4. Ijtimoiy va ruhiy definisiyalar:
"Kasallik" - inson xayotining barcha yo'nalishlarida erkinlikni
chegaralanishi, inson funksiyalarining buzilishi;
"Kasallik" - jamiyatda inson muloqotlarining, ijtimoiy bog’lanishlarning
buzilishi;
"Kasallik" - ruhiy sinish, ruhiy dezadaptasiya, shaxsiyatiga tegish;
"Kasallik" - xayot tarzi sharoitining, xayot stilining buzilishi.
SNG mamlakatlaridagi ijtimoiy gigiena asoschilari inson tabiatida ijtimoiy
omillarni biologik omillardan ajratib tashamaganlar, vaholanki biologik omillarni
hosil qiluvchi ijtimoiy omillar deb qabul qilganlar.
G.A.Plexanov ta'kidlashicha: "Inson uning harakteriga va odatlariga doimo
ta'sir ko'rsatadigan tabiat omillari bor jamiyatda yashaydi". N.A.Semashko
quyidagicha tushuncha bergan: "Kasallik - bu ijtimoiy holatning vujudga kelishi".
20 asr boshlarida chet El va SNG mamlakatlari olimlari salomatlikni
ijtimoiy omillarga bog’liqliligini isbot qildilar.
Kasallik xavfli omillar bor bo'lganda vujudga keladi. Hozirgi kungacha
surunkali jarayonlarni shakllanishiga sabab bo’luvchi, ya'ni o'lim va kasalliklar
tarkibida o’zib ketayotgan surunkali kechadigan, ayniqsa yuqumli bo'lmagan
kasalliklarning moyillik omillarini o'rganish bo'yicha ko’pgina nazariyalar mavjud.
Bunday kasalliklarni aniq sabablari aniqlanmagan bo’lsada, ammo ularni yuzaga
kelishiga sabab bo’luvchi omillar ya'ni moyillik omillari belgilangan.
Tabiatiga ko'ra kasallanish turlicha bo'lishi mumkin - birlamchi, ikkilamchi,
xavfli omillar esa turmush tarziga salbiy ta'sir etishi mumkin (chekish, norasional
ovqatlanish, algokol iste’mol qilish, kam harakatchanlik, mehnatni noto'g'ri
tashkillashtirish, mehnat va dam olish tartibini buzilishi va boshqalar), tashqi
muhitni kimyoviy moddalar va chiqindilar bilan ifloslanishi, genetik moyillik,
Sog'liqni Saqlashni tashkillashtirish xizmatining samarasizligi, yetishmovchilik,
tibbiy yordamdagi kamchiliklar va boshqalar misol buladi. Bular kasallik kelib
chiqishida birlamchi ta'sir qiladigan asosiy omillar hisoblanadi.
Yildan yilga xavfli omillar soni ortib bormoqda. 10-15 yil avval tibbiy-
demografik va sanitar-statistik ko'rsatkichlariga asosan sog'lomlar 40% ni tashkil
etgan bo’lsa, hozirgi kunda u ko'rsatkich pasaydi va 20-23%, yoki maksimum 25%
ni tashkil etmoqda. Xavfli omillar ta'sir etgan, lekin mehnat qobiliyatini
yuqotmagan amaliy sog'lom bo'lgan shaxslar ham shunchani ya'ni 20-25% ni
tashkil qilmoqda. Qolgan qism esa bemorlardan iborat. Bunda bemorlarning 50%i
kompensasiya bosqichida, qolgani dekompensasiya davrida bo'lib stasionar
xizmatiga muxtoj shaxslardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |