etuvchi omillar aniqlansa, u holda barcha aholi salomatligi tiklanadigan tadbirlar 
olib boriladi.  
Bu masalalar bilan jamoat salomatligi va Sog'liqni saqlash mutaxassislari, 
faylasuflar, iqtisodchilar va davlat faollari shug'ullanadilar 
Aholi  salomatligini  yoki  "jamoat  sog'lig'ini"  belgilovchi  omillarga 
quyidagilar kiradi: 
- insonning biologik va ruhiy xususiyati; 
- tabiat (iqlim, ob-havo, usimliklar, xayvonat dunyosi va boshqalar) omillari; 
- atrof-muhit holati (kimyoviy, fizikaviy va biologik moddalar bilan 
ifloslanishi); 
- ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy omillar; 


49 
 
- sog'liqni saqlash tizimi faoliyati, kadrlar bilan ta'minlanganlik, tibbiy ilm 
darajasi va boshqalar. 
Jamiyatdagi  fuqarolarning sog’lig’i  xaqida  g’amxo’rlik  qilish,  uni 
mustahkamlash va yaxshilash bo'yicha ijtimoiy siyosatni olib borish davlat 
oldidagi muhim vazifadir. Inson salomatligini saqlash va mustahkamlash - 
birlamchi ahamiyat kasb etuvchi faoliyatdir. 
Salomatlik ko'rsatkichlaridan biri - bu kasallanishdir (kasallik). Salomatlik 
odatda  kasallik orqali baholanadi (kasallikni yo'qligi). Shuning uchun avval ayrim 
yo'nalishlarga ya'ni kasallik tushunchasi shakllanishiga  e'tibor beramiz.  
"Kasallik" - bu, eng ko’p qabul qilingan tushunchalardan biri, normal 
yashash faoliyatini buzilishi, jismoniy va ruhiy nuqsonlarning borligidir. 
Ayrim xollarda kasallik deganda, organizmning tashqi muhit bilan 
bog’likligining buzilishi,  yashash  muhitiga  moslashishning  izidan chiqishi 
(dezadaptasiya) tushuniladi.  
I.V.Davidovskiy o'zining oxirgi ishlarida shuni ta'kidlaganki, kasallik-bu 
adaptasiyaning o’zgargan formasi orqali ko’nikishi. Kasallik xaqida ko’pgina 
olimlar tushunchalari mavjud.  
Umumiy qilib aytganda, kasallik - bu buzilish, xayot faoliyatini buzilishiga 
olib keluvchi fizik, ruhiy funksiyalar nuqsoni va x.k.. 
Yu.P.Lisisin  o'zining kitobida insonning kasallik holatining bir necha 
tushunchalari guruhlarini keltiradi (definisiyalari): (biologizatorlik, kibernizatorlik 
va sosiologizatorlik).  
1. 
Biologizatorlik definisiyalar:  
"Kasallik" - bu organizm, uning organ va sistemalari faoliyatining buzilishi, 
ishdan chiqishi
"Kasallik" - tashqi muhit bilan bog’lanishlar - mutanosiblik, uyg’unlik va 
adaptasiyaning buzilishi,  
"Kasallik" - organizmning bir butunliligi, uning ichki tarkibi, ichki muhitni 
doimiyligini (gomeostaz) buzilishi
"Kasallik" - adaptasiya funksiyasi va mexanizmlarining, umumiy adaptasion 
sindromning, disstress holatining buzilishi; 
 "Kasallik" - adaptasiya  mexanizmlarining  buzilishi  va  kasallik  orqali 
vujudga keluvchi adaptasiya
"Kasallik" - organizm va tabiat bioritmlarining bir-biriga mos kelmasligi 
(disxronoz). 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish