3.8. Razvertkalarni turlari va o‘lchamlari.
Razvertkalar 6-kvalitet aniqligidagi va g‘adur-budirligi R
z
=0,16mkm dagi
teshiklarga ishlov berish uchun qo’llaniladi. Ulardan zenkerlar, ichki yo’nish
keskichlaridan so‘ng teshiklarga ishlov berishda foydalaniladi. Razvertkalar
bajarilishi va vazifasi bo’yicha quyidagilarga bo‘linadi: Silindirsimon va
konussimon; quyruqli va o’rnatmaliklarga; tezkesar va qattiq qotishmaliklarga;
yaxlit va tishlari qo‘yiladigan; qo‘lli va mashinali; maxsus (konussimon shtiftli
teshiklar uchun, konussimon rezbalar uchun, morze konus va h.k). 3.35-rasmda
yaxlit slindirli razvertkalar ko‘rsatilgan. Razvertkalarning asosiy konstruktiv
elementlari – kesuvchi va kalbirlovchi qisimlar; tishlar soni, yo’nalishi va qadalsh;
ariqchaning shakli va kesish burchaklari kiradi.
159
3.35-rasm.
Kesuvchi qismi bilan metall ajiratiladi. Qo‘lli rezvertkalar, ishlov
berilayotgan teshikka erkin kirishi uchun,yo’naltiruvchiga muhtoj,shuning uchun
kesuvchi qism mashinaligiga nisbatan plandagi ϕ burchakni kamaytirish hisobiga
uzunroq qilib tayyorlanadi. (3.35-rasm, b). Kalbirlovchi qism ikki maydonidan
(uchastka) tashkil topadi: silindirsimon va qayta konusli. Silindirli qismi teshikni
kerakli bo’lgan aniqlikni va yuza g‘adur-budirligini ta’minlab, qayta konusli
maydon esa razvertkani ishlash jarayonida yo’naltirish uchun kerak bo’ladi.
Razvertkaning tishlarini aniq o‘lchash uchun hamma vaqt juft bo‘ladi.
Tishlar qadami bir tekis emas, bu esa ishlov berilgan yuzaning sifatini
ta’minlaydi (organka yo‘q bo‘lishini va ishlov berilgan teshikda ko‘ndalang
chiziqlar bo‘lmasligini ta’minlaydi). Razvertkaning ishlash jarayonida boshqa
asboblarga o’xshab, razvertkani o‘lchashdan ishlov berilgan teshikni o‘lchashi
kattaroq (teshik kattalashadi). Kattalishish qiymatiga ko‘p fektorlar ta’sir
ko‘rsatadi: Razvertkaning konustiruktiv va geometrik o‘lchamlari,teshik
160
diametri,ishlov berish rejimlari,sovutuvchi suyuqliklar tarkib,stanok holati,ishlov
beriladigan materillar va h.k. Qovushqoqligi yuqori bo‘lgan materiallarga ishlov
berishida “kattalishishida” manfiy bo’lishi ham mumkun, u holda razvertkaning
o‘lchamidan teshik deametri kichikroq bo‘lishi mumkin.Bu hodisani razvertkani
hisoblashda e’tiborga olsa bo‘ladi.
Ishlov berish unumdorligi, turg‘inligini oshirish uchun razvertkalar
kavsharlangan qattiq –qotishmali yoki yelimlangan pichoqli qilib chiqariladi (3.35-
rasm, g). Razvertkaning barqarorligini va uning turg‘unligini oshirish uchun har xil
yemirilishga chidamli qoplamalardan foydalanib amalga oshiriladi. Ta’mirlash
ishlarida sozlanadigan razvertkalardan foydalaniladi (3.35-rasm, v). Silindirik va
konusli teshiklarga ishlov berish uchun uch to‘plamli razvertkalardan foydalaniladi
(3.36-rasm). Dastlabki (a), oraliqdagi (b), oxirgisi (v).
3.36-rasm.
161
Do'stlaringiz bilan baham: |