1.
Uch davlat orasida Koguryo alohida ahamiyatga ega bo`lgan davlat edi.
Uning tarkibiga bir qator hududlar kirgan bo`lib, Xitoyning Nannan okrugi
madaniyati, (313-yil) keyinchalik Puyo(419-yil ) Proto davlati madaniyati ham
Koguryo davlatiga o`z ta`sirini o`tkazgan. Asosan Xitoy aholisidan iborat yuksak
rivojlangan Nannan madaniyati ham Koguryo madaniyatining shakllanishiga katta
ta`sir qilgan. IV asr boshlariga qadar Amnokkan daryosining o`rta oqimida
joylashgan Koguryo nafaqat madaniy balki hududiy jihatdan ham uncha katta
protodavlat bo`lmagan. U shimoldan Puyo davlati bilan chegaradosh bo`lsa,
janubdan Xitoyning Nannan okrugi bilan chegaradosh edi.
Koguryoning etnik asosini ,,mek’’ qabilasi tashkil etgan. Keyinchalik
Okcho, Puyo va boshqa qabilalar qo`shib olinadi. Koguryoning afsonaviy asoschisi
Chumon bo`lib, uning ismini rus tiliga tarjima qilganda ,,mohir yoychi’’ degan
ma`noni anglatgan. Chumonning diniy ibodatxonalarda ruhoniylar tomonidan,
Tonmyon deb atalib ya`ni ,,sharqning yorug davlat rahbari’’ degan ma`noni
anglatgan. Sharq deganda Koreya nazarda tutilgan. Chunki Koreya markaziy
imperiya bo`lgan Xitoydan sharqda joylashgan. Koguryo davlatining tashkil
topishi haqida qisqacha afsonani tasavvur qilib ko`ramiz. Puyo hukumdori Xeburu
qarigan chog`iga qadar farzandli bo`lmagan. Shu sababli u tog`lar va daryolar
xudosidan farzand so`raydi. Bir safar u Konyon ko`li yaqinida bir toshni ko`rib, bu
toshni og`darishni buyuradi. Og`darib ko`rganlarida uning ostida qurbaqaga
o`xshash chaqoloq borligi ma`lum bo`ladi. Xeburu bu chaqoloqni menga osmon
yetkazdi deb o`ylab, o`g`il bolaga Kim ya`ni ,,oltin qurbaqa’’ deb nom berib, uni
o`zi bilan olib ketadi. Aranbul nomli o`z vazirining qistoviga ko`ra hukumdor o`z
poytaxtini sharqqa ko`chirishga majbur bo`lib uni ,,Sharqiy Puyo’’ deb nomlaydi.
Poytaxtni ko`chirishga sabab esa vazirning tush ko`rishi bo`lib, osmon undan
oldingi poytaxtini bo`shatishni, bu yerda esa yangi davlat tashkil etishlarini aytadi.
Haqiqatdan ham ozgina vaqt o`tgach Xemosu nomli shaxs ,,o`zini osmo
hukumdorning o`g`li’’ deb e`lon qilib hukumdorga aylandi. Hukumdor Xemuru
vafotidan so`ng uning o`rnini Kimva egallaydi. Bir safar Txebek tog`idan janubda
Yuxva(Iva qul) isimli qizni topadilar. Qizning aytishicha u Xabeka ismli
dengizchining qizi bo`lib, bir safar Xemosu ismli kishi Amnokkan daryosi
bo`yida(dunyoning sobiq osmon hukmdori, u deb Xeburu poytaxtni tashlab
ketgan) davlatni egallab oladi. Bundan g`azablangan qizning otasi uni haydab
yuboradi. Kim va uni o`zi bilan olishga qaror qilib, uni hech kim ko`ra olmasin deb
uzoq bir uyga joylashtiradi. Ammo quyosh nurlari har doim qizning iz-izidan
yurib, nurlardan qutilishning iloji yo`q edi. Qiz quyosh nurlari ostida xomilador
bo`lib, katta bir tuxumni dunyoga keltiradi. Kimva tuxumni tashlab undan
qutilmoqchi bo`lganida, qushlar va hayvonlar bunga yo`l qo`ymaydilar.
Kimva tuxumni o`zi chaqmoqchi bo`ladi, ammo chaqolmagach uni onasiga
qaytarib beradi. Onasi tuxumni issiq bir joyga qo`yib, ma’lum bir vaqt o`tgach
tuxumdan chiroyli bir o`g`il bola dunyoga keladi.Bola juda aqlli bo`lib yoydan
yaxshi ota olgan. Shuning uchun uning nomini Chumon ya`ni ,,mohir
yoychi’’deb nomlaydilar. Kimvaning yana yetti nafar o’g’li bo’lib ular Chumonga
xasad qilishgan, undan qo’rqishgan. Kimva Chumondan undan ayrilishni
istamagan. Kimvaning o’g’illari va saroy ayonlari Chumonni o’ldirmoqchi
bo’lishadi. Bu haqda uning onasi Yuxva xabar topib, o’g’liga bu haqda ma’lum
qiladi.
Chumon uch do’sti bilan qochishga muvoffaq bo’ladi. Ularni tuta
olmaydilar. Chunki Chumon otlarni shunday qaraganki zo’r otlar uncha yaxshi
ko’rinmagan, yomon otlar esa zo’r ko’ringan. Aynan yomon otlarda Van va uning
yaqin safdoshlari ot choptirishgan. Chumonning yomon ko’rinsada aslida zo’r
bo’lgan otda qochib ketadi. Bundan tashqari jonli tabiat ham Cumonning
qochishiga ko’maklashadi. Masalan, baliqlar va toshbaqalar Om-xasu ko’lida
shunday ko’prik tarzida joylashadilarki Chumon bu ko’prik orqali bemalol o’tishga
muvoffaq bo’ladi. Shu yo’l bilan Chumon Cholbonchixon vodiysidan kezib yo’lda
o`tar ekan donishmandlarni uchratadi.
Bu hudud unga maqul bo`lmaganligi tufayli u bu yerda davlat tashkil etadi.
U davlatni Koguryo deb nomlab o’zi esa ,,Ko’’ familiyasini oladi. Bu voqea
miloddan avvalgi 37-yilda sodir bo’ladi. Bu paytda Chumon 27 yoshga to’lgan edi.
Davlatda Chumonning obro’yi yanada ortib Koguryoga chegara hududidagi
davlatlar uning hokimiyatiga bo’ysunishga rozi ekanliklarini bildiradilar.
Zamonaviy tadqiqotchilarning fikricha Chumon haqidagi afsona bu aslida bir qism
qabilalarining boshqa hududga ko’chini anglatib, bu qabilalar Puyo davlatidan
bo’lishgan. Bu ko’chmanchi qabilalar dastlab, qabilalar ittifoqini so’ngra Koguryo
davlatini tuzishgan.
Koguryo davlatining asosini “bu” nomli beshta birlashma tashkil etgan. Ular
Sanobu (ennobu tarzida o’qilsa kerak) Chollobu, Sunnobu, Kvonnobu va
Kerubulardan iborat bo`lgan. Tarixiy manbalarda “bu” birlashmasi haqida
miloddan avvalgi II-asrdan aynan miloddan avvalgi 107-yildan boshlab eslatib
o’tiladi. Qadimgi Choson davlati qulaganidan so’ng, Amnokkan daryosining o’rta
oqimida uncha katta bo’magan Koguryo viloyati tashkil topadi. Uning tarkibida
beshta ,,bu” nomli birlashma bo’lib, ular orasida boshlig’i Van bo’lgan Sunnobu
urug’ining obro’yi baland bo’lgan. Miloddan avvalgi I-asrning oxiridan Koguryo
bularni orasida Kerebu nomli qabilalar ittifoqini tashkil etib, ular Chumon
haqidagi afsonada aytilishicha Puyo hudidan bu yerga kelib qolishgan. Kerubu
sardori ,,besh bu ittifoqi’’ning Vaniga aylanib, Kerubular yashaydigan hudud esa
,,Koguryo’’ deb atala boshlandi. Ilk davlatchilik paydo bo’lganligi nazariyasi
tarafdorlarining fikricha, Koguryo hududida Van nafaqat qabilalar ittifoqi sardori,
Balki hukmdor ham bo’lib hisoblangan. Bu farazni ming yilliklar davomida yuqori
lavozimlarganom berishda klassik xitoycha nomlardan foydalanganligi aytiladi.
Masalan -
Do'stlaringiz bilan baham: |