O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi аlisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti таrix fakulteti umumiy tarix kafedrasi



Download 240,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana08.01.2022
Hajmi240,81 Kb.
#333348
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
i-iv asrlarda koguryo pekche va silla nomli uchta davlatning tashkil topishi

 

2. 

Pekche  davlati  Xangan  daryasi  bo’yida  joylashgan  bo’lib,  dastlab  u 



Maxan

  nomli  Proto  davlati  tarkibidagi  kuchli 



Guk

  nomli  Proto  davlati 

birlashmalaridan  biri  bo’lgan.  Dastlab  Pek  atamasi  boshqacha  iyeroglif  bilan 

yozilgan bo’lsada ammo bu atama boshqa-boshqa ma’noni anglatadi degani emas. 

Dastlab  Koreya  yozuvida  Xitoy  iyerogliflari  ma’noni  anglatish  uchun  emas  balki 

fonetik tovushni talaffuz qilish uchun xizmat qilgan.  

Keyinchalik birlashgan Pekche Guk Maxan tarkibiga kirgan. Boshqa qo’shni 

guklarni bosib ola boshlagan. Bu hol miloddiy III asrgacha davom etgan. Shuning 

uchun Pekche davlati tashkil topganligini miloddan avvalgi 18-yilga to’g’ri keladi 

deyish  qiyin.  Aynan  bu  malumot  Pekche  xaqidagi  afsonasida  keltirib  o’tiladi. 

Bizgacha yetib kelgan malumotlarda Pekche davlatiga kim asos solganligi haqida 

yagona  umumiy  fikr  yo’q.  Biz  quyida  ,,uch  davlat  haqida  tarixiy  maktublar” 

(Samguk  Sagi”)  nomli  Kim  Busikning  asaridan  har  xil  variyantdagi  afsonalarni 

keltirib o’tamiz.  

Pekche  davlatining  asoschisi  Onchjo  bo’lgan.  Uning  otasi-Chxumo,  bo`lib 

uni  Chumon deb ham manbalarda keltirib o`tiladi. Chumon ta’qib ostida Shimoliy 

Puyodan  Cholbon  Puyu  davlatiga  qochadi.  Puyo  hukmdorining  o’g’il  farzandi, 

(vorisi)  bo’lmaganligi  sababli  u  Chumonni  ikkinchi  qiziga  uylantiradi.  Natijada 

Chumon  Puyo  hokimiyatiga  ega  bo’ladi.  Cholbon  Puyu  davlatida    Chumonning 

ikkinchi  o’g’li  dunyoga  kelib  kattasining  ismi  Piryo,  kichiginiki  Onchjo  bo’lgan. 

Bir  muncha  vaqt  o’tgach  Chumonning  Shimoliy  Puyuda  tug’ulgan  sobiq  o’g’li 

ham bu yerga keladi. Aynan u Chumonning vorisiga  aylanishi kerak edi. Shundan 

Piryu va Onchjo janub tomonga istiqomat qilishlari uchun yer izlab ketishadi. Shu 

yo’l bilan ular Xan daryosi (hozirgi Xangan) sohillariga kelib qolishadi. Onchjo bu 

yerdan  uncha  uzoq  bo’lmgan  hududda  Sip-che  (yoki  o’nta  ko’chib  kelganlar) 

nomli  o’z  davlatini  tuzib  uning  poytaxtini  ,,Vire’’  deb  nomlaydi.  Piryu  esa 

Mechxuxol  daryosi  sohillaridagi  hududga  joylashishiga  qaror  qiladi.  Ammo  bu 



hududning yerlari unumdor bo’lmaganligi  sababli Piryu  Virega qaytib akasi bilan 

birlashadi. Mamlakat o’sha vaqtdan boshlab Pekche (yuzta ko’chib kelganlar) deb 

nomlana boshlandi.  

Pekche  davlati  asoschisining  ismi  Puyo  bo’lgan.  Shundan  so’ng  ,,Samguk 

sagi’’ asarida bun afsonadan so’ng shunga o’xshash boshqa afsona keltirib o’tiladi. 

Ammo  ikkinchi  afsonaga  ko’ra  Pekche  davlatining  asoschisi  Onchjo  emas  balki 

Piryudir. Piryu va Onchjoning otasi Puyo qirollik oilasi vakili Utke edi. Bir oz vaqt 

o’tgach  ularning  otasi  halok  bo’lib,  farzandlari  Cholbon  urug’idan  bo’lgan  ona 

qo’lida  qoladilar.  Onasining  ismi  Soseona  bo’lgan.  Bu  vaqtda  (miloddan  avvalgi 

37-yilda)  Chumon  Puyo  davlatidan  Cholbon  hududiga  qochadi.  U  Cholbon 

hududiga  kelar  ekan  bu  yerda  yangi  Koguryo  davlatini  tashkil  etib,  uning 

poytaxtini  belgilaydi.  Soseono  Chumonning  rafiqasiga  aylanib  Chumon  Piryo  va 

Onchjo bilan o’z o’g’lidek muomalada bo’lgan. Bir oz vaqt o’tgach  Puyo shahrida 

tug’ulgan Chumonning oi’g’li Yuri bu yerga tashrif  buyuradi.  

Yuri merosxo’r bo’lishi belgilanib shu sababli Piryo va Onchjo onasi bilan 

birgalikda  janubga  Michxuxol  hududiga  yo’l  olikshga  majbur  bo`lishadi.  (aynan 

shu  yerda  Pekche  davlati  tashkil  topgan).  Xitoyning  tarixiy  manbalari  orqali 

bizgacha  yana  bir  nechta  Pekche  davlatining  tashkil  topishi  borasida  afsonalar 

yetib  kelgan.  Ammo  ularda  bir  masala  yuzasidan  umumiylik  bor.  Unga  ko’ra 

Pekche  Koreya  yarimorolining  shimolidagi  Koguryo  va  Puyo  davlatlari  bilan 

qarindoshlik  aloqalariga  ega  bo’lishgan.  Shu  sababli  Pekche  aholisining  katta 

qismini  Koreyaning  shimolida  yashovchi  dehqon  fuqarolar  tashkil  etib,  Puyo 

Koguryo, va Pekche davlatlari etnik jihatdan bir-biriga yaqindir.  

Shuningdek  Pekche  madaniyati  shakllanishida  Janubiy  Maxana  davlatining  

madaniyati ta’siri bilan birga, shimol hududi  madaniyatining ham ta’siri bo`lgan. 

Afsonaga ko’ra Pekche (Pekche guk) davlati tashkil topgan paytida dastlab Piryu 

boshchiligida  Michkoxol  qabilalar  ittifoqi  ustun  bo’lgan  bo’lsa,  so’ngra  Onchjo 

boshchiligida  Vire  birlashmasining  mavqeyi  oshadi.  Pekcheda  davlatchlik 

shakllanishining nihoyasiga yetish vaqtini olimlar III-asr bilan bog’laydilar. Bunda 

ular  Pekchedan  shimolda  joylashgan  Xitoy  okruglari  Nannan  va  Teban  bilan  olib 




borilgan kurashlarni misol qiladilar. Bu okruglarga qarshi kurashish uchun Pekche 

davlatida kuchli qo’shin bo’lishi kerak edi. Nafaqat qo’shin, balki umuman davlat 

tuzilishini  ham  yangilashga  to’g’ri  keladi.  Bundan  tashqari  Pekche  Nannan  va 

Teban  okruglari  bilan  savdo  va  madaniy  jihatdan  aloqada  bo’lishgan.  Pekche 

davlatchiligining  nihoyasiga  yetishini  Koivana  (234-286)  qirolining  boshqaruvi 

bilan  bog’lashadi.  Uning  davrida  Pekche  armiyasi  shunchalik  kuchayib  ketadiki, 

ularning  o’zi  Nannan  va  Teban  hududlariga  hujum  qila  boshlashadi.  246-yil 

Tebanga uyushtirilgan keyingi yurish chog’ida shu viloyatning Xitoylik gubernator 

o’ldiriladi. 260-yilda qirol Kvan tomonidan 16 ta amaldorlik mansab va 6 ta tabaqa 

vakillaridan  iborat  tizim  joriy  qilinadi.  Bir  vaqtning  o’zida  amaldorlarning 

lavozimiga qarab turli rangdagi maxsus kiyim kiyib yurish joriy qilinadi.  

Bu  hol  ko’p  jihatdan  Xitoyliklardan  namuna  olishga  intilish 

kuchayganligidan dalolat berib kuchli davlat apparat yaratilishiga harakat qilinadi. 

Bir qator koreys tarixchiliklari yuqoridagi tizmi amaldorlik tizimi emas balki ta’siri 

katta bo’lgan oilalarning o’rtasidagi o’zaro pog’ona bo’lib, Xitoy yozuvidan nusxa 

olishidur  deb  hisoblangan.  Kai-Vanning  o’zi  yuqoridagi  oilalarga  mansub 

bo’lmasdan  boshqa  urug’dan  bo’lgan.  262-yilda  Pekche  davlatida  ,,amaldorlarni 

poraxo’rlik va o’g’rilik uchun jazolash’’ to’g’rida qonun qabul qilinadi. 280-yilda 

qirol  Kai-Van  Xitoy  davlati  tarkibida    bo’lgan  g’arbiy  Szinga  diplomatik 

munosabatlar o’rnatish maqsadida o’z elchisini yuboradi.  Pekche davlatining eng 

gullagan  davri  IV  asr  qirol  Kinchxogo-vana  (346-375)  boshqaruvi  davriga  to`g’ri 

keladi. Bu vaqtda Pekche o’z atrofidagi barch hududlarni to’liq o’ziga bo’ysundirib 

(  sobiq  maxana)  va  hattoki  qo’shni  Koreys  davlatlariga  qarshi  harbiy  yurish 

uyushtira boshlaydi.  

Masalan,  370-yilda  Koguryoga  qarshi  urushlarining  birida,  Koguryo  qiroli 

Kodegvon-Van halok bo’ladi. IV asrga kelib Pekche davlatining janubiy sarhadlari  

koreys  dengizigacha  cho’zilgan  bo’lsa,  shimoli  zamonaviy  Xoanxe  provinsiyasi 

chegarasigacha cho’zildi. IV asrdan boshlab Pekche davlatida taxt uzil-kesil otadan 

o’g’ilga  o`tadigan  bo’ldi.  O’sha  vaqtdan  boshlab  bizgacha  yetib  kelgan  Pekche 

tarixnavisligi  mahsuli  bo`lmish  “so-gi”  yozila  boshlanib,  bu  Pekche  davlatida 




yuqori  madaniyat  shakllanganligidan  va  davlatchilik  shakllanishi  nihoyasiga 

yetganligidan  dalolat  berar  edi.  384-yilda  Pekche  davlati  qirol  saroyida  rasmiy 

ravishda  Buddizim  dinini  qabul  qildi.  Xotima  qismida  bir  qator  tarixiy 

jarayonlarini  ko’rib  chiqishda  geografik  omillarning  muhimligiga  e’tibor 

qaratmoqchi  edik.  Pekche  Xitoy  bilan  aloqa  o`rnatish  jihatidan    qulay  geografik 

hududda  joylashgan  edi.  Uning  shimolida  Xitoyning  alohida  Nannan  va  Teban 

okruglari  joylashgan  bo’lib,  ular  tabiiy  chegaralar  bilan  ixotalangan.  Koreyslar 

tomonidan  ,,G’arbiy  daryo”  deb  ataluvchi  Sariq  daryo  Xitoyning  Leaodun  Yarim 

oroliga  yetib  borishda  qisqa  qulay  yo’l  bo`lib  hisoblangan.  Bu  jarayonlarning 

hammasi Pekcheda yuqori davlatchilik rivojlanganligidan dalolat beradi. 



3.

 Silla davlati Koreya tarixi uchun alohida ahamiyatga ega. Aynan u qolgan 

ikki  Koreys  davlatidan  ko`ra  kuchli  hisoblanib,  Koreya  yarim  orolini 

birlashtirishda yetakchi vazifasini o`tagan. Hozirgi kunda ham sobiq Silla qirolligi 

hisoblangan.  Janubiy sharqiy Koreya yarim orolida joylashgan  Naktongan hududi  

alohida ahamiyatga ega. Ko`pgina Janubiy Koreya prezidentlari, siyosiy rahbarlari, 

uch davlat davridagi Silla qirolligi hududi hisoblangan hozirgi Kiyonsan hududida 

dunyoga kelganlar. Xyokkose haqidagi afsonaga ko`ra bu qirollik hattoki Koguryo 

va  Pekchedan  oldinroq  milloddan  avvalgi  57-yilda  tashkil topgan. Ammo  Koreys 

yarim orolida davlatchilikning yuzaga kelishi bu eng avvalo Xitoy madaniyatining 

bu  hudud  aholisi  tomonidan  o`zlashtirilishi  bilan  bog`liq,  (unda  uch  Koryes 

davlatining    o`ziga  xos  ekanligi  inkor  etilmaydi).  Bronza  va  temirdan  buyumlar 

yasash 

texnologiyasi, 

Koreyaga 

Xitoydan 

kirib 

kelgan. 


Shuningdek, 

davlatchilikning  yuzaga  kelishida  Xitoy  iyeroglifining  ahamiyati  haqida  biz 

yuqorida aytib o`tdik. Boshqa ikki davlat bilan o`zaro taqqoslaganda bo`lajak Silla 

qirolliga nisbatan  Xitoydan alohida hududda joylashgan edi.  

Bundan tashqari Sebek va Tebek nomli tog` cho`qqilari Xitoy tomon yo`lda 

to`siq  vazifasini  o`tagan.  Shu  sababli  aytish  mumkinki,    Sillaga  Xitoyning  ta`siri 

sal keyinroq bo`lgan. O`rta asr yilnomalarida Silla qirolligi uch davlat orasida eng 

qadimiysi sifatida keltiriladi. Zamonaviy tarixchilar bu holatga javob berar ekanlar 

Silla Koreya yarim orolini birlashtirib turuvchi davlat deb hisoblashgan. O`rta basr 



yilnomalarida  ,,qaysi davlat tarixi eng qadimiy   bo`lsa, o`sha yetakchilikni qo`lga 

oladi’’  deb  hisoblashgan.  Millodan  avvalgi  206-yilda,  milodiy  8-yilda  

Xitoyliklarning  ilk  Xan  sulolasi  davrida  6  ta  qabila  sardori  davlat  rahbarini 

tayinlash  maqsadida  Alchixon  daryosi  bo`yida  yig`ilishadi.  Ular  baland  joyga 

ko`tarilib Yansan tog`i etagida oyog`ini cho`kkalagan holda nimagadir e`tiqot qilib 

turgan  ot  va  bug`  to`dasini    ko`rishadi.  Ular  otning  oldiga  yaqinlashganlarida   

uning oldida katta bir tuxumga duch kelishadi.  

Ot  odamlardan  qo`rqib  kishnagan  holda  osmonga  ko`tariladi.  Oqsoqollar 

tuxumni  yorishib  uning  ichidan  xusni  kelishgan,  nur  taralib  turgan  o`g`il  bola 

chaqoloqni    topishadi. Uning  ismini  Xyokkosi deb  qo`yishadi  (bu so`z  koreyscha 

,,boshqaruv’’, ,,dunyoga nur taratmoq’’ degani). Tuxum qovoqqa o`xshash bo`lib, 

qovoq  esa  ,,Pak’’  deb  nomlangan.  Shu  sababli  Xyokkosi  urug`ining  nomi  ,,Pak’’ 

deb  nomlangan.  Tuxum  topilgan  vaqtda  Sariyanni  qishlog`ida  Aren  nomli  quduq 

yonidagi  ajdar  oldida  mo`jizaviy  qizaloq  dunyoga  kelib,  shu  quduq  nomi  bilan 

uning ismini ,,Aren’’ deb qo`yishadi. Xyokkose va Arenlar 13 yoshga to`lganlarida 

Xyokkosi taxtga o`tirib, Aren uning turmush o`rtog`iga aylanadi.  

Bu  holat  miloddan  avvalgi  57-yilda  Xitoyning  xan  sulolasi  boshqaruvi 

davrining  birinchi  yilida  ,,U-fen’’  nomli  shior  ostida  sodir  bo`ladi.  Yangi  davlat 

Sarabol  deb  nomlanib,  Xyokkose  ,,Kosogan’’  deb  atala  boshlanadi.  Xyokkose 

davlatni 61 yil boshqarib, so`ngra osmonga ko`tarildi. Davlat Silla deb sal keyinroq 

nomlana boshlandi. Shunday qilib biz Silla asoschisi, Xyokkose haqidagi  afsonada 

Koguryo  davlati  asoschisi  Chumon  haqidagi  afsonada  keltirib  o`tilgani  singari  

singari  ikkalasida  ham  birinchi  hukumdor  tuxumdan  dunyoga  kelganligidan  kelib 

chiqib  shuni  aytishimiz  mumkinki,  Koguryo,  Pekche,  (Pekche  Chumon  bilan 

qarindoshlik    aloqalari  bo`lgan)  va  Silla  davlatlarining  madaniy  ildizi  umumiy 

bo`lgan.  Takidlanishicha  Xyokkose  haqidagi  afsona  Silladan  boshqa  ikki  davlat 

haqidagi  afsonaga  nisbatan  sal  kechroq  yuzaga  kelgan  bo`lib,  oldingi  ikki  afsona 

asosida shakllangan. 




 Sorobol yoki Sara, Saro deb nomlangan davlatning nomi uch Xanlikdan biri 

bo`lgan  Chinxan  protodavlati  hududida  joylashgan  Guk  nomli  12  ta  Protodavlat 

birlashmasidan    biri  bo`lib  hisoblanadi.  Sobiq  Chinxan  hududida  VI  asr  boshida 

yagona  Silla  davlati  vujudga  kelganiga  qadar  bir  nech  yuz  yil  Saro  qo`shni 

Guklarni  o`ziga  birlashtirib  turgan.  Saro  davlatining  o`zida  bir  necha  yuz  yil 

davomida  o`zgarishlar  davom  etib,  bu  hududda  asta-sekinlik  bilan  davlatchilik 

instituti takomillashganidan dalolat beradi. Janubiy Koreya tarixshunosligida Silla 

qirolligi tashkil topishi tarixini, uning  nomining va davlat boshlig`i funksiyasining 

o`zgarib borishiga ko`ra uch davrga bo`lish belgilangan.  

 


Download 240,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish