Ushbu yilda tirik tug'ilganlar soni
Go’dak bolalar o'limi tarkibiga taaluqli ko'rsatkichlardan biri - bu erta
neonatal o'lim ko'rsatkichi bo'lib, u quyidagicha aniqlanadi:
Yil davomida hayotining 1 xaftasida o’lgan bolalar soni x 1000
Ushbu yilda tirik tug'ilgan bolalar soni
Hayotining 1 yilida o’lgan bolalarning 40% ni hayotining 1oyida o’lgan
bolalar, 1 oyida o’lganlarning -70% ni - hayotining 1-chi haftasida o’lgan bolalar,
1 chi haftada o’lganlarning 37% ni hayotining 1-kunida o’lgan bolalar tashkil
qiladi.
Agar perinatal o'lim 100% deb olinganda, uni 3 ta davrga bo'linadi.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra umumiy o'limning 70% ni go’daklar o'limi
tashkil etar ekan.
1)
antenatal davr - 38,8%
2)
intranatal davr - 46,6%
3)
postnatal davr-14,8 ni tashkil etadi.
Go’dak bolalar o'limi aholini vujudga kelishi ko'rsatkichlaridan biri
hisoblanib, oxirgi yillarda dunyoning barcha mamlakatlarida, shu jumladan
O'zbekistonda ham uni kamaytirish borasida tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Go’dak bolalar o'limining asosiy sabablaridan biri, asosan neonatal va
postnatal davrlardagi pnevmoniya bo'lib, olimlar pnevmoniyadan kelib
44
chiqayotgan o'lim miqdoriga ta'sir etuvchi ijtimoiy gigienik va boshqa omillarni bir
necha guruhlarga ajratishmoqda.
1.
ona sutini berilmasligi, ya'ni tabiiy ovqatlantirmaslik.
2.
bolalarni erta sun'iy va aralash ovqatlantirishga utqazish
3.
ota-onada yomon odatlarning bo'lishi.
4.
ovqatlantirish tartibini buzilganligi, ochiq havoda sayr qilmaslik.
5.
bolani yaxshi parvarish qilmaslik.
6.
onani bolaga ahamiyat bermasligi
7.
xonalardagi sovuq iqlim, namlik
8.
ota va ona ma'lumotining past darajadaligi
9.
bolani boshqa shaxslar tomonidan parvarish qilinishi.
10. bolani xoxlamaslik
11. nikohsiz tug'ilganlik
12.
ko’p bolalik; oilada 4 tadan ortiq bolalar borligi
Tibbiy-biologik omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi:
1.
tug'ilish jarayonidagi patologiyalar
2. diatezlar
3.
1 va 2 darajali raxit
4.
1 va 2 daraja gipetrofiya
5.
gipoxrom
anemiya
6.
homiladorlik
toksikozlari.
7.
katta
homila
8.
onani homiladorlik
davridagi kasalliklari
9.
muddatdan o’tib tug'ish,
10. hisob raqami bo'yicha tugruqning yuqori darajadaligi
11.
tugruq davrida qon ketish va h.k.
Shu sababli har bir mamlakatda, hududlarda shunga mos ravishda tadbirlar
ishlab chiqilishi lozim.
Pediatriya ilmiy-tekshirish instituti tavsiyasiga ko'ra, O'zbekistonda
go’daklar o'limini kamaytirish maqsadida dastur ishlab chiqildi. Bu dastur uz
ichiga oladi:
1.
go’daklar o'limi hajmi va masshtabini aniqlash.
2.
Iqtisodiy, ijtimoiy, tibbiy va demografik sharoit va imkoniyatlardan
kelib chiqqan holda go’dak bolalar o'limini mamlakat va uning hududlarida
kamaytirishning kelajagini aniqlash.
3.
Davlat tashkilotlari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik tashkilotlarini
jalb qilgan holda go’dak bolalar o'limini kamaytirish dasturlarini amalga
oshirishdagi javobgarlik tizimini yaratish.
4.
Go’daklar o'limi sabab va omillarini, bularning orasida muhim
ahamiyatga ega bo'lgan tibbiy-ijtimoiy va tibbiy-tashkiliy xarakterli kamchiliklarni
bartaraf etishga yo’naltirilgan kuch va vositalarni hisoblash va qo'llash.
45
5.
Dasturda sog'lom hayot tarzini shakllantirishga, ayniqsa oilalarda
ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilishda mas'uliyatli bo'lish, gigiyenik
ovqatlanishni yo'lga qo’yish, jismoniy faollik ochiq havoda sayr qilish va dam
olishga ahamiyati ko'rsatilishi kerak.
6.
Tarbiyaviy ishlarda asosiy e'tibor bola oldirish (abort), chekish, spirtli
ichimliklarni iste'mol qilish zararlarini tushuntirishga, chala tug'ilish, pnevmoniya
va boshqa nafas a'zolari kasalliklaridan ogohlantirish, genetik maslahatxonalarga
"Oila va nikoh" maslahatxonalariga va boshqalarga tashrif qilish muhimligi,
ayollar va bolalarni uz vaqtida tibbiyot muassasalariga murojaat qilishlariga
qaratilishi kerak.
7.
Ayollar - onalar salomatligiga, shu jumladan, har bir ayolga e'tibor va
g’amxo’rlik qilish, yosh oilalarga, kamchiliklari bo'lgan oilalarga alohida e'tibor
qaratishga tashkilotlar, muassasalar va ularning ishchi jamoalarining javobgarligini
oshirish yo'llari.
8.
Akusher-ginekologik muassasalar, tug’ruq xizmati xodimlarining
majburiyatlari, aholii va bemorlar o'rtasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar
to'g'risida muntazam hisobot berish, taaluqli hisobot shakllarini yuritish.
9.
Doimiy-nazoratga olingan ayollar va bolalarning, birinchi galda xavfli
omili: go’daklar o'limi va kasallanishi yuqori bo'lgan ko’p bolali oilalar, ota-
onasida zararldi odatlari bo'lgan oilalar, ma'lumoti va madaniyati past bo'lgan,
talabalar oilasi, hamda ko’p va tez kasallanuvchi, kasbiy zararlarga ega bo'lgan
surunkali kasalligi bo'lgan ayollarni va boshqa dispanserizatsiya tibbiy ko’rik
tadbirlarini kengaytirish va kuchaytirish
10. Ayollar va bolalarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini
kuchaytirish maqsadida ambulator-poliklinik va statsionar davolash-profilaktika,
pediatriya va akusher-ginekologik muassasalar faoliyatini qaytadan tashkil etishni
kiritish.
11. Bunda mablag’ning asosiy qismini kapital qurilishga yo’naltirilishini
nazarda tutish lozim.
12. birinchi galda, maslahat -tashhislash va davolash-profilaktika
markazlarini yaratish, shuningdek, zamonaviy jihozlangan ixtisoslashgan
markazlar, amaldagi muassasalarni qayta jihozlash va ta'mirlash, va ularning
tarkibida profilaktika va davolash-tashhislash jarayonining yangi samarali
texnologiyalarini ishlab chiqishga (skrining. tashxislash va davolashning intensiv
usullari) mablag’ ajratish.
13. Superinfeksiya ta'siri va qo’shilgan infeksiyalar miqdorini kamaytirish
maqsadida pnevmoniya va boshqa yuqumli kasalliklarni profilaktikasi uchun,
bemorlarni izolyatsiya qilish, bolalarga joylashtirish, qabul bo'limlari ishini
tartibga solish, epidemiologik tartibga, sanitariya-gigienik me'yor va qoidalarga
rioya qilish chora tadbirlarini nazarda tutish lozim.
14. Turli xil patologiyasi (toksikoz va b.), kasalliklari (yurak -qon-tomir,
diabet va b.) bo'lgan ayollar, homilador ayollar, shuningdek, erta yoshdagi bolalar
(chala tug'ilgan, katta vaznda tug'ilgan, nafas a'zolari kasalliklar bo'lgan, tug’ma
46
kasalliklari va bular uchun ixtisoslashgan markazlarni (bo'limlar) tashkil qilish va
kengaytirishni davom ettirish.
15. Homilador ayollarni erta aniqlash, ro’yxatga olish, ularni muntazam
tashrif qilishlari, tug’ruqqacha va tug’ruqdan keyingi patronajini tashkil qilish,
homiladorlik ta'tili vaqtida va undan keyingi davrda ona va bola salomatligini
nazorat qilish talablariga rioya etishning ma'muriy tarbiyaviy, tashkiliy choralarini
kuchaytirish.
16. ayollarni (homilador va bolali onalarni) davolash-profilaktika
muassasalariga tashrif qilishlarini tartibga solish va nazoratini kuchaytirish
maqsadida, ayollar bolalarni tekshiruv (maslaxat) utkazmasdan turib kasallik
varaqalarini rasmiylashtirish va berishni taqiqlash, ularni tibbiy muassasaga vrach
yoki hamshiraga navbatdagi tashrifiga qadar yoki uydagi tashrifiga qadar
rasmiylashtirish amalga oshiriladi.
17. Gigiyenik tartibni buzish, tibbiy muassasaga tashrifni rad etish
hollarida kasallik varaqasi to’lovi va homilador ta'tilidan keyingi nafaqa t’'lovlarini
to’xtatib qo’yish imkoniyatlarini ko'rib chiqish.
18. Tabiiy ovqatlantirish bo'yicha tarbiyaviy, targ’ibot ishlari bilan bir
qatorda, tabiiy ovqatlantirishni imkoniyat darajasida tashkil qilish, fiziolog va
gigiyenik talablarga javob beradigan bolalar ovqat mahsulotlarini, ona suti o’rni
bola oladigan mahsulotlarni yetkazib berish va saqlash, sutli maxsulot ishlab
chiqaruvchi barcha korxona va tashkilotlarda maxsus bo'limlarni tashkil etish.
19. Oilaviy shifokor-pediatr faoliyatini samarasini oshirish. Oilaviy
shifokor uchastka vrachiga nisbatan oila sharoitini, hayot tarzini, bolalar tarbiyasi
va o'qishini yaxshi biladi. Oilaviy shifokor uz ishini poliklinika, diagnostika
markazi Bilan bog’liq holda profilaktika ishlarini olib borishi kerak. Bu esa uz
yo'lida bolalar orasida kasallanishni kamayishi va go’daklar o'limini kamayishiga
ijobiy ta'sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |